359
- ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
- ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki,
masofaviy);
- dual ta’lim;
- oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
- katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
- inklyuziv ta’lim;
- eksternat tartibidagi ta’lim;
- mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar
tayyorlash.
12.3. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo‘nalishlari
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda pedagogik
fikrlar mazmuni bilan
tanishish, ularda ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish
asosida ularning
quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanganligiga guvoh bo‘lish mumkin:
I. Pedagogika fani metodologik g‘oyalarining takomillashuvi.
1. Totalitar tuzum davrida o‘rganilishi man
etilgan milliy-pedagogik
qarashlarning o‘rganilishi va pedagogika faniga olib kirilishi.
2. Ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda yetakchi o‘rin
tutuvchi g‘oyalarning pedagogik qarashlarda o‘z ifodasini topishi.
II.Pedagogik bilimlar ijtimoiy-g‘oyaviy asoslarining boyishi.
1. Ta’lim mazmunida milliy istiqlol g‘oyasi
va mafkurasi asoslari,
insonparvarlik va demokratik qarashlarning aks etishi.
2. Milliy-madaniy meros namunalaridan foydalanish, milliy va umuminsoniy
qadriyatlar uyg‘unligiga erishish orqali yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash.
Shaxsni ijtimoiylashtirish.
1. Erkin, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, ijtimoiy faol shaxni shakllantirish.
2. Shaxsda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish.
3. Yosh avlodda ijtimoiy voqeilikka ongli munosabatni qaror toptirish.
Do'stlaringiz bilan baham: