Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


O‘qituvchi (keysolog)ning yechimi


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

5. O‘qituvchi (keysolog)ning yechimi 
 
Ilova 
Rus-tuzem maktablari dars jadvali 


299 
 
 
Tayanch so‘z va iboralar: Ta’lim siyosati, Jahon Otin 
Uvaysiy, Nodira, ta’lim-tarbiya, maktab-madrasa, otinoyi maktabi, 
qizlar ta’limi, ma’rifatparvarlik, jadidchilik, savodxonlik, odob.
 
10.1. Jahon Otin Uvaysiy va uning qizlar maktabi. Nodiraning tarbiyaga 
oid qarashlari. 
Qiz bolalar o‘z davrining o‘qimishli ayollari tomonidan uylarida ochilgan
ta’limda o‘qitilgan. Ayollarni o‘lkaning turli hududlarida “otinoyi”, “otinbibi”, 
“bibiotin”, “bibixalifa” deb ataganlar. Qizlar ta’limi o‘g‘il bolalar ta’limlariga 
nisbatan ancha kam bo‘lgan, ko‘p hollarda ta’limdorlarning, imomlarning 
xotinlari ta’limdorlik qilgan. O‘zbek xalqi – o‘tmishda eng ko‘p shoiralar 
yetishtirgan xalq, agar yozuvga o‘rgatilmaganida edi, podshohlar saroyiga 
mansub bo‘lgan Gulbadanbegim, Zebunisobegim, Nodirabegimlarni XIX 
asrning o‘zida Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, Muazzamxon, Muattarxon, 
Anbar otin, Qamarniso, Nozimaxon kabi o‘nlab mashhur shoiralar qayerdan 
yetishib chiqqan?! O‘rta Osiyoda faoliyat yuritgan qizlar ta’limining yirik 
namoyondalaridan biri – Jahon Otin Uvaysiydir. 
Jahon Otin Uvaysiy (XVIII asrning 80-yillarida tug‘ilib, 65 yoshlarida 
vafot etgan) Marg‘ilon shahar Childuxtaron mahallasida, Farg‘ona tumani, 
10-mavzu: XVII asrdan XX asrning 1-choragida Turkiston o‘lkasida 
ayollar ta’limi masalasining faollashishi va yoritilishining pedagogik 
sharoitlari
 
Jahon Otin Uvaysiy va uning qizlar maktabi. Nodiraning tarbiyaga oid qarashlari. 
Chor Rossiyasining ta’lim siyosatida qizlar ta’limi masalasi 
Turkiston ma’rifatparvarlik harakati g‘oyalarida ayollar ta’limi masalasining 
faollashtirilishi. Jadidchilik va ayollar ta’limi masalasining yoritilishi
5. Dunyoviy ta’limni qo‘llab-quvvatlashda ma’rifatparvar ayollar o‘rni 


300 
Arsun qishlog‘ida tug‘ilib yashagan. Uning otasi Qaynar devona yoki Devonai 
Qalandar deb yuritilgan. (Uning Ismini Siddiqbobo deb ataganlar). Onasining 
nomi esa Chinnibibi edi. Ularning Uvaysiydan katta Oxunjon hofiz degan o‘g‘li 
ham bor edi. Qaynar devona Kosondan kelib, Marg‘ilonda turg‘un bo‘lib qolgan. 
Dastlab Jahonbibi ota-onasi va akasining ko‘magida o‘z-o‘zicha 
mutolaaga beriladi. O‘zbek, tojik mumtozlari, ayniqsa Jomiy, Fuzuliy asarlarini 
sevib o‘qib, ulardan o‘rganadi. Uvaysiy taxallusi bilan she’rlar mashq qila 
boshlaydi. U aruz vaznini hamda u bilan bog‘langan muammo san’atini 
mukammal egallaydi.
Uning otinlik faoliyati ham ancha vaqtli boshlanadi U onasi Chinnibibi 
o‘qitadigan maktabda avval xalifalik qilgan, keyin o‘zi qizlarni o‘qitgan. 
1809-yilda Umarxon (1809-1822) xon bo‘ladi. U Marg‘ilon o‘rdasidagi 
butun xarami bilan poytaxt — Qo‘qonga ko‘chib keladi. Bu davrda ota-
onasining vafoti, ustiga eri o‘lib, ikki bolasi bilan beva qolgan Uvaysiy 
Marg‘ilonda yashardi, akasi Oxunjon hofizning yordami hamda muallimalikdan 
kelgan daromadi bilan tirikchilik qilar edi. Umarxon Uvaysiyni o‘rdaga 
muallima, sozanda, xonanda sifatida qabul qiladi. Uvaysiy o‘rdada yosh 
bolalarni va kanizaklarni o‘qitadi. Nodiraning ijodiy ishiga ko‘maklashadi.
Nodira Uvaysiyni o‘z himoyasiga oladi. Ikkala shoira egachi-singil 
tutinadilar. Nodira egachisiga Qo‘qondan hovli-joy in’om qiladi. Uvaysiy 
Qo‘qonda Nodiraning eng yaqin kishisi, suhbatdoshi, sirdoshi bo‘lib qoladi. 
Xalq orasida tobora uning obro‘yi, shuhrati ortadi, Nodira sayohatga qayerga 
borsa, Uvaysiyni ham o‘zi bilan birga olib boradi. Nodira bilan u Konibodom, 
Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent, Andijon, O‘sh va boshqa shaharlarda bo‘ladi. 
Buxoro amiri Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni talon-toroj qilib, Nodirani 
vahshiyona o‘ldirgandan keyin, Uvaysiy Marg‘ilondan butunlay ketib qoladi va 
umrining oxirgacha u Qo‘qonda yashaydi. 


301 
Uvaysiyning muallimlik faoliyatini o‘rganar ekanmiz, uning o‘qitish 
usullari haqida, o‘sha davrdagi qizlar maktabi, ularning mazmunida otinlarning 
o‘rni haqida muayyan ma’lumotga ham ega bo‘lamiz. 
XIX asrda davrning ilg‘or kishilari shoir va mutafakkirlari o‘z ma’rifiy 
qarashlari asosida ta’lim-tarbiyani rivojlantirganlar. O‘tmishdagi barcha sharq 
mutafakkir va shoirlari singari o‘zbek otinlarining ham pedagogika nazariyasiga 
oid asarlari yo‘q. Lekin ularning ko‘pchiligida nazm iqtidorli bo‘lganligi tufayli 
bizga meros qilib qoldirgan she’riy durdonalariga asoslangan holda ta’lim-
tarbiya to‘g‘risidagi qarashlari, xalqqa ma’rifiy tarqatish sohasidagi intilishlarini 
aniqlash mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, pedagogika ularning asarlariga singib 
ketgandir. Jahon Otin Uvaysiy ham ana shunday ma’rifatparvar o‘zbek 
ayollaridan biri edi.
U 1796-1797-yillarda onasi otinlik qilgan xususiy maktabda dastlab 
xalifalik va keyinchalik mustaqil ravishda otinlik qilgan Jahon otin o‘z 
maktabida ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos ilg‘or usullarni qo‘llashga harakat 
qilgan. 
XIX asr sharoitida maktab va madrasalarda faqat o‘g‘il bolalar tahsil olardi. 
Qiz bolalarga islom qoidalarini o‘rgatadigan va boshlang‘ich ta’lim beradigan 
maktablar – bu otinoyi maktablari edi. Bu maktablar asosan xususiy bo‘lib, 
otinlarning uylarida tashkil qilinardi. Bunday maktablar muayyan bir o‘quv 
rejasi va dasturiga ega emas edilar. O‘quvchilar ham sinflarga bo‘lib emas, balki 
bolalar o‘qitiladigan kitoblarni o‘zlashtirish darajasiga qarab guruhlarga bo‘lib 
o‘qitilardi. 
Domla yoki Otinoyi darsni berilgan vazifani o‘qitib ko‘rish va yangi 
topshiriq berishdan boshlar edi. Bu maktablarda umumiy o‘quv reja, darslik va
o‘quv metodikasi bo‘lmas edi. 
Katta yoshli o‘quvchilardan biri otin oyiga yordamchi qilib saylanar va 
«xalfa» deb yuritilardi. Maktabdagi asosiy o‘quv fani (shariat va iymon) Islom 
qoidalari to‘plami edi. Otin oyining ish haqi sifatida bolalarning ota-onalari 


302 
tomonidan berilgan oziq-ovqat mahsulotlari hamda kiyimliklar va ba’zan pul 
to‘lanar edi. Bundan tashqari, ota-onalar «buyra puli», «o‘tin puli» ham berib 
turishar edi. 
Otinoyi maktabida o‘qitishning sifati otinoyining bilim darajasiga bog‘liq 
bo‘lardi. Chunki, qizlar uchun mutlaqo notanish bo‘lgan arab grafikasida o‘qitish 
va yozishga o‘rgatish nihoyatda qiyin sharoitda kechadi, maktablarni 
bitiruvchilar orasida ko‘plab oqila va bilimdon qizlar yetishib chiqqanligi haqida 
tarixda misollar ko‘p. 
Jahon Otin Uvaysiy o‘zining butun faoliyati davomida xalqimiz orzu 
umidlarini ro‘yobga chiqarishga harakat qilib, oqila qizlarni tarbiyalash, go‘zal 
hayotga erishishning birdan bir yo‘li deb hisobladi va o‘zining butun umrini 
yosh qizlarga ta’lim va tarbiya berishga bag‘ishladi.
Uvaysiydan 4 ta devon qolgan. Uvaysiyning o‘z qo‘li bilan ko‘chirgan 
devonlaridan ikkitasi yoshlik chog‘ida yo‘qolgan. Qolgan ikkitasi Andijonlik 
lo‘li xotin olib ketib yo‘qotgan. Ulardan ko‘chirilgan uch nusxa qo‘lyozma 
devon Andijon Davlat pedagogika instituti kutubxonasida saqlanmoqda.
Uvaysiy o‘z asarlari va pedagogik faoliyatida aqliy tarbiyaga katta e’tibor 
qaratdi. Otinoyi maktabida qizlarni bilimli, savodli, madaniyatli qilib 
yetishtirishga harakat qildi.
U o‘z asarlarida xalqning ongi, tili, dilida yod bo‘lib ketgan hikmatli 
so‘zlar, maqollar, iboralardan keng foydalandiki, bu esa ularning tarbiyaviy 
ahamiyatini yanada oshirdi.
Jahon otin Uvaysiy o‘z darslarida qizlarning zеhnini tarbiyalashda 
quyidagi chiston, muammo, muvashshaxlardan foydalangan (chiston-topishmoq, 
muammo-shе'rda kishi noma, sana va shu kabilar yashiringan janr, misralar 
boshidagi harflarni to‘plaganda kishi nomi chiqadigan shе'r-muvashshaq): 
Ul na qush ko‘rinmaskim, shafaq bolu pari, 
Misli ul raf-raf suvoru bilsangiz, yo‘tur tani. 


303 
Voqif erur kеcha-kunduz xizmatida to‘rt tani, 
Qon ilan ermish murassa bul chiyiston maskani. 
(qalb, to‘rt g‘ulom-ko‘z, og‘iz, quloq, burun) 
Jahon otin Uvaysiy o‘zbek pedagogikasi maktablari tarixida o‘z o‘rniga ega 
bo‘lgan buyuk shaxs. 
U o‘zining maktabdorlik va ijodiy faoliyati bilan yoshlar ta’limida yuksak 
o‘ringa ega. Uvaysiyning ma’rifiy faoliyatida uning ayollar savodxonligini 
oshirish, aqliy tarbiya, musiqa san’ati, qobiliyatli qizlar bilan ish usullari alohida 
o‘ringga ega. U o‘z davrining yosh tolibalariga hayotga muhabbat tuyg‘ularini 
singdirib borgan, tez fikrlash, chiroyli so‘zlash va boshqa tarbiyalash vositalari 
bilan bog‘liq bo‘lgan chiston topishmoq usullarini yaratishni o‘rgatgan. Shuning 
uchun ham Uvaysiy ijodiy merosini o‘rganish va uni hozirgi davr maktablari 
ta’lim - tarbiya tizimi mazmuniga kiritish muhimdir.

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling