Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
Olloh — ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig‘insang, istagan
murodu maqsadingga yetkazadi; tafakkur — fikrlash va mushohada qobiliyati; qilich — ul yigitning yo‘ldoshi, el-yurt osoyishtaliginining posboni, har qanday dushmanning mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin; imon — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug‘lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi; kitob (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir”. 160 Demak, Amir Temur hayoti va faoliyatida o‘zi qat’iy rioya etgan, haqiqiy yetuklik belgisi sanalgan din, imon, aql bilan ish yuritish va ilmga e’tiqodni boshqalarga ham tavsiya etgan hamda avlodlarni ham shu ruhda tarbiyalashga e’tibor bergan. Amir Temur zamonida musiqa, badiiy adabiyot, rassomlik san’ati rivoj topib, yoshlarga she’r yozish, rasm chizish, musiqa asboblarini chalish, kitobxonlik, lison ilmi, husnixat o‘rgatilar edi. Bu san’at turlari o‘sha davr tarbiyasi tarkibiga kiritilgan edi. Sohibqironning buyuk saltanatida ijod qilgan shoirlar, rassomlar, mashshoqlar va boshqalar buning yaqqol dalilidir. Bu davrda katta shahar hunarmandlari ham ashula, raqs, suxandonlik bilan shug‘ullanganlari haqida Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida qayd etilgan. Amir Temur jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor bergan. Sharqda dilovarlik tarbiyasi, ya’ni yoshlarda mardlik, jasurlikni tarbiyalash asosiy masalalardan sanalgan. Yigitlar bolalikdan merganlik, chavandozlik, suvda suzish, ovchilik, qilichbozlik, shaxmat o‘yini kabilarni mohir murabbiylardan o‘rganib, bu borada mashq qilar edilar. Amir temurning o‘zi kuchli lashkarboshi sifatida harbiy ilmning “Ming askar” uslubi asoschilaridan biri bo‘lgan. Buyuk sohibqiron shunday ta’kidlaydi: “Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchidan, yigitning kuch-quvvatiga, ikkinchidan, uning qilichni o‘ynata olishiga, uchinchidan, aql-zakovatiyu kamolotiga e’tibor qildim. SHu uch fazilat jamul-jam bo‘lsa, navkarlik xizmatiga oldim. Negakim, kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azobu uqubatlarga chidamli bo‘ladi, qilich o‘ynata oladigan kishi raqibini mag‘lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql- idrokini ishga solib, mushkulotni bartaraf etmog‘i mumkin”, — deb askarlarning faqat jismoniy emas, balki aqlan ham barkamol bo‘lishiga e’tibor bergan. O‘g‘illari Amirzoda Muhammad Jahongir, Umarshayx, Mironshoh, Shohruhlar, nabiralari Amirzoda Muhammad Sulton, Amirzoda Pirmuhammadlar mohir jangchi bo‘lib, katta-katta janglarda shaxsan ishtirok etganlar. Amir Temurning 161 o‘zi aqlni charxlash vositasi bo‘lgan shaxmat o‘yinida ham mohir bo‘lgan. Zero, o‘sha davr tarbiyasi — shatranj o‘yinini har bir yosh o‘rganishi zarur sanalgan. Hatto Amir Temurning suyukli o‘g‘li Shohruhga ism qo‘yilishi ham shaxmat o‘yini bilan bog‘langanligi haqida rivoyat yuradi. XVI asrda xattotlik san'ati yuksak darajaga etdi. Sulton Ali Mashhadiy, Mirali Halaviy, Mahmud ibn Ishoq ash-Shixaybiy va boshqalar ustoz xattot bo‘lib nom qozondilar. Darvesh Muhammad ibn Do‘stmuhammad Buxoriy xattotlik san'atining nazariyasi to‘g‘risida asar yozdi. Bu davrda bir qator ilm maskanlari bunyod etildi. jumladan: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi Kalon va boshqa inshootlarning qurilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muhim bosqich bo‘ldi. Aholining savodxonligini oshirish, bolalarga ta’lim-tarbiya berish borasida ham ma'lum darajada imkoniyatlar yaratildi. Xususiy maktablar yuzaga keldi, muallim yollab bolalarni uyda o‘qitish tadbirlari odat tusiga kirdi. Shahar va qishloqlarda, ovullarda ochilgan maktablarda bolalarni o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Olti yoshli bolalar maktabga borib, alifbeni o‘rganar, uning ayrim harflarini chizishni mashq qilar edilar. O‘quvchilar maktablarda savod chiqarganlaridan keyin madrasaga kirib ham diniy, ham dunyoviy fanlardan bilim olar edilar. Xulosa qilib aytganda, 27 mamlakatdan tarkib topgan buyuk saltanat asoschisi Sohibqiron Amir Temur ibn Tarag‘ay yirik davlat arbobi, mohir diplomat, ulug‘ sarkarda, ilm-u madaniyat homiysi, haq va adolatning jasoratli yalovbardori sifatida milliy davlatchilikda, huquq va siyosat sohasida o‘zidan unutilmas va barhayot ta’limotlar, tuzuklar qoldirgan. Uning ta’lim-tarbiyaga oid o‘gitlari, tutgan siyosati hozir ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan va tarix oldida ma’rifiy xizmatlari ham beqiyos hamda ta’lim-tarbiyaga oid ishlari, qarashlari hozirgi barkamol insonni shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling