Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Maktablardagi intizomiy jazo: Bu maktablarda ham boshqa diniy 
maktablardagi kabi, kaltaklash, tan jazolari "tarbiya"ning "sinalgan" usuli 
hisoblangan. Atoqli tojik yozuuvchisi Sadriddin Ayniy "Eski maktab" nomli 
asarida o‘sha zamondagi maktablarda hukm surgan vahshiyona odatlarni ta'sirli 
qilib tasvirlab bergan. Bunda bolalarni qiynoqqa solishning dahshatli 
ko‘rinishlari bayon qilingan. Domla o‘quvchilarning "gunohkorligi" uchun ularni 
jazolar ekan, qo‘llarini qayirib, shikast yetkazgan, tovonlarini tilib, yaralariga tuz 
sepgan. Bunday qabih ta’lim-tarbiya tizimi hokim sinflarning ijtimoiy talabiga 
mos kelardi, chunki o‘sha davrda maktabning asosiy vazifasi bolalar va yoshlarni 
dinga sabr-toqat bilan, ko‘r-ko‘rona itoat qilishga odatlantirishdan, yosh avlodni 
boylar, ruhoniylar va hokimlarning itoatkor malaylari qilib yetishtirishdan iborat 
bo‘lgan. Maktablarda berilgan bilimlar shunchalik arzimas va shunchalik 
turmushdan uzoq bo‘lganki, o‘quvchilarning ko‘pchiligi maktabni bitirib 
chiqqandan so‘ng sal vaqt o‘tar-o‘tmas yana savodsiz bo‘lib qolaverar edilar. 
Maktab ta’lim tizimidagi ayrim jihatlar:

Faqatgina alifboni o‘rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida undan ham 
ko‘p vaqt sarflanar edi.

O‘quvchilar dastlabki o‘qish ko‘nikmalarini egallaganlaridan so‘ng 
«Haftiyak»ni (forscha “Qur’onning yettidan bir qismi”) o‘qishni 
boshlaganlar 

“Chor -kitob”( to‘rt kitob) o‘qitilgan. Kitobv fors, tojik tilida yozilgan bo‘lib, 
1-qismi diniy marosimlar haqida (tahorat olish, namoz o‘qish , ro‘za tutish
va boshqalar) she’riy usulda bayon etilgan, 2-qism shuni davomi izohli 
shakilda berilgan, 3-qismi “Musulmonlarning muhim masalalari”ga 
bag‘ishlangan va 4-qism “Pandnoma”tarzida berilgan. 


62 

Madrasa odatda ikki bo‘limdan, ya’ni quyi ( ibodat al- islam) va yuqori 
(mas’ola) bo‘limlardan iborat bo‘lgan lekin bub o‘limlar joylarda turlicha 
nomlangan, masalan, Buxoroda quyi bo‘lim ( mushkulot) deb nomlangan. 

Keyinchalik bunyod etilgan maqomi jihatidan mazkur maktablar oliy o‘quv 
yurtlariga tenglashtirilgan. 

Bularda ta’lim shariat qoidalariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib ushbu 
o‘quv maskanlarida Islom ta’limoti xususida ma’lumotlar beruvchi ilohiyot 
fanlari bilan bir qatorda dunyoviy fanlar asoslari ham o‘qitilgan

Maschitlar qoshida faoliyat yuritgan maktablarda imomlar, madrasalarda esa 
mudarrislar yoshlarga ta’lim tarbiya berish ishi bilan shug‘ullanganlar. 

Bolalar dastlabki saboqni harflari o‘qishdan boshlaganlar, bu usulda har bola 
alifbe tartibida harfning nomini bilib olishi (alif, be, te, se, va h.) so‘ngra shu 
harflarni qo‘shib o‘qilishlarini mashq qilar edi. 

Yozuv alohida fan sifatida ajratilib kotiblik kasbiga o‘qitilayotganlargagina 
o‘rgatilar edi.

Qur’onni o‘rganish majburiy edi va uni yod bilgan kishi qori deb atalardi. 

O‘qimishli kishilar o‘z xonadonlarida asta-sekin maktab ocha boshlaydilar

Maktabdor domlalar husnixat, og‘zaki hisobni va arifmetikani ham 
o‘rgatganlar

Fors, tojik , turkiy kitoblarni, qo‘lyozmalarni ham o‘qitganlar

Maktablarda faqat o‘gil bolalar o‘qitilgan, qizlar esa faqat otinoyilar uylarida 
o‘qishni o‘rganganlar. 

X asr boshlarida madrasalar ham paydo bo‘la boshladi. 
Madrasa so‘zi dars o‘qitiladigan joy, Ma‘ruza tinglaydigan joy 
ma‘nosini anglatadi. Ma‘lumki, madrasalarda musulmon diniy oqimlari
arab tili grammatikasi va qoidachilik, ilohiyot, mantiq, notiqlik mahorati, 
kalom o‘rgatilgan. Madrasalarda astronomiya, matematika, geografiya, kimyo 
kabi dunyoviy fanlar asta- sekin o‘qitila boshlandi. Madrasalarda 15-20, 30-40 


63 
va 100-150 tacha talaba o‘qigan. Madrasani bitirib chiqqanlar imom-xatib, 
qozixonalar va boshqa ma’muriy ishlarda ish olib borganlar. 
Bugungi kunda ham mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak 
ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar 
izchil davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining 
dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, 
zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak 
ma'naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini 
takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyev Miromonovich maktab ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va dolzarb vazifalar haqida 
fikr yuritar ekan, ulug‘ ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning 
“Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir” degan fikrining mohiyatiga 
to‘xtaladilar.
Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik 
maktab ta’limi tizimi tiklandi. So‘nggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumta’lim 
maktabi yangidan qurildi.
Ulug‘ allomalarimiz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy 
nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin 
Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Is’hoqxon Ibrat, Muhammad 
Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, 
“Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi 
va zamonaviy namunadagi ta’lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari 
uchun ta’lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling