Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi
Download 1.07 Mb.
|
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA
8.3. Ekologik piramidalar.
Ekosistemalarda oziqa zanjirlarida energiyaning o’tishi va turli katta-kichik organizmlarda modda almashinuvi (metabolizm) kabi jarayonlar o’z navbatida ma’lum trofik tuzilishni keltirib chiqaradi. Trofik tuzilish turli ekosistemalarni (dengiz, daryo, o’rmon, o’tloqzor, hovuz, shox) xarakterlaydi. Trofik tuzilish ma’lum maydondagi hosil yoki ma’lum vaqtda aniq joyda to’plangan va o’tadigan energiya mikdori bilan o’lchanadi va ifodalanadi. Trofik tuzilish va trofik funksiyani grafik chiziq bilan ekolgik piramida shaklida aks ettirish mumkin. Ekologik piramidalarni quyidagi uchta tipga bo’lish va mohiyatini aniqlash mumkin, ya’ni: 1) miqdor (son) piramidasi — ayrim organizmlar sonini aks ettiradi; 2) biomassa piramidasi — tirik moddalarning umumiy quruq massasini, kaloriyasi yoki boshqa o’lchamlarini ifodalaydi; 3) energiya piramidasi — energiya oqimi darajasini yoki keyingi trofik halqaning mahsuldorligini ko’rsatadi. Son va biomassa piramidalarining asoslari ustki bir necha zinalarda kichik ham bo’lishi mumkin. Bunday holat o’rtadagi produsentlar o’lchami konsumentlar o’lchamidan kichik bo’lgan holda yuzaga keladi. Son piramidasi ekolog Ch. Elton ta’rificha, turli ekosistemalarda produsentlarning katta (eman daraxti) va kichikligi (fitoplankton) turlicha farqlanadi. Masalan, har qanday ekosistemada mayda hayvonlar soni kattalardan ko’p bo’ladi va tez ko’payadi, ikkinchidan har bir yirtqich uchun o’ljaning katta-kichikligi yoki pastki va yuqori o’lchami bo’lib, ular bilan yirtqich oziklanadi. Masalan, bir sherning hayot faoliyatining o’tishi uchun yiliga 50 ta zebra kerak. Bir juft dengiz sherining yashashi uchun pingvinlar tuxumi va 50—100 pingvinchalar kerak, Folklend orollarida zag’izg’on qushi (Halmatopus quoyi) qoyalardan qorinoyokli mollyuskalarning o’rtacha kattaligini topib ovqatlanadi, kattaligi 45 mm dan ortgan mollyuskalar qushdan qutilib qoladi. Biomassa piramidasi ham ekosistema tuzilishini aks ettiradi va har bir trofik halqaga ma’lum organizmlar to’g’ri keladi. Suv ekosistemalarida fitoplanktonning biomassasi zooplanktonnikidan kam bo’lsa ham, suvo’tlar biomassasi tez tiklanib boradi. Bu ikki trofik daraja tubandagicha nisbatga egadir: Bu yerda nisbatlar 0,4 dan 9,9 ga teng, zooplankton biomassasi ko’p, lekin, shimoliy kengliklarda zooplanktonning fitoplanktonga nisbati qishda 1, yozda esa 1/25 ga o’zgarishi mumkin. Biomassa piramidasi vaqt va joy bo’yicha o’zgarib turadi. Suv havzalarida ham ekologik piramidalar qonuni kuzatiladi, ya’ni ayrim suv havzalarida produsentlarning umumiy mahsuloti fitofaglardan ko’p, lekin yirtqichlar ulushi kam. Eng yuqori mahsuldorlik fito va bakteroplankton tomonidan hosil bo’ladi. Bentosda hosil bo’ladigan biomassa asosan katta mollyuskalar tomonidan yuzaga keladi va shu biomassa plankton biomassasidan ikki barobar ko’pdir. Yirtqich bo’lmagan baliutr mahsuloti suv havzasida hosil bo’lgan birlamchi mahsulotning 0,5% ini hosil qiladi. Demak, suv ekosistemasidagi energiya oqimida balig’ushr juda ham past o’rinni egallaydi Ekosistemalarda hosil bo’ladigan fitofaglar mahsuloti produsentlarnikidan doim kam bo’ladi. Buning asosiy sabablari quyidagilardir, ya’ni: 1) o’simliklarning hamma biomassasi yeyilmaydi, ularning bir qismi quriydi, chiriydi va redusentlar faoliyatini ta’minlaydi; 2) fitofaglar tomonidan o’zlashtirilgan o’simliklarning hamma biomassasi hazm bo’lmaydi, assimilyasiya qilinmaydi va konsumentlar biomassasini hosil qilishda qatnashmaydi. Fitomassaning bir qismi yo’qoladi, hazm bo’lmay muhitga chiqadi, redusentlar uchun manba bo’ladi; 3) fitofaglar qabul qilgan, assimilyasiya qilgan energiya biomassaga aylanmaydp. Uning bir qismi nafas olish, harakat qilish kabi jarayonlarda issiqlik sifatida yo’qoladi. Har bir trofik darajada doimiy va turlicha funksiya qiladigan halqalar bor. O’simlik — umurtqasiz yoki umurtqali fitofaglarda trofik darajalarni o’tib, oxiri o’lik orgaiik moddaga aylanib, redusentlarga energiya beradi. Energiya konsumentlar va redusentlar sistemasida harakat qilishidan oldin tirik organizmga (konsumentga) o’tadi, oxirida o’lik organik modda holida redusent organizmlar faoliyati — modda almashinish jarayoniga tushib, ekosistemaga mineral va orgapik moddalar holida qaytadi. Fitofaglarni o’rtacha o’zlashtirish mohiyati o’rmonlarda 5%, dashtlarda 25%, fitoplankton ko’p suvlarda 50% ni tashkil qiladi. Umurtqali yirtqichlar mahsulotning 50—100% ini, umurtqasizlar oziqaninghammasi bo’lib 5% ini o’zlashtiradi. Yirtqich umurtqasizlar mahsulotning 25% ini o’zlashtiradi Ma’lumki, o’lik organik moddalar zamburug’lar va bakteriyalar tomonidan hazm qilingandan keyin hosil bo’lgan moddaning «assimilyasiya effekti» 100% ni tashkil qiladi. Umuman, olganda fi-tofag, detritofag va mikroorganizmlarning — o’zlashtiruvchilarni assimilyasiya effekti 20—50%, yirtqichlarniki 80% gacha boradi. Katta hayvonlar o’lik organik moddalarpi qayta ishlashga, o’zlashtirishga moslashgan emas. Katta hayvoplarda yigilgam assimilyasion energiyaning 1—2% i tanani ushlab turishga ketadi. Toza birlamchi mahsulotning (100 J • m2) 29% konsumentlar sistemasi-da o’zlashtirilib, o’zlari hammasi bo’lib 2% ikkilamchi mahsulot beradi. Har bir 100 J • m2 toza birlamchi mahsulotning 55 J miq-dori redusentlar mahsulotiga, 1 J dan ozrog’i konsumentlar mahsulotiga o’tadi. © GOD Vashe Imya Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling