Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Turkiston ma’rifatparvarlik harakati g‘oyalarida ayollar ta’limi
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
10.3. Turkiston ma’rifatparvarlik harakati g‘oyalarida ayollar ta’limi
masalasining faollashtirilishi. Jadidchilik va ayollar ta’limi masalasining yoritilishi Jadidlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda xotin – qizlarning savodxonlik darajasi juda ham past ekanligi, ular faqatgina otinoyilar o‘z uylarida ochgan uy maktablarida o‘qib, o‘qish davomida 3-4 tagina diniy suralarni yodlab, so‘ng ular uy ishlari bilan shug‘ullanishi, nari borsa tikish – bichishni o‘rganishi keyin esa jamiyatda qat’iy qonun-qoidaga aylangangan erta oila qurish majburiyatini olib, shu bilan bir umr to‘rt devor ichida yashashlarini qattiq tanqid qilib, erkak va ayollar teng haq-huquqga ega ekanliklari, bola tarbiyasi bilan asosan onalar tarbiyalaganliklari bois, millat taqdiri uchun ularning bilim saviyasini ko‘tarish va yangi maktablar tashkil etishni yoqlab chiqdilar. Jadidlar farzandlar tarbiyasi ayollar qo‘lida ekanligi alohida ta’kidlaganlar, Sadriddin Ayniy bu haqida quyidagi fikrni bildirgan edi: “Agarda xotun kishi tarbiyat topgan, savodli bo‘lsa, farzandini ham tarbiyat qilib taraqqiylik odami qiladur” Abdurauf Fitrat kelajak avlodlarning ongsiz, irodasiz, tarbiyasiz, nodon va johil bo‘lmasliklari uchun xotin-qizlar o‘qimishli, sog‘liqni saqlash va bolalar tarbiyasidan xabardor bo‘lishlari kerakligini zarur deb biladi. U tarbiyani juda muhim ijtimoiy hodisa, jarayon deb biladi va unda “Oiladagi mushkul vazifa go‘dak tavalludidan so‘ng er-xotin bo‘yniga tushadigan farzand tarbiyasidir”, deb uqtiradi. 310 Jadidlar xotin-qizlarning ta’lim olishi masalalarini har tomonlama targ‘ib etdilar. Bu yo‘lda ko‘p to‘siqlarda duch keldilar. O‘lkadagi ma’naviy hayotga nazar tashlaydigan bo‘lsak, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ommalashgan otinchilik qizlar uchun boshlang‘ich ta’lim vazifasini ado etdi, ularga bibixalifa yoki bibiotinlar dars berganlar . Maktab yillarida qizlar o‘z bibiotinlari boshchiligida asosan, “haftiyak”ni Qur’onning 2-3 surasini o‘qib o‘rganganlar. Qur’onning boshqa suralarini esa uylarida o‘rgatishgan. O‘sha davrlarda jamoatchilik fikriga ko‘ra qizlar uchun ilm, bilim o‘rganish shart emas bo‘lgan, ular tikish, bichish va to‘qishni bilsalar bo‘ldi deb hisoblashgan. Shu bilan birga Rossiya imperiyasi tomonidan ta’lim sohasi uchun deyarli mablag‘lar ajratilmagan. Shunday sharoitda jadidlar o‘z mablag‘lari hisobidan yangi usul maktablarini ochib, ularda o‘g‘il bolalar bilan birga qizlarni ham o‘qitshga harakat qildilar. Abdulqodir Shakuriy Samarqandda o‘g‘il va qiz bolalarni birga o‘qita boshlagan, qizlarga uning xotini dars bergan. Shakuriyning bunday ishi mahalliy boylar, ruhoniylarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, bunday maktablar Turkistonning boshqa shaharlarda ham ochila boshlagan. Arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdagi Eshonxo‘ja Xonxo‘jayev yangi usul maktabida 3 ta qiz, Sobirjon Rahimovning maktabida 15 ta qiz o‘qigan. Qo‘qon shahrining G‘alchasoy mahallasida Muhammadjon Xoliqiy 1913-yilda dastlab “usuli jadid”, keyin esa qizlar maktabini ham tashkil qilgan. Unda singlisi Soliyaxon Abduxoliq qizi o‘quvchilarga saboq bergan. Abdulla Avloniy maktabida ham qizlar o‘g‘il bolalar bilan yonma-yon o‘tirib, tahsil olgan. Ostroumov bergan ma’lumotga ko‘ra, “jadid maktablarida o‘zlashtirilgan bilimlar yuzasidan imtihonlar tashkil qilingan. O‘quvchilar imtihon savollariga yaxshi javob berishgan, shu imtihonlarning birida bir yosh qiz hammani lol 311 qoldirgan. Sobirjon Rahimovning “Rahimiya” maktabida o‘tkazilgan imtihondan so‘ng “Toshkent xabarlari” gazetasining muallifi qizlar maktablarini ko‘paytirishni taklif qiladi. Sadriddin Ayniy ham dastlabki o‘qish yillarini qizlar maktabida o‘tkazganligini shunday xotirlaydi: “Maktab yoshiga yetganimda otam meni qishlog‘imiz Soktare masjidi qarmo‘g‘idagi maktabga berdi. U maktabda biror narsa o‘rgana olmadim, shundan keyin otam meni bu maktabdan olib, qishloq imomi xotiniga qarashli qizlar maktabiga berdi. Bu maktab o‘g‘il bolalar maktabiga qaraganda birmuncha durust edi” 19 . Ma’lumotlarga ko‘ra, jadid maktablarida qizlar 7 yoshdan o‘qishni boshlab 13 yoshga to‘lganda tugatganlar. Ma’rifatparvarlar Turkiston xotin-qizlarining dunyoviy ishlarda qatnashishlarini ham yoqlab chiqa boshladilar. Ularning fikricha , xotin-qizlar o‘z ayollik huquqini anglab, talab qilishi, tiklashga intilishi, uni tuban kimsalardan himoyalashi jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lishi uchun diniy va dunyoviy bilim imkoniyatlaridan foydalanish sharoitlarini yaratish zarur. Fayzulla Xo‘jayev ham xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqligini ta’minlashga muhim e’tibor berar edi. Uning fikricha, ayollar faqatgina huquqiy holatda erkaklar bilan teng huquqli deb e’tirof etilishi xotin- qizlarning amalda teng ekanligini anglatmaydi. Ayollarning erkaklar bilan amalda teng huquqligiga erishish uchun mehnatni muhofaza qilish, ta’lim olish, fabrika va zavodlarda ayollar malakasini oshirishda bir qator imtiyozlar berilishi, xalq ta’limi bo‘yicha pul ajratmalarini joriy etish, ona va bolalar uylari qurilishi lozim, deydi 20 . Ma’rifatparvarlar tenglikka erishish uchun qizlar ilm olsin, ma’rifatli bo‘lsin, degan fikrni ilgari surar edilar. Ular Turkiston xotin-qizlarinnng ilm 19 С. Айни хаёти ва ижоди / тузувчи М. Ҳасанний Т- Ўқитувчи. 1994 Б -7 20 Азизов. Н .Давлат арбобининг ҳукукий қарашлари // Ҳаёт ва қонун.1996.–Б. 4. 312 olishlari yo‘lidagi intilishlarini quyidagicha ifodalab bergan: “xotinlarimiz va qizlarimiz, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim, axloq va bilimlarini kamolga yetkazishlari zarur. Aks holda ayollarimiz erkaklardan ham kuchsizroq, zaifroq bo‘lganlaridan bolalarimiz ham ularga o‘xshab qoladilar. Xotin-qizlar ilm olishlari uchun sharoitlar yaratish va ulardan foydalanish kerakdir”. 1917-yilgi fevral voqealaridan keyin Turkiston jadidlarining xotin qizlar muammosi borasidagi faoliyatlari ancha kengaydi. Chunki muvaqqat hukumat dasturiga ko‘ra mamlakat milliy o‘lkalarida, xususan, Turkistonda ham barcha aholiga ilk bor saylash, shahar dumasiga saylanish imkoniyati berilgan edi. Shuning uchun ham Turkiston jadidlari vaqtli matbuot sahifalarida o‘z maqola va chiqishlarida xotin-qizlarning saylov jarayonida faol ishtirok etishi, siyosiy mustaqillik va demokratiyani joriy etish bilan bog‘liq ishlar, ko‘p partiyaviylikning va keng jamoatchilik faolligining o‘ta zarurligi, ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va qarama-qarshiliklar salbiy oqibatlarini targ‘ib etdilar. Turkistonda musulmon xotinlarining saylov ishlarida ishtiroklari juda og‘ir edi. Holbuki, “xotinlarning saylovga ishtiroklari Turkiston musulmoni uchun hayot-mamot masalasidir 21 ”,– deydi Zakiy Validiy. U xotin-qizlarning saylovda ovoz berishlari katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi va Behbudiy, Fitrat, Hoji Muyinlar qatori bu vazifalarni amalga oshirishga harakat qiladi. Shuningdek, musulmon xotin-qizlarning saylovda qatnashishlarining ahamiyatini Mahmudxo‘ja Behbudiy quyidagicha yozadi: Toshkent shahrida 48 ming ruslar va askarlar bor, Bunga nisbatan 44 ming musulmon erkaklar va 39 ming musulmon ayollar yashaydi. Agar saylovda ayollar ishtirok qilishmasa, albatta, ruslar saylovda muvaqqiyatga erishishlari mumkin 22 . 21 Валидий Заки. Сайловда мусулмон хотин –қизларнинг иштироки. // Кенгаш. 1917 .25 июл. 22 Беҳбудий М. Марказий Шўромизда // Ҳуррият. 1917 3 июл 313 Jadidlarning g‘oyalariga ko‘ra o‘lka xotin-qizlarini jamiyatning teng va haqiqiy a’zosiga aylantirishning birdan-bir yo‘li ularning ma’naviy va ma’rifiy ravnaq etishidadir, tabiat ato qilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishdadir. Shu bilan birgalikda, ular yanada muhim shartlar sifatida milliy matbuotdan boshqa millatlar tajribasndan unumli foydalanishni, maktablar, jamiyatlar, kutubxonalar va qiroatxonalar joriy etishni tavsiya etganlar. Jadid ma’rifatparvarlari musulmon xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish, teng huquqli bo‘lish, shu bilan taraqqiyot yo‘liga, ilm-fan, ma’rifatga, dunyoviy ishlarni o‘rganishga chaqirdilar. Eng asosiysi, erkaklar bilan teng huquqda jamoat ishlarida qatnashishlari, saylovlarda ishtirok etishlari uchun qilgan sa’y-harakatlari Turkiston ma’rifatparvarlarnning sharq mamlakatlarida birinchilardan bo‘lib intilganligini ko‘rsatardi. Shu o‘rinda buxorolik Zuhriddin Fathiddinzodaning quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinlidir: “Ey,Turkistonlik Vatandoshlarim! Biz shuncha xotin- qizlarimizga yomon ko‘z bilan qaraymiz. Biz shuncha xotunlarga nisbatan shafqatsizlik va marhamatsizlik qilamiz. Yetar shuncha bu bechoralarni asorat zanjirida tutmoq, yetar jaholat chuquriga itarmoq. Agarda bizlar xotin- qizlarimizni bu holda ilm va tarbiyadan mahrum qilaversak, o‘zimizga zo‘r zararlar kelturamiz. Kelajak zamonlarda bulardan vujudga keladurg‘on va bularning quchog‘ida o‘saturog‘on ajdodlarimizning johil va nodon bo‘lishiga o‘zimiz sabab bo‘lurmiz, keling, endi g‘aflat ko‘rpasini o‘zimizdan irg‘itib, birlik va ittifoq ila bir millat an’analarini jaholat panjasidan qutqaraylik, adolat va insoniyat yuzasidan bu Vatan onalariga ta’lim beradigan maktablar ochib beraylik, mana kelajagimiz, saodat va baxtiyorligimiz shul xotin- qizlar tarbiyasiga kelib teriladur” 23 . Bu fikr ayollarning o‘zlari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Ular latta-puttalar uchun isrof qiladigan so‘mlarni din va dunyo uchun kerakli 23 Фатҳиддинзода. З .Ҳуқуки нисвон. Садои Туркистон .1914. 10 декабр 314 bo‘lgan tarbiya va ta’lim yo‘liga sarf qilishimiz uchun maktab ochib bersangiz, - deb murojaat qilganlar. Jadidlar mahalliy xalqni ozodlikka, istiqlolga, mustaqillik uchun kurashga chorlar ekanlar, bu yo‘lda musulmon xotin-qizlarining erkaklar bilan teng huquqda bo‘lishlari, Turkistonning jamoat ishlarida qatnashishlari g‘oyalarini ilgari surdilar. Ular matbuotda xotin-qizlarning saylovlarda ishtirok etishlari, Turkistonning milliy ravnaqi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojida qatnashishlarini qo‘llab quvvatlashga chaqirdilar. Jadid mafkurasi ilgari surgan ayol, oila, jamiyat masalalari umuminsoniy muammolarni hal etishga qaratilgan edi. Ma’rifatchilik sohasida 1900-1916-yillarida jadidlar harakatida jamiyatning barcha tabaqalarining ilg‘or fikrli vakillari qatnashgan. Bu harakatda badavlat mulkdor kishilar Saidnosir Mirjalilov, Fayzulla Xo‘jayev, Fo‘ladboyvacha Zokirov, No‘shiravon Yuvoshev,Obidjon Mahmudov, Akobir Shomansurov, Ziyoli-muallim va mayda savdogarlar–Behbudiy, Munavvarqori, Avloniy, Abdusamatqori, Hoji Muin, Siddiqiy Ajziy, Hamza, Fitrat, Ashurali Zohiriy, ruhoniylar va muddarislar, ulamolar–Saidahmad Vasliy, Pirmuhammad A’lom, Shorahim domla Inoyatov, Sharifjon Hoji, hunarmand-ishchilar – Nizomiddin Xo‘jayev, Abdulla Badriy yuksak fazilat ko‘rsatdi. Ular ba’zi masalalarda munozarali qarama-qarshi fikrlarga ega bo‘lsalarda muhim siyosiy masalalarda yakdil edilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy zamonasining barcha muammolari ustida bosh qotirar ekan, undan qutulmoq yo‘llarini ham axtaradi. Davrning muhim muammolaridan biri xotin-qizlar savodi masalasi edi. Xotin- qizlar ta’lim- tarbiyasi haqidagi fikrlar o‘sha davrning mashhur gazetasi “Turkiston viloyatining gazetasi” da 1906-1910-yillarda o‘z aksini topgan. Taraqqiyparvarlar Turkiston kelajagi onalarimizning savodli bo‘lishi bilan bog‘liq deb hisoblab, xotin-qizlar savodini oshirish, ularni maktablarga, doilmuallimlarga tortishga e’tibor qaratdilar. 315 Behbudiy ayollarni ilmli qilish masalasiga ijobiy munosabatda bo‘lish bilan birga, o‘z qizi Parvinxonni dastlab, jadid maktabida, so‘ngra fransuz tilidan o‘qituvchi yollab, ushbu tilni mukammal o‘rgatadi. Parvinxon ko‘p yillar Samarqand shahri yaqinidagi qishloqlarida yoshlarga shu fransuz tilidan dars beradi. Ma’rifatparvarlar oilada er-xotin farzandining tug‘ilgan kunidan boshlab har tomonlama tarbiya berishni birma-bir ko‘rsatib o‘tadi, Chaqaloqning tug‘ilgan kunidan boshlab ona sutining berilishidan to maktab vaqtidagi tarbiyalariga alohida to‘xtaladi. O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi tarbiyada ham tafovut bor. O‘g‘il farzandning tarbiyasiga nisbatan qiz farzandning tarbiyasi bir muncha og‘ir va murakkabdir. Zero, hattoki zardushtiylikda ham qiz bolaning tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Jadidlar nazarida, “O‘g‘il bolalarga nisbatan qiz bolalar ilm-u donish o‘rganishga kirishsinlar. Zeroki ular ota-ona manzilida bo‘lgan vaqtlarida ota xonadonini tartibga solib, ziynat berib yursalar, jufti haloli manziliga borgach, bolalar tarbiyasi bilan, kelajak ne’matlarining ta’limi bilan mashg‘ul bo‘lmoqlari lozim bo‘ladi”. Abdurauf Fitrat qizlar maktablarini ko‘paytirish, qizlarni ko‘proq maktablarga jalb etish, yoshlar ittifoqi bilan olib boriladigan ishlarni kuchaytirish, qisqa muddatli savod kurslari ochish, rus tili maktablarini ochish, mеhnat maktablarini isloh qilish masalalariga ham to‘xtalib o‘tadi. U xotin- qizlarni o‘qitish masalalariga alohida e'tibor bеradi. Jamiyatni nodonlikdan qutqarish uchun avvalo xotin-qizlarni ma'rifatli qilish kеrak dеb hisoblaydi. Shuning uchun 1923-yili 3 ta qizlar maktabi tashkil etadi. Jadidlardan yana biri Abdulhamid Cho‘lpon hatto qizlarni ham chеt ellarga yuborishni taklif qiladi: “O‘zbеkning erkin yigitlari emas, tutqun qizlari ham Ilminskiy vasiyatlariga qarshi isyon boshlasa, o‘zi uchun eng totli bo‘lgan elidan, ota-onasidan kеchib, minglab chaqirim yеrga kеtsalar, odam qatori 316 haqqini, turtki еmasdan, urilmasdan, so‘kulmasdan o‘z huquqini ortug‘i bilan qozona olamiz. Eski turmush o‘lim to‘shagida” 24 [138]. Jadid ma’rifatparvarlaridan biri Is’hoqxon Ibratning onasi Huribibi otinlik qiladi. Huribibi o‘z maktabida o‘quvchilarga darsni yod oldirish bilan cheklanmay qizlarga yozishni, husnixatni o‘rgatar edi. Is’hoqxon ham yoshligidan husnixatga qiziqdi va o‘zining bo‘sh vaqtlarini ana shu san’at sirlarini o‘rganishga bag‘ishladi. Shu muhitda o‘sgan Is’hoqxon xotin-qizlar ozodligi, ularning erkaklar bilan bir qatorda ilm olishlari, mehnat qilishlari uchun kurash olib boradi. 1919 yilda uning tashabbusi bilan Namanganda o‘zbek ayollari uchun birinchi marta yangi maktab ochildi va Is’hoqxonning taklifi bilan Husain Makayevning raviqasi Fotima Makayeva o‘zbek ayollariga dars bera boshladi. Is’hoqxon Ibrat ayollar, yoshlar o‘rtasida maktabning ahamiyati, ilm-fan yutuqlari haqida suhbatlar, ma’ruzalar uyushtirib turadi. Umuman olganda jadid ziyolilari xotin-qizlarning ma’naviy salohiyatini oshirish uchun, avvalo, maktab ta’limini yo‘lga qo‘yish, ularga ta’lim berishda diniy fanlar bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni o‘qitish, dunyo yangiliklaridan xabardor qilish uchun esa gazeta, jurnallar nashr ettirib, jahon mamlakatlaridagi xotin-qizlarning qanday yutuqlarga erishayotganini ko‘rsatib, ularni o‘z haq-huquqini talab qila oladigan, siyosiy erkinliklarga ega shaxs qilib tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydilar, zero, kelajak avlodning tarbiyasi birinchi navbatda shu xotin –qizlar qo‘lida edi. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling