Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Temuriylar davrida ayollar ta’lim va tarbiyasi tizimini
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
7.3. Temuriylar davrida ayollar ta’lim va tarbiyasi tizimini
takomillashtirishning omillari Ma’lumki, mamlakatimiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimiz tarixining eng qudratli, sifat jihatdan yangi davri Temur va temuriylar hukmronligiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiyot, madaniyat, ma’naviyat yana qayta yuksalishi, ijtimoiy aloqalarning mustahkamlanishi turli qabila-urug‘lar, qavmlar, elatlar o‘rtasidagi mushtaraklikni kuchaytirdi, ularning milliy jipslashishini tezlashtirdi. Eski o‘zbek adabiy tili shakllana boshladi. U Taroz va Yassidan to Hirotgacha fors tili bilan bir qatorda umumiy aloqa va ijod vositasiga aylandi. Milliy ong, tafakkur, milliy adabiyot va san’at, ilm-fan rivojida kishilarning qaror topayotgan yangi tarixiy birligi ehtiyojlari o‘z aksini topdi. Biz bejiz bu davrdagi O‘rta Osiyo o‘troq turkiy xalqi tilini eski o‘zbek tili, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur ijodini mumtoz o‘zbek adabiyoti deb atamaymiz. Bugungi mumtoz o‘zbek adabiyoti, san’ati, ma’naviy madaniyatining oyoqqa turishi va rivojlanishida Temur va temuriylar davri hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Mo‘g‘ullardan hokimiyat Temurga va temuriylarga o‘tgandan so‘ng ma’naviy hayotda haqiqiy uyg‘onish davri boshlandi. Madaniyat, ma’rifat, hunarmandchilik, savdo-sotiq gullab yashnadi, shaharlar va qishloqlarda obodonchilik keng ko‘lamda olib borildi. Ariqlar, kanallar qazildi. Yangi yerlar 223 o‘zlashtirildi, bog‘lar barpo etildi. Karvonsaroylar, madrasalar, hammomlar, bozorlar, rastalar, saroylar, hashamatli imoratlar, suv quvurlari barpo etildi. Shu bilan birgalikda Temuriylar davrida ayollarga e’tibor qaratildi, ularning ta’lim va tarbiyasi uchun sharoitlar yaratib berildi. Xususiy maktablar yuzaga keldi, uyda muallim yollab o‘qitish odat tusiga kirdi. Shahar, qishloq, ovullarda ochilgan maktablarda o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Bolalar maktabda alifbe o‘rganar, ayrim harflarni chizishni mashq qilar edilar. O‘quvchilar maktablarda savod chiqargach madrasaga kirib diniy va dunyoviy fanlardan bilim olardilar. Shuningdek, ta’limnining asosiy xususiyati shunda ediki, masjid va xonaqohlar qoshida ochilgan maktablarda faqat о‘g‘il bolalar о‘qitilgan. Qiz bolalar о‘z davrining о‘qimishli ayollari tomonidan uylarida ochilgan maktablarda о‘qitilgan. Ayol muallimani о‘lkaning turli hududlarida “otinoyi”, “otinbibi”, “bibiotin”, “bibixalifa” deb ataganlar. Qizlar maktabi о‘g‘il bolalar maktablariga nisbatan ancha kam bо‘lgan, kо‘p hollarda maktabdorlarning, imomlarning xotinlari maktabdorlik qilgan. Ushbu davrdagi ayollar ta’lim va tarbiyasi haqidagi asosiy ma’lumotlar xilma-xil janrdagi og‘zaki va yozma ijod namunalarida o‘z aksini topgan. Xususan, Alisher Navoiyning “Xamsa”si tarkibidagi mashhur “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Sabbai sayyor” dostonlarida, Zahiriddin Muhmmad Boburning “Boburnoma” asarida, Gulbadanbegining “Humoyunnoma” asarlarida ayollar ta’limi va uning xususiyatalari, ayollarni jamiyatdagi o‘rniga falsafiy yondashuvlar asosida alohida urg‘u beriladi. Ta’lim olgan ayollar jamiyatda qanday kuch ekanligi tasivrlanadi. Termuriylar davri adabiyot gulshanining yetuk namoyondasi Alisher Navoiy asarlari tahliliga nazar soladigan bo‘lsak, “Layli va Majnun” dostonida: “Laylining otasi bu go‘zal va dono qizi uchun bir uyni yasatib, unga maktab qilib bergan, donishmand ustoz unga ta’lim berar, go‘yoki farishtadan hur ilm kasb etardi. Ushbu maktabda qabilaning ko‘pgina bolalari ham ta’lim olishardi. Osmonni yulduzlar to‘ldirganidek, maktab ham bolalar bilan to‘la bo‘lib, Layli 224 shu yulduzlar orasidagi oyga o‘xshardi” – degan jumlalarning mavjudligi qizlar ham qishloqlarda ochilgan maxsus maktablarda o‘qitilganligining yorqin namunasidir. “Farhod va Shirin” dostonida ham ayollar ta’lim tarbiyasiga oid jihatlarni ko‘rishimiz mumkin. Navoiyning xizmatlari shundaki, dostonni yaratishda o‘z idealini faqat Farhod siymosidagina emas, ayol zotining barcha go‘zalliklarini, jasoratini, pok sevgisini o‘zida mujassamlashtirgan Shirin obrazini hayotiy, jitimoiy, ma’naviy timsolini yaratadi. Alisher Navoiy tasvirida Shirin Mehinbonu tarbiyasidagi malika. U har jihatdan: zohiriy, botiniy, ma’naviy va ma’rifiy jihatdan ham go‘zal va beqiyos. Shuning uchun shoir Shirin siymosi portretini shunday bir mahorat bilan chizadiki, uni o‘qigan kishining ko‘zi o‘ngida bu timsol butun borligi bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari uning ma’naviy -ma’rifiy saviyasi ham ana shunday go‘zal va yuksak darajada. Shuning uchun uning atrofidagi o‘n qiz — Dilorom, Diloro, Diloso, Gulandom, Sumanbu, Sumanso, Parichehr, Parivash va Paripaykarlar ham Shiringa munosib bo‘lib, biri she’riyat, biri musiqa, biri mantiq, biri hay’at, biri tarix, biri hisob, biri muammodonlikda tengi yo‘q foziladirlar: Bu fanlada bular bir – biridin ahsan, Yuz ul fanliq aro har qaysi yak fan. Bunda Alisher Navoiy Mehinbonu saroyidagi ajoyib bir ijodkorlik va bilimdonlik muhitini tasvirlaydi. Buning sababini esa Mehinbonuning o‘zida ko‘radi: Mehinbonu ki donishparvar erdi, Bilik ahlig‘a shohi sarvar erdi. “Farhod va Shirin”dagi bu tasvir Shirin kabi komil insonlarni yetishtiruvchi komil sharoitni ham nazarda tutadi. Shunday bo‘lganda faqat erkaklargina emas, balki ayollar ham o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini har tomonlama yuzaga chiqara oladilar. Bu esa Alisher Navoiyning orzusi va asosiy maqsadi hamdir. 225 Shuning uchun Alisher Navoiy tasviridagi Shirin o‘z taqdirini o‘zi hal qiladigan erkin shaxs. “Sabbai Sayyor” dostonidagi bosh qahramon Dilorom ham o‘ta aqlli, fozila, donishmand ayol bo‘lganligi hamda shu bilan birgalikda musiqiy asboblarni mahorat bilan chalishni bilganligi haqida ma’luotlar bor. Zahiriddin Muhmmad Boburning “Boburnoma” asarida barcha temuriy malikalar ta’lim olib xat savod chiqarganligi va ilmli bo‘lishganligi ta’kidlanadi. «Boburnoma»da yozilishicha, Bobur o‘z farzandlarining ta’lim-tarbiyasi haqida hamisha o‘ylab, ularni o‘qish va o‘rganishga targ‘ib qilar ekan. Bobur farzandlarining diyonatli, ilm-fazilatli bo‘lib o‘sishi uchun ularga kitob tanlab yuborish, ularning o‘rganishi uchun kitoblar yozishni otalik va podshohlik burchi deb hisoblagan, ularni o‘qish-o‘rganishga targ‘ib qilib, imlo va insho xatolarini to‘g‘rilab bexato, sodda, ravon va betakalluf yozishga chorlagan. Albatta, Boburning bunday sa’y-harakatlari zoye ketmadi. Uning to‘rtala o‘g‘li, qizi, nabiralari va ularning farzandlari ilm-u san’at, she’r-u adabiyotda nom qozondilar. Gulbadan begim: Boburning bu fazilatli, bilimli qizi Kobulda 932/933(1526/1527)-yil atrofida Dildor begimdan tug‘ildi, ammo ukasi Hindol Mirzodek Mohim begim tarbiyasi ostida bo‘ldi. Shu sababli Humoyun Mirzoga atab “Humoyunnoma”ni yozdi. U to‘rt yoshida otasidan abadiy ayrilgan bo‘lsa- da, otasining tarixchilik iste’dodini meros oldi. Temur va temuriy shaxzodalar bilan bir qator temuriylar sulolasiga mansub malikalar orasida ham iste’dotli siyosatdan, yetuk suxandon hamda dunyoga mashhur olimalar yetishib chiqdi. Bilamizki aksariyat davlatlarning hammasida davlat tepasida hukmdor turadi. Davlatni boshqarishda bu hukmdorlarning rafiqalari ham ko‘rinmas kuchga egadir. Temuriylar davrida malikalarning qilgan bunyodkorlik ishlari qurilish sohasida ham ko‘rishimiz mumkin. Ko‘hna moziydan xabar beruvchi tarix zarvaraqlarini varaqlar ekanmiz, ijtimoiy sohaning barcha sohalarida erkaklar bilan bir qatorda buyuk jasorat sohiblarining 226 nomlari ham tarannum etib kelinganligining guvohi bo‘lamiz. Ayollar orasida ham shavkatli hukmdorlar, oqila maslahatgo‘ylar, yetuk donishmandlar, zabardast olimalar hamda zukko san’atshunoslar yetishib chiqdi. Temuriylar davrida ham davlat boshqaruvida ayollarning roli bor di. Bu davrda ko‘plab me’moriy obidalar hamda madrasalar qurilishida malikalarning o‘rni katta. Temuriylar davrida ham malikalarning qurilish ishlaridagi ahamiyati juda katta edi. Temuriy malikalar haqida ko‘pgina qiziqarli qo‘lyozma va toshbosma asarlarni ko‘rishimiz mumkin ular haqida. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zarafnoma”si, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”si, Ibn Arabshohning “Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari” kabi asarlaridan bilishimiz mumkin. Bu kabi asarlarda ham maliklalarning davlat ishlaridagi o‘rni, ahamiyati, qilingan bunyodkorlik ishlari keltiriladi. Temuriy davridagi ayollar tarbiyasi va ma’naviyat haqida gapirilganda dastlab Sohibqiron Amir Temurning rafiqasi Saroymulkxonimni qilgan bunyodkorlik ishlarini uning o‘z davrida olgan ta’lim va tarbiyasi mahsuli sifatida ko‘rishimiz mumkin. Amir Temur Saroymulkxonimni o‘ziga nikohlamasdan oldin barcha malikalardan ulug‘rog‘i hisoblanib, “ Katta xonim” yoxud “Bibixonim” degan unvoniga sazovor bo‘ladi. 5 Biz uni ko‘p tarixchilarning asarlarida “Bibixonim” deb tilga olinganligini ko‘ramiz. Aslida bu malikaga berilgan unvon hisoblanadi. Albatta bunday e’tirofga musharraf bo‘lish uchun, aql-zakovat, did-farosat, fikrlash doirasining ulkanligi bosh omil bo‘lgan. Bu malika haqida tarix zarvaraqlarida zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor, husn-latofat bobida ham betakror ekanligi ta’kidlanadi. Saroymulkxonim insonparvar, vatanni sevguvchi, mamlakatning siyosiy- iqtisodiy, ijtimoiy hayotidan yaxshigina xabardor ekanligi, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turuvchi ayol edi. Ayniqsa, Saroymulkxonim ilm-ma’rifatga qiziquvchi, ilm sohiblariga homiylik qiluvchi ayol edi. U boshqarishda vujudga kelgan ayrim muammolarni hal qilishda o‘zining oqilona 5 Турғун Файзиев. Темурий маликалар . А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти 1994, 6-7-betlar. 227 maslahatlari bilan qatnashgan. Saroymulkxonim qurdirgan madrasa XIV asr oxiri XV asr boshlarida Samarqanddagi madrasalar ulkan va mahobatliligi jihatidan ajralib turgan. Madrasa zamonasining yetuk mudarrislariga tayinlanib, ular tolibi-ilmlarga diniy va dunyoviy bilim berganlar. Amir Temur ham Saroymulkxonimni amalga oshirgan qurilish ishlariga yuksak baho bergan. Amir Temurning o‘zi ham Hindiston yurishidan qaytib kelgach (1399-1404-yillar) Saroymulkxonimga atab Samarqandda “Bibixonim” jome masjidini qurdiradi. Bu Temuriylar o‘z malikalarga yuksak baho berish orqali namoyondir. Temuriylar davrida malikalarga e’tibor yuqori bo‘lganligidan dalolat beradi. Birgina Amir Temurning xotini Saroymulkxonim emas balki bunday ma’rifatparvarlar, ilm homiylari juda ko‘pdir. Temuriylar davridagi malikalarning amalga oshirgan ishlarini aytib o‘tar ekanmiz bu malikalar orasida Gavharshodbegimni aytib o‘tishimiz lozim. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha Gavharshodbegim yuksak did farosatli, oqila, tadbirkor, suxandon, bir so‘zli, qattiyatli, husnbobida ham benazir ayol bo‘lgan. Tabiati dindor Shohrux Mirzo ko‘p vaqtini toat-ibodat, va kitob mutolasiga sarflagan. Saltanat va devon ishlarini o‘ktam va tadbirkor xotini Gavharshodbegim boshqarardi. Hatto Shohruxning o‘zi donoligiga tan berar, saltanatni boshqarishda oqilona tadbirli maslahatlariga ehtiyoj sezib turardi. Shu bois saltanatga doir ishlar malikaning nazar - e’tiboriga havola etilar edi. Hatto yurishlarda ham Shuxruh Mirzo bilan birga bo‘lardi. Malika yuqori lavozimdagi lashkarboshilarini xatti-harakatlarini kuzatardi. 6 Bu malikaning tarbiyaliligi, donoligi, siyosatdan xabardorligi, amalga oshirgan ishlarini boshqa Temuriylar ham hayron qolardi. Temuriylar davrida malikalar yuqori sifatlangan ularning davlat boshqaruvida dono maslahatlari ham hisobga olinardi. Temuriylar davrida malikalarning o‘rni beqiyosdir. Yana shunday e’tiborli aql-zakovatda tengi yo‘q maliklardan Xadichabegim, Shod Mulk Xotun, Xurram begim, Mehriniso begim, Jahonaro begim, Zebiniso begim va boshqa malikalarni 6 Турғун Файзиев. Темурий маликалар . А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти 1994, 13-14- bet. 228 aytishimiz mumkin. Sharqda bunday malikalar donoligi, aqlliligi, olimaligi bilan ajralib turuvchi ko‘plab malikalarni sanashimiz mumkin. Bunday malikalar G‘arbda sanoqligina uchrashi mumkin. Birgina Temuriy malikalarning amalga oshirgan ishlari davlat siyosatidagi o‘rni, oqilona maslahatlari butun sharqni qoyil qoldirsa ajab emas. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Temuriylar davrida ayollar ta’lim va tarbiyasiga katta e’tibor berishgan hamda ularni jamiyat ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy hayotining ajralmas muhim qismi sifatida faol qo‘llab quvvatlashgan. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling