Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haftiyak", "Chorkitob
3.2. Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni.
Arab istilochilarining Movarounnahrdagi g‘alabasidan so‘ng barcha mustamlaka mamlakatlar qatori u yerda ham Islom dinning asoslari xususida ma'lumot beruvchi muqaddas kitob – “Qur’on” nozil bo‘lgan til - arab tilini o‘rganish joriy etildi. Diniy ulamolarning maxsus ko‘rsatmalariga muvofiq muqaddas kitobni boshqa tillarga tarjima qilish ta'qiqlandi. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar nomi bilan bog‘langan islom dini ta’limoti, dastlabki vaqtlarda yod olingan va og‘zaki tarzda aytib yurilgan. Keyinchalik yod olganlar safi kamayib borgandan keyin uni ko‘chirib yozadigan kotiblar tayyorlash uchun maktablar ochish lozim bo‘lib qoldi. "maktab" - ya'ni yozish o‘rgatiladigan joy degan arabcha so‘zning ma'nosi ham shundan kelib chiqqan. Maktab arabcha so‘zma-so‘z “ular yozadigan joy” deb tarjima qilinadi. Bu turli tillarda turlicha eshitiladi: mekteb, maktab, maktap va boshqalar. Maktablar kuttab (arabcha maktab) deb ham nomlanadi. Arab dunyosida maktab faqat boshlang‘ich maktab degan ma’noni anglatishiga qaramay, fors tillarida bu so‘z boshlang‘ich va o‘rta maktab degan ma’noni anglatadi. Qomusiy olim Ibn Sino ham ushbu atamani ishlatgan. Qur’onni ko‘chirib yozish savobli ish deb e'lon qilinadi. Xatiblar bittadan Qur’on ko‘tarib olib, uni qiroat bilan o‘qib boradigan bo‘ldilar. Shu bois musulmon maktablarida asosiy manbaning tili hamda fan sifatida arab tilining o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. Mavjud fanlarning asoslari arab tilida o‘rganila boshlandi. Arab xalifaligi tasarrufiga olingan barcha mamlakatlarda masjidlar qoshida maxsus maktablar tashkil etildi. Biroq o‘g‘il bolalargina mazkur maktablarda savod o‘rganish huquqiga ega bo‘ldilar. Maktablar, shuningdek, keyinchalik bunyod etilgan va maqomi jihatidan hozirgi oliy o‘quv yurtlariga teng bo‘lgan madrasalarda ta’lim va tarbiya ishlari shariat qoidalariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu o‘quv maskanlarida Islom ta’limoti xususida ma'lumotlar beruvchi ilohiyot fanlari bilan bir qatorda 60 dunyoviy fanlarning asoslari ham o‘qitilgan. Machitlar qoshida faoliyat yuritgan maktablarda imomlar, madrasalarda esa mudarrislar yoshlarga ta’lim va tarbiya berish ishi bilan shug‘ullanganlar. Bolalarga dastlabki saboq harflari o‘qishdan boshlangan, bu usulda har bir bola alifbe tartibida harfning nomini bilib olishi (alif, be, te, se, va h.), so‘ngra shu harflarni qo‘shib o‘qishni mashq qilar edi. Ana shu mashq oxiriga yetgandan so‘ng, bolalar qo‘llariga “Qur’on” berilgan va domla rahbarligida “Qur’on”ning har bir surasi takrorlanib o‘rganilar edi. Lekin “Qur’on”ni o‘qish bolalar uchun juda og‘ir edi. Chunki, maktablarda faqat og‘zaki mashq usuliga — “Savod” chiqarilishiga o‘tgach, savod chiqarish yanada qiyinlashdi. Yozuv alohida “fan” sifatida ajratilib, kotiblik kasbiga o‘qiyotganlargagina yozuv o‘rgatilar edi. Shunga qaramay, maktablarga deyarlik hamma bolalar tortiladi va “Qur’on”ni o‘rganish majbur qilinib, arab bo‘lmagan bolalar uchun uni yodlash har qancha og‘ir bo‘lsa ham, Movarounnahr maktablarida “Qur’on”ning bu usuli qabul qilinadi va to‘g‘ri deb topilgan. Bu usul keyinchalik bolalarning madrasada o‘qitish uchun ham kerak edi. Asta-sekin ota-onalar bolalarni 6-7, hatto 5 yoshidan maktabga bera boshlaydilar. “Qur’on”ni yod bilgan kishi qori deb atalardi. Qorilar katta hurmatga sazovor edilar. Asta-sekin o‘qimishli kishilar, ya'ni domla alohida ajralib, ular o‘z xonadonlarida ham maktab ochadi. Talabalar maktabdor domlalar maktabida husnixat, og‘zaki hisobni ham o‘rganar, asta-sekin fors-tojik tilida va turkiy tildagi kitoblarni, qo‘lyozmalarni ham o‘qitilar, o‘rgatilar edi. Bolalar husnixat va arifmetika bilan yana xususiy muallimda shug‘ullanar edilar. Maktablarda o‘quv-tarbiya ishlari juda sodda usulda o‘qitilgan. Arab alifbosini o‘rganganlaridan keyin bolalarga Qur’ondan parchalar o‘qitila boshlangan. O‘quvchilar o‘zlari o‘qib chiqqan arabcha matnning ma'nosini 61 tushunmaganliklari uchun ular Qur’ondan olingan parchalarni shu maqsadga maxsus moslashtirilgan kitoblar: "Haftiyak", "Chorkitob" bo‘yicha yodlab olar edilar. Bunday o‘qishga ikki-uch yil vaqt ketardi. Maktablarda bolalani o‘qitish shu bilan tugardi. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling