Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

 
 


366 
12.5. O‘zbekiston Respublikasi rivojining yangi bosqichida ta’lim-
tarbiya islohotlari. Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari 
O‘zbekiston Respublikasi rivojining yangi bosqichida ta’lim-tarbiya 
islohotlari yanada keng avj oldi. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ijobiy 
tomonga o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Shu o‘rinda Prezidentimiz Sh. M. 
Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini ta’kidlashimiz o‘rinlidir. “Yoshlarimiz haqli
ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir 
bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib 
borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Farzandlarimiz uchun 
zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini 
ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi 
taqazo etmoqda. Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, 
qat’iyat bilan davom ettiramiz, balki bu siyosatni ustuvor vazifamiz sifatida 
bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning 
mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, 
dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan 
insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va 
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini barpo etamiz”
38
.
Prezidentimizning “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-
tarbiya vа ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-уil 
6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni, “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risida 2022-yil 28-yanvardagi PF-
60-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 202l-yil 
6-sentabrdagi 
“Та'lim 
jarayonini 
boshqarishda 
zamonaviy 
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi 284-sonli buyrug‘i va 
shu kabi ko‘plab hujjatlarda ta’lim-tarbiya sohasidagi bugungi islohotlar 
mazmunini ko‘rishimiz mumkin.
38
Mirziyoyev Sh.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz (Shavkat Mirziyoyevning 
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisdagi nutqi) 
Toshkent, ”O’zbekiston” nashriyoti, 2017, 13-14-bet. 


367 
Prezident Shavkat Mirziyoyev taqdim etgan Yangi Oʻzbekistonning 2022–
2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida 2017-yil fevralida 
Prezidentimizning Farmoni bilan tasdiqlanib, 5 yil davomida hayotga izchil 
tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar, xususan, 
asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham keltirilgan. Harakatlar strategiyasini 
ijro etish uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan 
ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan.
2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining 
beshta ustuvor yo‘nalishi belgilangan edi: 
 Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirilishga 
 Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish 
 Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish 
 Ijtimoiy sohani rivojlantirish 
 Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur 
o‘ylangan , o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi siyosat yuritish quyidagi har 
bir yo‘nalish vatanimiz taraqqiyotining rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat 
qilmoqda.
Strategiyada belgilangan yo‘nalishning 4-ustuvor yo‘nalishida ta’lim va 
fan sohasini rivojlantirishga kata e’tibor qaratilgan edi. 

Uzluksiz ta’limni yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli 
ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy 
ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash. 

Ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash, 
ularni zamonaviy o‘quv labaratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va
o‘quv metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish 
orqali ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan anniq 
maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish. 


368 

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, bolalarning har 
tomonlama intelektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ushbu 
muassasalaridagi shart sharoitlarni tubdan yaxshilash. 

Umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika 
hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab 
yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish. 

Bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa 
hamda san’atga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini , 
bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini konstruktsiya 
qilish. 

Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish 
beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxxassisliklar bo‘yicha 
tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish. 

Ta’lim va o‘quv sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish 
asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati va samaradorligini 
oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma - bosqich 
ko‘paytirish. 

Ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va 
innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini 
yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari huzurida 
ixtisoslashtirilgan ilmiy eksprementall labaratoriyalar, yuqori texnologiya 
markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
Harakatlar strategiyasi yakuniga kelib, Yangi Oʻzbekiston poydevorining 
huquqiy asoslari yaratildi. 
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi Oʻzbekistonning 
poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik 
jarayoni 2026-yilgacha boʻlgan davrni qamrab oladi va yilma-yil amalga oshirib 
boriladi. 


369 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “Biz islohotlarimiz ko‘lami va 
samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va 
hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga 
tayanamiz”-, deydi. Prezidentimiz fikriga ko‘ra biz o‘z oldimizga 
mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ 
maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn 
Sinolar, Mirzo Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va 
sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, 
sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy 
ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib, xizmat qilishi lozim. Ushbu 
maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari 
uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz 
uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning 
asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.
Shuning uchun mamlakatimiz rahbari “Yangi O‘zbekiston maktab 
ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng 
ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga e’tibor qaratdi. Bunda birinchidan, yosh 
avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo‘lga 
qo‘yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar insonlar bo‘lib 
ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etishni, ikkinchidan, 
yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar 
asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar 
etib voyaga yetkazish, uchinchidan, o‘g‘il-qizlarimizni mehnat bozorida talab 
yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularda tadbirkorlik 
ko‘nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini 
ro‘yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta’minlash masalalari asosiy vazifalardan 
qilib belgilandi. Bunga ko‘ra, bola tug‘ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo‘lgan 
davrda uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin 


370 
topishi uchun ko‘mak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratilishi ko‘zda 
tutildi.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol 
yetib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n, yuz barobar 
ko‘p foyda keltiradi. Prezidentimiz fuikrlariga ko‘ra agar katta avlodning bilimi 
va tajribasini, uzoqni ko‘ra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi g‘ayrat-shijoat, 
mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, ko‘zlagan marralarga albatta yetamiz. 
Yangi O‘zbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan 
birgalikda barpo etamiz.
Davlatimiz tomonidan olib borilgan ta’lim-tarbiya tizimidagi islohatlar 
natijasida Respublikamizda 2021-yilida:
- Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsad – 
ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar, bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim 
yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratildi. 
Yil yakuni bilan maktabgacha ta’lim qamrovi 65 foizga yetkazildi. Bu 
ishlarga byudjetdan 600 milliard so‘m subsidiya berish hisobidan qo‘shimcha 2 
mingta nodavlat bog‘cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkazildi. 
Shuningdek, 2021 yilda maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan 560 
ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 foizi qamrab olindi. 
Uzoq qishloqlarda maktabgacha ta’limning muqobil shakllari yanada 
kengaytirildi. Bunda YUNISEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda 
imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modeli 
ham yo‘lga qo‘yildi. 
- Maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, 
muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom ettirildi. 
2021-yil 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni ta’mirlash va moddiy-
texnik bazasini yaxshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion so‘m ajratildi. 
Sohada yagona “elektron ta’lim” tizimini joriy etishga 2021 va 2022 yilda 
250 milliard so‘m yo‘naltirildi. 


371 
Ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o‘quv dasturlari, 
o‘qituvchi va domlalar uchun metodik qo‘llanmalar ilg‘or xalqaro dasturlarga 
moslashtirildi. 
Bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun 
ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish ishlari olib borildi. 
O‘quv yilida boshlang‘ich sinflarda davlat ta’lim standarti o‘rniga, ilg‘or 
xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy o‘quv 
dasturi” joriy etiladi. 
Umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda 
ham yuqori bo‘lishi shartligi va buning uchun chekka hududlarda maktablarni 
malakali kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha alohida 
dastur amalga oshirildi. 
Jumladan, boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan 
o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa – 100 foiz ustama 
haq to‘landi. Shuningdek, hududlarda xususiy maktablar faoliyatini 
rag‘batlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratildi. Yoshlarning iqtidori va 
salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan uzluksiz tizim yaratiladi. Yurtimizda 
14 
ta 
Prezident 
maktabi, 
kimyo-biologiya, 
matematika, 
axborot 
texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab o‘z faoliyatini boshladi. 
Iqtidorli o‘g‘il-qizlarimizning yuqori texnologiyalar va zamonaviy 
bilimlarni chuqur o‘zlashtirishiga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh 
milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida 
alohida universitet tashkil etish va ushbu oliygohda chet eldagi yetakchi olimlar 
va professor-o‘qituvchilar jalb qilinishi, yoshlarga eng zamonaviy dasturlar 
asosida ta’lim-tarbiya berilishi ishlari olib borildi. 
Bolalarning mehnat ko‘nikmalarini maktab davridan boshlab shakllantirib 
borish maqsadida “kasbga o‘rgatish tizimi” joriy etildi. Yana bir masala – 
pedagoglar 
malakasini 
oshirish, 
ularning 
mashaqqatli 
mehnatini 
rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Muallimlar “hayot davomida o‘qish” 


372 
tamoyili asosida, o‘z malakasini uzluksiz oshirib borishi yo‘lga qo‘yildi. 
Shuningdek, o‘qituvchilarning o‘z fanini bilishi, pedagogik mahorati va 
psixologik tayyorgarligidan kelib chiqib, toifa berish mezonlari ham qayta ko‘rib 
chiqildi. Jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li kasb bo‘lishi va 
muallimlar bolalarga sifatli ta’lim berishi va o‘z ustida ishlashidan boshqa narsa 
haqida o‘ylamasligi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratib berishda zarur 
choralar amalaga oshirildi. Shu bois, o‘qituvchi, murabbiy va metodistlar 
mehnatiga munosib haq to‘lash bo‘yicha boshlangan ishlari davom ettirildi. 
Buning uchun xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalariga 
330 milliard so‘m yo‘naltirildi. 
Shu bilan birga, 240 mingdan ziyod maktab o‘qituvchilariga sinf rahbarligi 
uchun ustama to‘lovlar 1,5 barobarga oshirilib, byudjetdan 400 milliard so‘m 
qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. 

Oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor 
qaratiladi. Oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 foizga oshirildi. 
Oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun 
grantlar soni 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazildi. 
A’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus 
stipendiyalar joriy etildi. Oliygohlar va ta’lim tizimining quyi bo‘g‘inlari 
o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o‘quv 
yurtlari tasarrufiga o‘tkazildi. Shuningdek, 187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi 
bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirildi. 
Nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan 
aloqalarni kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni 
yanada kengaytirish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi 
xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga 
yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshirildi. Bu dastur orqali ilk bor 
bakalavr yo‘nalishida chet ellarga 100 nafar o‘g‘il-qizlar yuborildi. Keyingi 
yillardan ularning soni 2-3 barobarga ko‘paytirish rejasi bor. Yurtimizdagi 30 ta 


373 
yetakchi oliygohga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy 
masalalarni mustaqil hal qilish huquqi berildi. 

Mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm-fan va 
innovatsiyalardir. 
Ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni 4,5 
mingtaga yetkazildi va 2017-yilga nisbatan 3 barobarga oshirildi. Ushbu 
maqsadlar uchun byudjetdan qo‘shimcha 240 milliard so‘m ajratildi. 
Ilg‘or xalqaro amaliyot asosida, dotsent va professor ilmiy unvonlari, 
falsafa va fan doktori ilmiy darajalarini berish vakolati o‘z yo‘nalishi bo‘yicha 
nufuzli bo‘lgan oliygohlarning ilmiy kengashlariga o‘tkazildi. 
Matematika, kimyo-biologiya va geologiya fanlarini ta’lim va ilmning 
ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, ularni kompleks rivojlantirish choralari 
ko‘rildi. Jumladan, 98 ta ixtisoslashgan maktab hamda Geologiya fanlari 
universiteti tashkil etildi. O‘quv dasturlari tubdan qayta ko‘rib chiqildi, 
o‘qituvchilarning ish haqi oshirildi. 
2022-yilda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ushbu fanlarni o‘qitish sifatini 
tubdan oshirish, ixtisoslashgan maktablar ochish, malakali pedagoglarni jalb 
etish kabi tizimli ishlar amalga oshirilishi; Fizika bo‘yicha Ahmad Farg‘oniy 
nomidagi xalqaro fan olimpiadasi tashkil etilishi; Fizika yo‘nalishida ilmiy 
izlanishlar ko‘lami va sifatini oshirish, yosh olimlarga zarur shart-sharoitlarni 
yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi bo‘yicha ustuvor 
ilm-fan yo‘nalishlari belgilab olindi. 

Yoshlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash masalasi e’tibor markazida bo‘ldi. Professional ta’lim tizimi mehnat 
bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida 
isloh qilindi. Bundan buyon ishchi kasblar bo‘yicha talab qo‘yishda malaka 
asosiy o‘ringa chiqdi. Yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta’minlash uchun 100 
million dollar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Yoshlarning biznes 


374 
loyihalarini kreditlash hamda ularni kasb-hunarga o‘qitish uchun 1 trillion so‘m 
va 50 million dollar ajratildi. 

Ehtiyojmand oilalarning farzandlari, chin yetim, nogironligi bo‘lgan 
va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘yicha 
yangi tizim joriy etildi. Respublikamizda alohida e’tiborga muhtoj 18 yoshgacha 
bo‘lgan 150 ming nafar farzandlarning ta’lim olishi, aniq bir kasbni egallashi 
uchun ko‘maklashish, og‘ir kasallikka chalinganlarni davolash, chin etimlarga 
hayotda o‘z o‘rnini topishga yordam berish, uy-joy bilan ta’minlash ishlari olib 
borildi. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling