Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Ayollar ta’lim va tarbiyasi tizimining shakllanishiga islom dinining ta’siri
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
7.2. Ayollar ta’lim va tarbiyasi tizimining shakllanishiga islom dinining ta’siri.
Islom ta’limotida inson shaxsining rivojlanishi va takomillashishi jamiyat axloqiy rivojlanishining asosi sifatida belgilangan. Islom tamoyillariga ko‘ra, jamiyatning maqsadga muvofiq rivojlanishi axloq va ijtimoiy adolatga asoslanadi. Bu jamiyat va uning a’zolari, shu jumladan, jamiyat hayotida asosiy rol o‘ynaydigan ayollarning uyg‘un rivojlanishiga erishishni anglatadi. Islom ta’limotiga ko‘ra har bir inson o‘zining qobiliyatlari, ehtiyojlari va shaxsiy fazilatlaridan qat’i nazar, o‘qish va tarbiyaga muhtojdir. Shaxsning ta’lim olishiga alohida ahamiyati berib, Islom dini Payg‘ambari (s.a.v.) “Ilm (fan) egallash har bir musulmon va musulmon ayol uchun majburiydir” deb ta’kidlab, ayollarning ta’limdagi rolini inkor etmaydi. Islom dini ayol kishini ilmli, ma’rifatli bo‘lishga buyuradi. Tarixdan ma’lumki, ayollar ham aynan islom dini rahnamoligida ilm-fan va ma’naviyat- madaniyatning eng yuqori darajasiga ko‘tarilganlar. Binobarin, tarix sahifalarida ayollar ta’lim va tarbiyasiga islom dinining munosabati, e’tibori haqida mulohaza yuritganda, ba’zan noto‘g‘ri, noo‘rin fikrlarga duch kelish mumkin. Go‘yo, islom dini ayollarni paranji ortiga tortib, zulmat qorong‘uga botirib yuborgan ekan. Aslida esa, islom ta’limotida aynan shu masalada salbiy munosabat yo‘qligi ayni haqiqat. Ammo, islom dinining dunyoni turli burchaklarida turli xalq millatlari 210 tomonidan qay darajada to‘g‘ri, asl mohiyati bo‘yicha qabul qilingani va talqin qilinishi, shu muammoning o‘zagini belgilaydi. Reaksion, mutaassib ko‘rinishda targ‘ib etilgan joylarda, islom niqobi ostida ayollar ko‘p haq-huquqlardan mahrum qilingani ham rost. Biroq, O‘rta Osiyo xalqlari tarixida bunday misollarni ommaviylashib ketgan holati kam kuzatiladi. Ushbu fikrimizga, tarixiy manbalar tahlili asos bo‘ladi. Tarixga nazar tashlansa, O‘rta Osiyoda VIII–IX-asrlarda Islom dinining qaror topishi bilan, yagona din – islom diniga ega bo‘lgan markazlashgan davlat tashkil topdi. Ushbu davlatning nizomi yoki qonunlari majmuasi turli tarix, o‘ziga xoslik va madaniyatlarga ega bo‘lgan butun xalqlarni birlashtirgan Qur’oni Karim edi. O‘sha paytdan boshlab islom ta’limoti birinchi o‘rinda bo‘lgan yangi hayot, yangi mafkura bilan yangi maktablar shakllana boshlandi. Shariat atalmish, musulmon uchun ilohiy ko‘rsatma, endi erkaklar va ayollarni huquq va majburiyatlari bo‘yicha ajratib berdi. Islom dini qadimgi davrlardagidek ayollarga nafaqat uyni boshqarish va ro‘zg‘or yuritish bo‘yicha yuksak vazifalarni yuklaydi, balki uni qo‘llab- quvvatlash orqali uning sharafini himoya qiladi, ayollarga erining ruxsati va urug‘ oqsoqollarining marhamati bilan faol turmush tarzini olib borish uchun keng imkoniyatlar beradi. Islom dini ayolga ijtimoiy va siyosiy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etish, ta’lim olish, tijorat bilan shug‘ullanish va hatto davlat boshqaruvida ishtirok etishni taqiqlamaydi. Islom dini ayollarning hurmat-ehtiromini o‘rniga qo‘yib, ayollik latofatlarini saqlab qolish, ayollik vazifalarini to‘liq ado etish orqali o‘z jamiyatlariga, vatanlariga, dinlariga kerakli xizmatni ado etishlari uchun barcha sharoitni yaratib bergan. Islomning dastlabki bosqichlarida ayollarga hijob kiyish majburiy bo‘lmagan. “Masalan, xitoylik sayohatchining so‘zlariga ko‘ra, 1221-yilda Samarqandda, ayollar juma kunlari erkaklar bilan birga masjidlarda ham qatnashganlar”. Biroq asta-sekin, arabcha uslub, ya’ni boshga paranji kiyish, 211 parda bilan yopilish, ya’ni yakkalanish, O‘rta Osiyoda ham XX-asr boshlarigacha ayol turmush tarzining asosiy atributiga aylandi. Bunga ma’lum obyektiv va tarixiy sabablar borligi manbalarda keltirilgan. Islom dini musulmonlarning asosiy dini deb e’lon qilinishidan oldin arab qabilalari ko‘plab urug‘ va qabilalardan iborat edi. Urushlarda ayollar ko‘pincha erlari bilan birga qatnashgan. Ko‘plab arab qabilalarida matriarxat yoki ayollarni hurmat qilish hanuzgacha mavjud bo‘lgan. Islomdan oldingi arablar orasida ko‘p jihatdan ayollar erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lmaganiga qaramay, oila va jamiyatda ayollarga hurmat ehtirom bilan munosabatda bo‘lishgan. Islom Payg‘ambari Muhammad(s.a.v.) johiliyat zamonida ayollar va ularning haq-huquqlari xususida rivojlangan noto‘g‘ri urf-odatlarga qarshi chiqdi va ayol shaxsiyatini jamiyatga qaytardi. Ul hazrat ayol va erkakning tengligi haqida ilohiy dasturlarni xalqqa yetkazar edi. Oilada qiz tug‘ilishi or-nomus hisoblangan va ularni tiriklayin yerga ko‘madigan zamonda Payg‘ambar (s.a.v.) jamiyatning ayollarga nisbatan izzat-ehtirom bilan munosabat qilishni ta’kidlab, shu tartib orqali ayollarga bo‘lgan adolatsizlik va noto‘g‘ri qarashlarni bartaraf etdi. Qur’oni karimda Fir’avning xotini Osiya yoki Hazrat Maryam kabi buyuk ayollarning namunalari shunday ishonchni vujudga keltiradiki, insoniyat yo‘lida yuksalish va rivojlanish faqatgina erkaklarga xos emas, balki ayollar ham kamolot cho‘qqilariga yetish uchun say’-harakat qilishlari mumkinligi yaqqol ifoda etadi. Majburlab erga berish, ayollarga nisbatan qo‘pollik qilish, ayollarni ijtimoiy ijobiy fa’oliyatlari va fikriy rivojlanishlariga yo‘l qo‘ymaslikning barchasi xato odatlarning namunalari hisoblanadi. Ammo, bu odatlar islomiy ayrim jomealarda din nomi bilan amalga oshiriladi. Hatto ayrim vaqtlarda ayollarga ta’lim berish gunoh deb hisoblanardi va ayollarning masjidga borishlari man’ etilgan edi. Hamda siyosiy, ijtimoiy va madaniy vaz’iyatga nisbatan ayollarning ogohliklari noto‘g‘ri ish deb hisoblanardi. Holbuki Rasuli Akram (s) 212 bu haqda shunday marhamat qilgan edilar: “Musulmon bo‘lgan har bir erkak va ayol ilm o‘rganishi va bilimga ega bo‘lishi lozim.” Islom qabul qilingandan so‘ng, qalblarning pokligi uchun, boshqalarning ko‘zlari musulmon ayollarning jism go‘zalligini sezmasligi uchun hijob olish urf bo‘lib qoldi. Ushbu an’ana o‘zlarining nozikligi va oqligini yonayotgan quyosh va quriydigan shamoldan himoya qilish uchun uzoq vaqt yuzlarini yopib qo‘ygan boy oilalardan bo‘lgan arab ayollaridan qabul qilingan. Bu odat payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) tomonidan diniy va axloqiy qonunga aylantirilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning Qur’on va sunnatlari ayollarning Islomdagi mavqyeini mustahkam qilib qo‘ygan eng muhim hujjatlardir. Ular ayolning haqiqiy pozitsiyasini va yuksalishini anglatadi. Ma’lumki, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning ko‘p yillar davomida muhabbat va do‘stlik bilan birga yashagan qirq yoshli Xadichadan to‘rt qizi bor edi: Ruqayya, Zaynab, Umma Gulsum va Fotima. U, ayniqsa, buvisi, marhum otasining onasi va tirik Abu Tolibning onasi va Xadichaning onasi sharafiga nomlangan kenja qizi Fotimaga nisbatan o‘zgacha mehr-muhabbat ko‘rsatar edi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomni o‘z qizlari bilan suhbatlashayotgan hollari juda ko‘p uchrab turar edi. U ularni tarbiyalar edi, ularga mehribonlik qilib, otalik mehri bilan munosabatda bo‘lib, ularni o‘z uylarida mehmonlar deb atadi. Islomda ayolning oiladagi e’tiborli o‘rni borligi ko‘rsatilgan, oilada farzand tarbiyasi to‘liqligicha soliha xotin va ona bo‘lish kabi buyuk mas’uliyat yuklangan ayollarga bog‘liqligi belgilab qo‘yilgan. Ayol uyda nafaqat xotirjamlik va osoyishtalikni saqlaydi, balki yosh avlodni ham tarbiyalaydi. U o‘sib borayotgan qizlarning tarbiyasi uchun ham javobgardir. Demak, ushbu mas’uliyatli vazifarlarni sifatli bajarish uchun ayolga kamida eng minimal hayotiy bilim, ko‘nikma va malaka lozim. Tabiiyki, bularning barchasi faqat vizual kuzatuvlar yoki instinktli qobiliyatlardan rivojlantirilmaydi, balki tizimli, maqsadli ta’limning o‘ziga xos o‘rni talab etiladi. 213 Yana manbalarga murojaat qilsak, VII-asrga kelib surunkali matnlarni yozib olish bilan birga yozilgan hadislar paydo bo‘ldi. Hadis so‘zi arab tilida “so‘z” degan ma’noni anglatadi. Demak, hadis deganda payg‘ambar tomonidan aytilgan gap-so‘zlari ko‘zda tutiladi va tushuniladi. Shundan kelib chiqib, Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning har qanday tarixiy yoki xayoliy hayoti bilan bog‘liq rivoyat va hikoyalar hadis sifatida paydo bo‘lgan. Ular rivoyat xarakteriga ega edi va hanuzgacha Payg‘ambar (s.a.v.)ning o‘zi va sahobalarining hayoti haqida tarixiy manba hisoblanadi. Hadislarda ta’lim olish, ayollarning ta’limi haqida ko‘p fikrlar o‘rin olgan. Garchi, Qur’on har bir musulmon ayolga jamiyatda sharafli va yuksak mavqega ega bo‘lish huquqini bergan bo‘lsa-da, o‘rta asrlarda ko‘plab xalifalarning savodsizligi tufayli (ya’ni, bu yerda inson omili, islom ta’limoti bo‘yicha emas – B.S.) ayollarning bu boradagi huquqlari ko‘pincha buzilgan. Keyinchalik, hadisshunoslar (muhad-dislar) Payg‘ambar so‘zlarini takrorlash va Qur’on tafsirini o‘z zimmalariga olganlarida, Islom dinining mohiyati ayollarga nisbatan tushuntirilib, tegishli tarzda yetkazila boshlangan. Xalq orasida “Oliyjanob ayolni ulug‘laydi, qallob esa uni kamsitadi” degan naql bor. Bu maqolning maqsadi erkaklarni o‘zini munosib tutishga chaqirishdir. Islom dini ayolga mazmunli va taqvodor hayot kechirish uchun katta imkoniyatlar yaratib bergani sababli, erini qo‘llab-quvvatlashidan foydalanib, Allohni bilish istagini ro‘yobga chiqardi. Ma’lumki, o‘rta asrlarda ta’lim va fan diniy xususiyatga ega bo‘lgan va ko‘pincha ayollar erkaklar bilan teng ravishda ta’lim olishlari muammoga aylangan. Ammo, xuddi osmonda yolg‘iz yonayotgan yulduzlar singari, baribir islom davridagi ayollar ham bashariyat tarixida o‘zlari porlab, yorqin va noyob iz qoldirdilar. Aksariyat adabiyot vakillarining eng qiziqarli she’rlari, hushyor ruboiylari va mazmunli g‘azallari ayolga bag‘ishlangan. Shubhasiz ayollarning o‘zlari ham chuqur ma’noga ega she’rlar va achchiq syujetli dostonlar yaratuvchilari sifatida munosib hissa qo‘shganlar. 214 Nizomiy Aruziy Samarqandiy (XI-asr) “Chohor maqola” (To‘rt maqola) kitobida u bilan astronomiyani o‘rgangan qizi haqida gapirib beradi. U qiz 15 yoshida yulduzlar bilan mukammal hisoblashi va inson taqdirini bashorat qilish qobiliyatiga muyassar bo‘lgan edi. Ko‘pchilik unga murojaat qilishgan va u doimo to‘g‘ri yechimni topib bergan. Islom dini kirib kelishi bilan O‘rta Osiyoda qadimgi davrlardan buyon hukmronlik qilib kelgan mavjud ta’lim tuzilmalari eskirib, endi yangicha diniy tarbiya va ta’lim muhim ahamiyatga kasb etadi. Natijada mavjud dabistonlar endi diniy maktablarga yo‘l beradi, oliy maktab maqomidagi dabiristonning esa tarkibi va mazmuni o‘zgarib, madrasaga aylanadi. Shu bilan birga, diniy ta’lim ayollarga faqat xususiy ayollar maktablarida o‘qish imkoniyatini berar edi. Hukmron dinga aylangan Islom, ilm-fan va ta’limni ham o‘z talqinida boshqardi. Endi Islom aqidasi birinchi o‘ringa chiqadi, ya’ni dinshunoslik fanlari. Maktablarda tolibu talabalar dunyoviy fanlarga nisbatan ko‘proq Qur’onni o‘rganar edilar. Hisoblash asoslari kamdan-kam hollarda o‘rganilardi, ko‘pincha faqat tijorat qilish uchun o‘g‘il bolalarga o‘rgatilar edi. Ayollar esa zarur holdagina hisoblash ilmi bilan shug‘ullanganlar. Maktab o‘quv dasturi Qur’on va uning tafsiri, diniy va axloqiy ta’lim, diniy kitoblarni o‘qish va Qur’on oyatlari va suralarini yod olish uchun arab yozuvini o‘rganishdan iborat edi. Arab tili va arab yozuviga asoslangan yozuv Islom dini va islom ta’limotining tarqalishida muhim vosita bo‘lgan. Qur’on matnlarini sinchkovlik bilan saqlash maqsadida, Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) ushbu asarga ko‘plab ulamolarni jalb qilgan holda, ularni nozil bo‘lgan oyatlarni yozib qo‘yishlarini buyurgan. Keyinchalik arab tili va’z va ibodatlarda keng qo‘llanila boshlandi. Adabiyot va fan ham yangi arab yo‘nalishini qabul qilgan. Arab yozuvlari mahalliy yozuv turlarini asta-sekin almashtirib, O‘rta Osiyoda hukmronlik mavqyeini qo‘lga kiritgan. Arablar O‘rta Osiyoga kelguniga qadar adabiy So‘g‘d tili va yozuvi, shuningdek, Urxun deb nomlangan turkcha xat bor edi. So‘g‘diy tili keng 215 tarqalgan bo‘lib, ancha keng bo‘lib, Samarqanddan Xitoygacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan. Aholining keng qismi o‘qish va yozishni o‘rgangan, jumladan, ayollarga erkaklar bilan teng ravishda ta’lim olish taqiqlanmagan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayoti haqidagi rivoyatlarga ko‘ra, uning ikkinchi rafiqasi Oysha o‘zining aql- idrok qobiliyatlari, ishtiyoqi va islomni o‘rganish va tarqatish istagi tufayli Rasulullohning alohida sevgisiga loyiq bo‘lib, o‘sha davrdagi Islomning eng buyuk yetti olimalaridan biriga aylandi. Yozish uchun o‘quv quroli, dastasi bo‘lgan tekis taxtadan iborat edi. Keyinchalik, o‘qituvchi siyoh, qamish, qalam yoki g‘oz pari bilan yozadigan “lavh”, ya’ni sayqallangan taxtalardan foydalanganlar. Bu o‘quvchilarning kundalik yozuvlari saqlanadigan bir daftar turi edi. Siyohdon charmdan yasalgan idishda saqlanar edi. Siyohdon idish arab tilida davot, mahalliy asosiy fors-tojik lahjasida siyohdon deb nomlangan. Siyohdondan tashqari, qalamdon ham bor edi. Ular odatda yog‘ochdan yasalgan. Portfel yoki barcha o‘quv qurollari uchun sumkalar paxta matodan tayyorlangan. Ularni ayollar mohirlik bilan kashtado‘zlik qilishgan. Boy oilalarda sumkalar teridan qilingan. Shuningdek, qizlar maktablari o‘quvchilari uchun kashta tikilgan, plakatlar, naqshlar va boshqa bezaklar bilan bezatilgan turli xil charm va paxtadan ishlangan sumkalar ishlatilgan. Xalq hayotiga chuqur kirib borgan holda, asta-sekin arab grafikasi O‘rta Osiyoda yashovchi barcha xalqlarning maktab ta’limida yozuvning asosiy turiga aylanadi. O‘zbeklar va tojiklarning mahalliy xalqlari vakillari arab yozuviga asoslangan holda o‘z tillarida ta’lim olishgan. Ilk o‘rta asr davrining kam o‘rganilgan masalalaridan biri bu qizlarning oila va oilaviy tarbiyasi masalasidir. V.V.Bartold “kad” so‘zini tahlil qilib, bu uy degan ma’noni anglatadi, lekin “xona”ga qaraganda kengroq ma’noda. “Kad” tushunchasi oila boshlig‘ining o‘z uyidan tashqari, bitta umumiy panjara ichida joylashgan o‘g‘illari, boshqa qarindoshlari yashash joylari hamda ularga tegishli 216 turli xil binolarni qamrab oladi. Bunday ulkan o‘choqni saqlovchi yoki xonadon bekasi kadbonu deb nomlangan. O‘rta Osiyo xalqlari hayotida islom dini kirib kelishi bilan yangi diniy dunyoqarashning shakllanishi va musulmon e’tiqodining ko‘rsatmalarini amalga oshirish boshlandi. Mehnat va o‘qitish ta’limotning asosini tashkil etardi, hamma uchun ilm-fan va bilimga intilish mamnuniyat bilan qabul qilinar edi. Oila shaxsni tarbiyalashning asosini tashkil etuvchi maskan sifatida ulug‘landi va ayolga unda bolalarni tarbiyalashda axloqiy va ma’naviy fazilatlar manbai maqomi berildi. Ayollar, shuningdek, musulmonchilik turmush tarzining barcha qattiq talablariga qaramay, erkaklar kabi o‘qish huquqiga ega edilar. Faqat erkaklar nazoratisiz yoki ruxsatisiz uydan chiqmaslik, erkaklar huzurida ovqat yemaslik, begonalarga yuzini ko‘rsatmaslik, begonalar bilan suhbat qilmaslik kabi cheklovlar ayollar uchun oddiy kundalik hayotiy va axloqiy me’yorga aylanib boraverar edi. Musulmonlar uchun oila ta’limining eng muhim muassasasi hisoblangan. Oilaning otasi, avvalo, o‘g‘il va qiz bolalarning tarbiyasi uchun Alloh oldida, jamoat oldida va urug‘ oldida to‘liq javobgar edi. Shuni ta’kidlash joizki, otaning javobgarlik maqomi onaning g‘ayrat va zahmatlari bilan qoplanar edi. Islom dini kirib kelgandan keyin ham afsonalar va rivoyatlar, ertaklar va qissalar, qo‘shiqlar va dostonlar, baytlar va to‘rtliklar, maqol va matallar, shuningdek, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhisallamning xalq xotirasida saqlanib qolgan va bizgacha yetib kelgan hadislari tarzidagi rivoyatlari, O‘rta Osiyo xalqlarining farzandlarni bolalikdan tarbiyalashdagi boy tajriba sifatida o‘z maqomini saqlab qoldi. Oilaviy an’analarga asoslanib, xalq san’ati ajdodlarning ulug‘vor, qahramonlik harakatlari, ularning mehnatsevarligi, ma’naviy va axloqiy fazilatlarini ko‘p yillar davomida og‘zidan og‘ziga o‘tib, xalq xotirasida saqlanishini ta’minlar edi. 217 Qizlar va o‘g‘il bolalarni birinchi navbatda kunni ertalab tongdan boshlashga majburiy o‘rgatar edilar. Quyosh chiqishidan quyosh botishigacha bolalar uy ishlarini kattalar bilan bir qatorda bajardilar. Ular kattalarga uy saqlash, yig‘im-terim, uy hayvonlariga qarash, bolalar va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilishda yordam berishardi. Maqol va matallar, hadislar va qiziqarli hikmatlar, hikoyalar orqali to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiriladigan samimiy so‘zlar ta’lim va tarbiya ishlarini rag‘batlantirar edi. Bolaligidanoq, o‘g‘il va qizlar onasining yonida qolishgan, u ularning birinchi o‘qituvchisi hisoblangan. Farzandlarining birinchi tarbiyachisi va o‘qituvchisi sifatida ish olib borgan onasi ularning axloqi va jamiyatdagi xatti- harakatlar qoidalari va boshqa odamlar bilan munosabatlar haqidagi bilimlarning dastlabki asoslarini yaratgan. Xalq amaliy san’ati ular uchun ta’lim qobiliyatlari, birinchi navbatda nutqning asosi bo‘lib xizmat qildi. Oilada bolalar kattalar hayoti bilan tanishish uchun birinchi ta’lim imkoniyatlarini olardilar. Xalq ijodiyoti namunalari hayot va atrof-muhitni o‘rganish, uning boyligi va go‘zalligini ochish uchun asos bo‘lib xizmat qilar edi. Oiladagi bolalarning dastlabki tarbiyasi bolalar beshik ustidagi hazillardan boshlangan. Keyin bolalarning yotishdan oldin, kechqurun va kech payti aytiladigan ertaklari va qiziqarli hikoyalari ularni ajoyib kelajakka ishontirib, o‘zlari qahramon bo‘lgan ulkan mamlakatlarga olib ketishar edi. Bunday ertaklar bolajonlarning qalbiga nekbinlik va ajoyib kelajakni yaratish kabi buyuk maqsadlarni singdirar edi. Movarounnahrga islom dini kelishi bilan Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) hayoti va Allohning borligi to‘g‘risida ko‘plab hikoyalar paydo bo‘ldi. Bu hikoyalarning barchasi Qur’on suralaridan olingan va bolalarga qiziqarli ertaklar shaklida bayon qilingan: “Hajga birinchi da’vat haqidagi voqea”, “Eng sabrli odam to‘g‘risida”, “Luqmonning nasihati”, “Jasur bolakay” va boshqalar bolalarga ish va o‘qish orqali baxtli kelajakka umid bog‘lashni talqin qilardi. 218 Mashhur arab ertaklari “Ming bir kecha” ning asosini qadimiy Eron “Ming ertak” (VIII asr) ertaklar to‘plami tashkil etadi. Keyinchalik hind, yahudiy va arab ertaklari qo‘shilishi bilan “Ming bir kecha” kitobi nashr etildi. Ushbu kitobda vazirning chiroyli va aqlli qizi Shahrizoda har kuni shoh Shahriyorga qiziqarli va ibratli ertaklar aytib, boshqa ayollarni o‘limdan qutqaradi. Shahriyor qizning ongi va go‘zalligini zabt etadi va unga uylanadi. Kitobda ayollar o‘qiydigan, quradigan, adolat uchun kurashadigan va erkaklar bilan birga o‘z vatanini dushmanlardan himoya qiladigan 300 dan ortiq ertaklar mavjud. Xalqning ijobiy fazilatlari va tarixini o‘zida mujassam etgan ertaklar bu xususiyatlarni avloddan avlodga o‘tishning samarali vositasiga aylangan. Ko‘pgina ertaklarda ayollar nafaqat go‘zalligi va jozibasi bilan, balki aql va jasorat bilan ham ajralib turadi. Islom paydo bo‘lishining dastlabki bosqichlarida ham ayollar oiladagi vaziyatning ma’shuqasi sifatida alohida mavqeini saqlab qoldi. Faqat uning ruxsati bilan uy sharoitida va oilaviy munosabatlarda muhim qarorlar qabul qilinar edi. Shunday qilib, Islomning kirib kelishi bilan ayollar o‘zlarining avvalgi mavqeini, ya’ni g‘ayratli va hukmron ayol, asosan, bolalarni tarbiyalash va uy- ro‘zg‘orni boshqarish bilan shug‘ullanadigan, vazmin, xushmuomala va diqqatli uy bekasi kabi maqomini yanada kuchaytirdi. O‘rta asrlarning dastlabki davrida, O‘rta Osiyo xalqlari hayotiga Islom kirib kelganidan so‘ng, erkaklar va ayollar uchun ta’limni tashkil etishda shariat qoidalariga muvofiq cheklovlar mavjud bo‘lgan. Ammo erkaklar egallagan ta’limning asoslari ayollar uchun ham ahamiyatini yo‘qotmadi. Ayollar maktablarida ayollar o‘qishgan va muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng ular an’anaviy maktablarda dars berishgan yoki xizmat qilishgan, kitoblardan muqaddas oyatlarni o‘qiganlar, ularning mazmunini sharhlaganlar va hokazo. Sharqona an’analarga ko‘ra, insonni maqsadga axloqiy va vatanparvarlik fazilatlari orqali erishishga yo‘naltiradigan adabiy-badiiy asarlar tarbiyaning asosiy manbalari hisoblangan. Ayollar barcha ta’lim qobiliyatlari va tarbiyaviy 219 fazilatlarni farzandlari orqali barcha avlodlarga yetkazishning asosiy bo‘g‘ini sifatida o‘z maqomini yo‘qotmagan. Hatto ba’zi ertaklarning motivlaridan ularning o‘zlari o‘tmishdoshlari haqida ertaklar yaratib, o‘z farzandlarini yaxshi fikr va niyatlar, jasorat va aql-idrok orqali baxtli hayotga ilhomlantirgan deb taxmin qilish mumkin. Ayol hamon odatdagidek mahorat maktablarida ezgu maqsadga erishishda, uy ishlarini olib borishda, o‘zining kasbiy fazilatlariga tayanadi. Ayollar tut yoki paxtani qayta ishlaydi, paxtadan va ipakdan mato to‘qadi, uy uchun turli xil kiyim va anjomlar tikadi, matolarga naqshlar chizadi va qo‘llaydi, teridan har xil buyumlar va poyabzal tayyorlaydi, oltin va oddiy iplar bilan kashta tikadi va to‘qilgan anjomlar, paypoq, bosh kiyim va sharflarni hayotning ma’naviy mazmunini boyitishga yo‘naltiradi. Boshqa tomondan islomiy jamiyatlarda mavjud bo‘lgan noto‘g‘ri madaniy dasturlar bu davlatlarda ayollarning nomunosib vaz’iyatlarga yuzma-yuz bo‘lishlari sababiga aylangan va bu esa mazkur jamiyatning diniy ayrim ahkomlarining noto‘g‘ri odob-an’analari va xurofotlari bilan aralashib qolganligining belgisi edi. Masalan, ayrim mamlakatlarda oiladagi qo‘pollik, ya’ni qizlarga qarshi kamsitish, zudlik bilan turmushga chiqish, ularning savodxonligiga muxolifat qilish kabi narsalar qabilalarning urf-odatlaridan ildiz oladi va islom mubin diniga tegishli emas. Qadimiy urf-odatlar dunyoning ayrim mintaqalarida, ayniqsa qishloqlarida ayollarni meros olish haq-huquqlaridan mahrum etishgan va shu tartib bilan vafot etgan shaxsdan qolgan barcha mol-mulk faqat bu oilaning erkaklariga nasib qilardi. Holbuki, Qur’oni majidda har bir erkak va ayol merosining hissasini ochiq aniqlab berilgan. Islom dinining afzalliklaridan biri bu jamiyatlarning to‘g‘ri rasm-rusum, urf-odatlari va madaniyatlariga hurmat–ehtirom zohir etishdir. Ayni holda jamiyatning noto‘g‘ri rasm-rusum va odatlarini qayta ko‘rib chiqib isloh etadi. 220 Bu esa tarixning turli davralarida, illohiy anbiyolar zuhur topish vaqtida amalga oshirilgan bir harakat sanaladi. Ayollarning ilm olishlari masalasida, yuqorida aytib o‘tganimizdek, ayol va erkak musulmonlarga ilm o‘rganmoq farzi ayndir, deb belgilab qo‘yilgan. Qur’onda faqatgina ayollarning o‘ziga xos, fitratiga muvofiq kelgan Allohning xitoblaridan tashqari (masalan, avratlarini to‘sish, bola emizish, idda muddati, taloq to‘g‘risida va hokazo) qolgan barcha oyatlar Alloh taoloning bashariyatga, erkag-u ayolga qilgan xitoblari hisoblanadi. Ilm haqidagi chaqiriqlar ham shular jumlasidandir. Islomda iymondan keyingi farzi aynlardan biri ilm olishlikdir (“farz” bajarilishi shart degan ma’noni ham anglatadi). Zero, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga yetkazgan birinchi kalom ham “O‘qi!” bo‘lgan. Chunki, diniy ta’limotga ko‘ra, Alloh taolo bandasini tafakkur qilib, borliqqa qarab, tahlil bilan O‘zini tanishini xohlaydi. Ko‘r-ko‘rona iymon keltirishlikni xush ko‘rmaydi. Islom olamida birinchi darsxonalar, madrasa va masjidlar ochilib, diniy va boshqa bilimlarni tahsil etishda ayol-erkak ajratilmagan. Chunki Islomda ilm olishda ayol-erkak tengdir. Shu fikrimizga dalil sifatida Imom Saraxsiy (r.a.)ning marhamatini keltirsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi: “Alloh taologa iymondan so‘ng, eng quvvatli farz – ilm talab etishdir. Chunki Rasululloh (s.a.v.): “Ilm talab etmoq har musulmon erkak va ayol uchun farzdir”, deb buyurganlar. Islom ta’limotida ilm – nubuvvatning merosi hisoblanadi. Payg‘ambarlar ilmni meros qoldiradilar. Erkaklar nubuvvat merosida qanchalik haq sohibi bo‘lsalar, ayollar ham shunchalik haq sohibidirlar, deb talqin etiladi. Shubhasiz, shariatning uch amal tayanchi bor. Bular: ilm, amal, ixlos. Shu uch ju’zdan har biri haqiqiylashsa, shariat haqiqiylashadi. Bir kishida bu uch ju’z bilan shariat vujudga kelsa, Alloh roziligi qozonilgan bo‘ladi. To‘rt xalifa zamonlari o‘tib ketgach, Islom davlatlarida soxta din peshvolari tarafidan ayollarning ilm olishini ta’qiqlaydigan uydirma hadislar ham yuzaga keldi. Holbuki, Rasululloh (s.a.v.) va Horun ar-Rashid davrlarida ayollar ilm 221 tahsilining cho‘qqisida bo‘lganlar. Kimki “Muslima ayollarning ilm olishini din ta’qiqlagan yoki ta’qiqlaydi” iddaosini ilgari sursa, bilingizki, u kimsa Islomga xiyonat etgan. Islom keltirgan ilm inqilobi ayollar uchun bir najot eshigidir. Madinada yangi tuzilgan Islom jamiyati va davlatida o‘qib-yozadigan ayollar ham oz emasdi. Mashhur sahobiya Ash-Shifo binti Abdulloh al-Adaviyya islomdan avval o‘qish-yozishni bilardi. So‘ng bir qancha sahobiyalarga o‘rgatdi (masalan, Hafsa binti Umar al-Foruq). O‘zi shu tariqa islomda ilk muallima bo‘ldi. Ash- Shifodan tashqari o‘qish-yozishni biladigan Hazrat Oisha, Hafsa, Ummu Salama, Karima bintul Miqdol, Ummu Gulsum binti Uqba va Oisha binti Sa’d kabi sahobiyalar zikr etilgan. Ular Muhammad (s.a.v.) so‘zlarini tushunib olib, odamlarga yetkazar edilar. Olima sahobalar yonida shoiralar ham bor edi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) qizi Fotima az-Zahroning sut qarindoshi Ash-Shayma bintul Horis as-Sa’diyya, Al-Hafsa binti Amr ibnish-Sharid, Atiqa binti Zayd va Najiya binti Jundub al- Aslomiy shoira sahoba ayollar edilar. Tarixda Islom olamida mashhur ayollar Misr, Ispaniya va Afrikadagi mamlakatlarning bir qanchasiga daxldorlar. Molik bin Anasdan rivoyat etgan Obida al-Madaniyya, Imom Buxoriyning “Al-jome as- sahih”ini Makkada rivoyat etgan Karima al-Marvaziyya mashhurdirlar. Tasavvuf sohasida ham ko‘zga ko‘ringan ayollar bo‘lgan, bulardan mashhurlari Robia al-Adaviyya, andalusiyalik Fotimalar ma’lum. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan manbalarning ma’lumotlari, adabiyotlardagi mulohazalar tahliliga tayanib, qadimgi zamon ayollar ta’lim tarbiyasidagi pedagogik omillar bo‘yicha ilmiy izlanishni tarkibiy qismi sifatida ayollar ta’lim va tarbiyasi tizimining shakllanishiga islom dinining ta’siri haqida shunday xulosa qilish mumkinki, aslida islom ta’limotida ayollar ta’limiga deyarli to‘siq yo‘q. Bu boradagi muammo asosan inson omiliga bog‘liq bo‘lib, islomning qayerda va qanday talqin etilishiga nisbatan tasvirlangan. Aksincha, islom ta’limotining ta’lim olishga, ta’limni tashkil etishga bo‘lgan munosabatida 222 axloqiy tarbiya bilan bog‘liq pedagogik omillarni talaygina ko‘rishimiz mumkin. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan manbalarning ma’lumotlari, adabiyotlardagi mulohazalar tahliliga tayanib, qadimgi zamon ayollar ta’lim tarbiyasidagi pedagogik omillar bo‘yicha ilmiy izlanishni tarkibiy qismi sifatida ayollar ta’lim va tarbiyasi tizimining shakllanishiga islom dinining ta’siri haqida shunday xulosa qilish mumkinki, aslida islom ta’limotida ayollar ta’limiga deyarli to‘siq yo‘q. Bu boradagi muammo asosan inson omiliga bog‘liq bo‘lib, islomning qaerda va qanday talqin etilishiga nisbatan tasvirlangan. Aksincha, islom ta’limotining ta’lim olishga, ta’limni tashkil etishga bo‘lgan munosabatida axloqiy tarbiya bilan bog‘liq pedagogik omillarni talaygina ko‘rishimiz mumkin. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling