Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi


-Mavzu: Ekosistemada modda va energiya oqimi


Download 1.07 Mb.
bet59/119
Sana19.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1366217
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   119
Bog'liq
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA

9-Mavzu: Ekosistemada modda va energiya oqimi.

  • Ekosistemalar maxsuldorligi.


  • Reja:

  • 9.1. Ekosistemada energiya oqimi.

  • 9.2. Ekosistemalarda modda aylanmasi va uning maxsuldorligi.

  • 9.3. Ekosistemadagi o’zgarishlar. Suksessiya.

  • Tayanch iboralar: termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonuni, birlamchi va ikkilamchi maxsuldorlik, sof va yalpi maxsulot, autogen va allogen suksessiya, klimaks tushunchasi.

  • 9.1. Ekosistemada energiya oqimi.


  • Organizm hayot faoliyatiga sarflanayotgan energiya ko’pincha nafas olishiga sarflanayotgan energiya deb ataladi va u o’sishiga sarflanayotgan energiyadan ko’p marta yuqori bo’ladi. Yosh organizmlarda o’sishiga sarflanayotgan energiya qariroq organizmlardagiga nisbatan yuqori bo’ladi. Demak, oziq sifatidagi energiyaning asosiy qismi hayot faoliyatini tutub turishga sarflanar ekan, energiyaning oziq zanjiridagi bir zevenodan ikkinchisiga o’tishida ko’p qismi yo’qotiladi. Faqat o’sishga sarflangan energiyagina bir zvenodan ikkichisiga o’tadi. Oziq zanjirida Har bir zvenoda yo’qotilgan energiya miqdori taxminan 90% tashkil qiladi. Agar o’simlik organizmida 1000 joul energiya bo’lsa, o’txo’r hayvon bu o’simlikni to’liq yeganda hayvon tanasida 100 joul energiya to’planadi. Bu hayvonni yirtqich yeganda yirtqich tanasida 10 joul energiya yig’iladi va bu yirtqich ikkinchi yirtqichga yem bo’lganda uning tanasiga 1joul energiya o’tadi. Demak, o’simlik tomonidan to’plangan energiya oziq zanjiri bo’ylab keskin kamayib boradi. Shuning uchun oziq zanjiri faqat 4-5 ta zvenodan iborat bo’ladi. Ekosistemada energiya aylanishi bilan modda aylanishi bir xil tarzda sodir bo’lmaydi. Ekosistemaga Har doim yo’qotilgan energiya o’rniga yangi energiya oqimi kelib turishi kerak.

  • 9.2. Ekosistemalarda modda aylanmasi va uning maxsuldorligi.



  • Ekosistemada o’simliklar tomonidan vaqt birligi ichida yaratiladigan organik modda miqdori ekosistemaning birlamchi maxsuldorligi deyiladi. Umumiy va sof birlamchi maxsuldorlik farq qilinadi. O’simlik tomonidan vaqt birligi ichida yaratilgan organik moddaning umumiy miqdori umumiy birlamchi maxsuldorlikni tashkil qiladi. Bu maxsuldorlikning bir qismi o’simlikning hayot faoliyatini ushlab turishga sarflanadi va tanada to’planadi. Bu o’sishiga sarflangan qism sof birlamchi maxsuldorlikni hosil qiladi. Sof birlamchi maxsuldorlik konsumentlar uchun energiya zaxirasi bo’lib xizmat qiladi. Vaqt birligi ichida konsumentlar massasining o’sishi ekosistemaning ikkilamchi maxsuldorligini hosil qiladi. Ikkilamchi maxsuldorlik har bir oziq darajasi uchun alohida hisoblab topiladi.






  • Ekosistemadagi barcha organizmlarning massasi biomassa deb ataladi.

  • Sof birlamchi va ikkilamchi maxsuldorlikning yaratilishi va sarflanish tezligi jihatidan ekosistemalar turli tuman bo’ladi. Lekin barcha ekosistemalar uchun birlamchi va ikkilamchi maxsuldorlikning aniq miqdoriy nisbatlari xos. Har doim vaqt birligi ichida yaratilgan birlamchi biomassa miqdori oziq darajalarning ketma ketligi bo’ylab kamayib boradi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deyladi.

  • Organik moddaning yaratilish tezligi har bir trofik darajadagi organizmlarning biomassasini belgilamaydi. Produtsentlar va konsumentlarning aniq biomassasi shu trofik darajada yaratilgan organik modda va uning keyingi darajaga berilgan miqdorlarining nisbatiga bog’liq. Bundan tashqari biomassa miqdoriga organizmlardagi avlodlar almashinish tezligi ham ta’sir ko’rsatadi.

  • Quruqlik ekosistemalarida biomassalar piramidasi qonuni amal qiladi, ya’ni o’simliklar biomassasi Har doim o’simlikxo’r hayvonlar biomassasidan, o’simlikxo’r hayvonlar biomassasi esa yirtqichlar biomassasidan yuqori bo’ladi.

  • Turli ekosistemalarda biomassaning o’sish tezligi turlicha bo’ladi. O’rmonlarda biomassa sekinroq o’sadi va yiliga 2-6% ni tashkil qiladi. Utchil o’simliklar xukumron biotsenozlarda yillik maxsuldorlik 40% dan 76% gacha bo’lishi mumkin. Utloklarda o’simliklar tomonidan bir yilda yaratilgan biomassaning 70%i gacha hayvonlar tsmonidan iste’mol qilinsa, o’rmonlarda bu ko’rsatkich o’rtacha 10% ni tashkil qiladi.

  • Okeanlarda asosiy produtsentlar bir xujayrali suvo’tlar bo’lib, ularda avlodlar almashinishi juda tez. Shuning uchun bir yilda ular uz biomassalariga nisbatan bir necha yuz martagacha ko’p maxsulot yaratadi. Lekin sof birlamchi maxsulot tezda oziq zanjiriga tushadi va suvo’tlar biomassasi juda kam o’sadi. Tez ko’payish hisobiga organik modda zaxirasi doimo yetarli bo’lib turadi. Okeanlarda biomassalar piramidasi qonuni amal qilmaydi. Yuqori trofik darajalarda biomassa ko’proq to’planadi. O’simliklar biomassasi hayvonlar biomassasidan kamroq bo’ladi. Energiya uzatilishi yirtqich-o’lja aloqalari orqali o’tadigan Oziq zanjirlarida sonlar piramidasi qonuni ham amal qiladi, ya’ni individlar soni oziq zanjiri bo’ylab kamayib boradi.


  • Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   119




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling