Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Mustaqil ish mavzusi 
Mustaqil ta’limni amalga oshirish shakli
Tasavvuf ilmining paydo 
bo‘lishi 
Mavzuga oid ma’lumotlar to‘plab ”Web-kvest 
texnologiya”si asosida tahlil qiling. 
 


204 
 
Tayanch so‘z va iboralar: ta’lim, tarbiya, ibtidoiy jamiyat, 
ayollar ta’limi, harbiy ta’lim, islom dinida ayollar tarbiyasi, 
hadis ilmi, temuriylar davrida ayollar ta’lim-tarbiyasi, 
madrasa, otinlar maktabi. 
7.1.Eng qadimgi davrlarda ayollar ta’lim va tarbiyasi mazmuni, 
ayollar uchun kasb, musiqa san’ati va jismoniy madaniyat maktablari 
Dastlab qizlar, ayollar tarbiyasi ibtidoiy jamiyatda tarkib topa borganligi 
bizga tarixiy manbaalardan ma’lum. Ayollar o‘zi uddalay oladigan faoliyatning 
tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish 
ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan. Bu holat og‘ir sharoitlarda kechib, ayollar 
tomonidan bajariladigan turli mehnat shakllari keksa avlod nazorati ostida 
ma’lum tajribalarga ega bo‘lardilar. Ayollar ma’lum tayyorgarliklardan so‘ng 
maxsus sinovlardan o‘tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini 
qo‘lga kiritar edilar.
Eng qadimgi davrlarda ayollar ta’lim va tarbiyasiga madaniyat markazi 
bo‘lgan Yunoniston va Rimda katta e’tibor qaratilgan. Xususan, Spartada qizlar 
tarbiyasiga alohida e’tibor bеrilgan, ya’ni ular ham harbiy va jismoniy tarbiya 
malakalari bilan qurollantirilib borilgan. Bundan maqsad erkak qullar 
qo‘zg‘olonini bostirmoq uchun kеtgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, uy-
7-Мавзу. Eng qadimgi davrlardan XVI asrgacha ayollar ta’lim va 
tarbiyasi mazmun 
 
Eng qadimgi davrlarda ayollar ta’lim va tarbiyasi mazmuni, ayollar uchun 
kasb, musiqa san’ati va jismoniy madaniyat maktablari.
Ayollar ta’lim va tarbiyasi tizimining shakllanishiga islom dinining 
ta’siri. 
Temuriylar 
davrida 
ayollar 
ta’lim 
va 
tarbiyasi 
tizimini
takomillashtirishning omillari. 
1.


205 
joyni qo‘riqlash maqsadida qurollanib, qo‘riqchilik vazifasini o‘tar, qullarni esa 
itoat saqlashini ta’minlar edilar. Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda 
yashar, kеyin «agеlla» dеb ataluvchi alohida davlat tomonidan tashkil etilgan 
tarbiya muassasiga joylashtirilar va 18 yoshga yеtguncha ularga ana shu 
muassasalarda ta’lim-tarbiya bеrilar edi. Bu muassasalarning rahbarlari davlat 
tomonidan obro‘li, taniqli kishilardan tayin qilinar edi. Bunday kishilar 
«pеdonom» dеb atalib, butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilar edi.
Eramizdan oldin taxminan 484(480)—431(425) yillarda yashagan yunon 
tarixchisi Gerodotning Tarix kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning 
ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlarni berib o‘tgan. Forslarning eng 
sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim. Bundan tashqari, Gerodot forslar 
uchun yolg‘onchilik va qarzdor bo‘lish sharmandalik hisoblangan, deydi. Ular 
daryolarni muqaddas sanaganlar va daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo‘l 
yuvmaganlar. Yigitlar va erkaklargina emas, hatto ayollarning ham jasorat 
ko‘rsatganlari borasidagi fikrlar yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan. 
Gerodotning ushbu ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz 
o‘g‘il va qiz farzandlarini jasoratli, o‘z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va 
botir inson etib tarbiyalashga katta e'tibor berganlar.
Masalan, Plutarx fors ayollari haqida gapirib, shunday voqeani keltiradi: 
podshoh Kir forslarni shoh Astiag boshliq midiyaliklarga qarshi kurashga 
otlantirganda, ular jangda mag‘lub bo‘ladilar. Fors jangchilari shaharga qarab 
qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvib, shaharga bostirib kirishiga yaqin 
qolganda, darvozadan ularga qarshi ayollar chiqib keladilar va yoqavayron holda 
shovqin ko‘taradilar:
―Ey, noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisizlar? Endi siz dunyoga 
kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysizlar-ku! Forslar ayollarning bu xatti-
harakatiga dosh bera olmay, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni orqaga 
chekinishga majbur etadilar. Bu voqeaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta’sis 
etadi: Bu shaharga qaysi shoh qadam qo‘ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg‘a 


206 
qilsin. Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, mavjud holatlar hamda shart-
sharoitning o‘zi yoshlarga otda yurish, kamondan otish borasidagi bilimlarni 
o‘rgatish, shuningdek, ularda jasurlik, to‘g‘rilik va botirlik xislatlarini tarbiyalash 
lozimligini taqozo etgan. Shu bois qadimgi ajdodlarimiz bolalarni o‘z xalqining 
erki va yurt mustaqilligining himoyachilari etib tarbiyalaganlar.
Eng qadimgi davrlarda ayollar ta’lim-tarbiyasiga oid qimmatli 
ma’lumotlarni biz yana xalq og‘zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik 
eposlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g‘oyalardan ham 
olishimiz mumkin. Chunki, xalq donishmandligining yorqin namunasi bo‘lgan 
xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari 
umumlashgan. Ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, ular 
tomonidan amal qilingan urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlari mazmuni xalq 
og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bo‘lgan afsonalarda ifodalangan. 
Afsonalarning qahramonlari yaxshilikning tantana qilishi uchun yomonlik hamda 
nurning muqarrar mavjud bo‘lishi uchun zulmat bilan kurash olib boradilar, 
yaxshilik va baxt-saodatga chulg‘angan o‘lkalarini yaratadilar. Aksariyat 
afsonalarning qahramonlarini inson sifatida gavdalangan xudolar tashkil etgan. 
Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o‘y-fikrlari, maqsad va intilishlarini 
yoritishga xizmat qilgan afsonalarning ko‘pchiligi bizga eng qadimgi 
yodgorliklar Avesto, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarlari orqali 
ma’lumdir. 
Buyuk shoir va mutafakkir Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma” dostonida 
mardlik va jasorat bilan hech qanday tarzda erkaklardan kam bo‘lmagan va 
ularga qarshi kurashga chiqqan ko‘plab ayollarning obrazini yaratgan. Masalan, 
Gurdofarid aslida Rustam ismli qahramonning qizi edi. Uning boshqa qizi Bonui 
Gushtosp Gevning rafiqasi edi. Dostonda uning ismi ham tilga olingan. Uning 
uchinchi qizi ham bor edi – Zarbonu va u ham jasorat bobida singillaridan hech 
qanday farqi yo‘q edi. Massaget qabilasining malikasi To‘maris, Parfiya 
xalqining qizi Rodogun haqidagi Gerodotning hikoyalari, tarixchi Narshaxiyning 


207 
20 yil davomida arab bosqinchilariga qarshi donolik bilan qarshilik ko‘rsatgan 
malika Xotun haqidagi hikoyasi ayollarning jismoniy tayyorgarligi, faolligi
vatanparvarligining yorqin namunasidan dalolat beradi. Ular shaxsan o‘zlari jang 
maydoniga otlarida qilich ko‘tarib, o‘zlarining xalqiga hamdardlik bildirib, 
maydonda jasorat ko‘rsatganlar. Qadimgi ayollar ko‘pincha tezyurar otlarda 
poyga qilish kabi sport turlari bilan shug‘ullanishgan. O‘sha paytda kamondan 
otish, otda yurish va qurol ishlatish san’ati bolalikdan ayollar uchun odatiy 
jismoniy mashqlar bo‘lgan. Nasroniylik ilohiyotchi Aleksandriyalik Klement 
shunday yozadi: “Saklar ayollari uchib ketishganida, erkaklar kabi orqaga 
o‘girilib, otlaridan o‘q uzdilar”.
Ushbu misollar qadimgi davrlarda mahorat maktablarining dargohida qizlar 
va ayollarning faol ta’lim-tarbiya olishlaridan darak beradi. Qadimgi davrlarda 
ayollarning doimiy jangovar tayyorgarligini arxeologlar tomonidan Kavkaz, 
Turkmaniston, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan topilgan topilmalar bilan ham 
baholash mumkin. Ushbu dafn marosimlarida ayollar jasadlari qoldiqlari yonidan 
qurollar ham topilgan. Miloddan avvalgi I asrda yashagan Rim tarixchisi Pompey 
Trog skiflar kuchli qudratga egaligi kabi ulug‘vor ham bo‘lganligini yozgan. 
Ular Parfiya va Baqtriyaga, ularning xotinlari – Amazonlar qirolligiga asos 
solishgan. Skiflar har doim eng qadimgi qabilalar deb hisoblangan va ular 
qadimlilik borasida misrliklar bilan bahslashishgan. Ko‘plab qadimgi tarixchi va 
yozuvchilarning xotiralarida O‘rta Osiyodan kelgan oddiy qizlarning jasorati va 
mardligi aks ettirilgan. O‘smirlik davrida, to‘ydan oldin odatda qizlar va o‘g‘il 
bolalar o‘zlarining sevimli sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazardilar. 
Qadimgi Rim yozuvchisi va faylasufi Klavdiy Elian o‘z hikoyalarida, agar 
saklardan birortasi qizga uylanmoqchi bo‘lsa, u bilan kurashish kerakligini 
yozadi. Agar kurashda ustunlik qizga tegishli bo‘lsa, mag‘lubiyatga uchragan 
polvon uning asiriga aylanadi va to‘liq uning ixtiyoriga keladi. Faqatgina qizni 
yutish orqali yigit uni o‘z ixtiyoriga olishi mumkin bo‘lgan. Ko‘plab arxeologik 
topilmalar ot sportida ayollarning ustunligini ko‘rsatadi. Qora-kulrang otga 


208 
minib, chap qo‘lida jilovni ushlab turgan ayolning qo‘lidagi tashqi tomonidagi 
yozuvda, “olijanob xonim” deb yozilgan, shuningdek, ot sportida zodagon 
ayollarning ustunligidan dalolat beradi. Qadimgi Panjikent devorlaridan topilgan 
devoriy rasmda, qo‘llarida qilich bilan ikki jangchi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan duel 
tasvirlangan, ulardan biri naqshli libos, shim va boshiga dubulg‘a bilan qalpoq 
kiygan ayoldir. Ushbu tasvir jang maydonida ayollarning jasorati va shijoati 
haqida ma’lumot beradi. Arxeologlar tomonidan kamon, xanjar va nayzali 
ayollarning tasviri ham topilgan. Kamondan otish, ot sporti va jang maydonlarida 
ayollarga qarshilik ko‘rsatish qiyin edi. Ba’zi ayollar erkaklar zirhini kiyib, 
qo‘shinni boshqarganlar. Ular qo‘llarida bayroq ushlab raqiblarga jasorat bilan 
hujum qiladigan mukammal harbiy qo‘mondonlar edilar. Qadimgi davrlar 
tarixini obyektiv o‘rganish asosida Sharq ayollarining ta’lim dasturi xilma-xil va 
qiziqarli bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin. Sharqning asosiy urf-odati va yaxshi 
tarbiya atributi hisoblangan uy ishlarini olib borish, bolalarni tarbiyalash va 
keksa oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilish bilan bir qatorda, ayollar ovga chiqib, 
uylarini dushman hujumlaridan himoya qilganlar va bular barchasi jismoniy 
chiniqishni talab qilgan. Yosh qizlar tikishni, rasm chizishni, sanashni bilar, 
shuningdek musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirar, musiqa asboblarida chalib, 
qo‘shiq aytardilar. Arxeologik va yozma materiallarga asoslanib xulosa qilish 
mumkinki, antik davrda professional ustaxonalar va musiqa maktablari keng 
tarqalgan. Intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab ayollar shaxmat 
va narda o‘ynashgan, she’r yodlagan va qo‘shiqlar yaratgan. 
Sharq uyg‘onish davrida ayollarga e’tibor, ularning ta’lim va tarbiyasi 
xilma-xil janrdagi og‘zaki va yozma ijod namunalarida o‘z aksini topgan. 
Masalan, mashhur hind qomusi “Kalila va Dimna”, Nizomulmulkning 
“Siyosatnoma”, Nosir Xisravning “Saodatnoma”, “Ro‘shnoyinoma”, Yusuf Xos 
Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, 
Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo‘ston” kabi asarlarida 
ayolning jamiyatdagi o‘rni, oila tarbiyasi kabi masalalar ijtimoiy turmushning 


209 
eng muhim masalalari sifatida talqin etiladi. Jumladan, “Kalila va Dimna”da 
majoziy, allegorik obrazlar vositasida hayotdagi salbiy ko‘rinishlarga qarshi o‘t 
ochiladi, insonparvarlik, aql-idrok ulug‘lanadi. Ayollarni jamiyadagi o‘rniga 
falsafiy yondashuvlar asosida alohida urg‘u beriladi. Ta’lim olgan ayollar 
jamiyatda qanday kuch ekanligi tasivrlanadi. Kishilik jamoasining qaysi bosqichi 
olib qaralmasin, xiyonat va jinoyat, pastkashlik, ig‘vo, fisq-fasod, zolimlik, 
munofiqlik inson zotini ulug‘lagan emas. Aksincha, bunday axloqqa zid 
nuqsonlar taraqqiyot yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lgan, jamiyatning tanazzulga yuz 
tutishiga sabab bo‘lgan. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling