Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti magistratura
Pedagogik tajribada o‘quv-mashg‘ulot yo‘nalishlarini amalga oshirishning usul va vositalari
Download 101.32 Kb.
|
Muxammadali123
3.4. Pedagogik tajribada o‘quv-mashg‘ulot yo‘nalishlarini amalga oshirishning usul va vositalari
Tajribadan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun biz quyidagi vazifalarni bajardik: 1) yosh kurashchilar shaxsiga ta’sir ko‘rsatishning tashkiliy tadbirlar va psixologik-pedagogik usullar majmuini ishlab chiqdik; 2) dasturni amalga oshirish jarayonida sport mashg‘ulotlariga barqaror qiziqishni shakllantirish va saqlab qolishga alohida e’tibor qaratdik; 3) jismoniy tarbiyani targ‘ib qilish va sportning organizmga hamda shaxsiy sifatlarga ta’siri to‘g‘risidagi bilimlarni oshirish bo‘yicha o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan muntazam ravishda ma’rifiy ishlarni olib bordik. Har haftada, hafta oxirida umumjismoniy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha nazorat topshiriqlari berilib, butun guruhning, xususan, har bir o‘quvchining muvaffaqiyatlari baholab borildi. Bir vaqtning o‘zida eng mehnatsevar va eng dangasa o‘quvchiga ko‘chma «sovrin»lar topshirilar edi. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchi o‘zining harakat va muvaffaqiyatlari murabbiy uchun, har bir bolaning yutuqlari guruh uchun ahamiyatga ega ekanligini bilishi kerak va bu juda muhim ekan. Bolalarning o‘zlari keyingi haftaga topshiriqlar (maqsadlar) belgilab, kundalikda erishilgan natijalarning ko‘rsatkichlarini yozib borar, o‘z muvaffaqiyatlari yoki, aksincha «mag‘lubiyatlari» sabablarini tahlil etardilar. Murabbiy faoliyatida yosh kurashchilarda sportchiga xos fe’l-atvorni tarbiyalash, yuksak ma’naviy tamoyillarni shakllantirish juda muhim. Rasmiy hujjatlarning dalolat berishicha, BO‘SM faoliyatining asosiy vazifalaridan biri yosh sportchi shaxsini shakllantirishdan iborat. Sportchi shaxsini shakllantirishning o‘zi umumiy maqsadga: uyg‘un rivojlangan insonni, ma’nan boy, axloqan pok hamda jismonan mukammal bo‘lgan faol va ongli shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi. Sport faoliyati yuksak tarbiyaviy imkoniyatlarga ega. U oddiydan eng murakkabgacha xilma-xil hayotiy vaziyatlarni modellashtiradi va deyarli har qanday tarbiyaviy vazifalarni hal etish imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. Yosh kurashchini uzoq muddatli, faol va shiddatli mehnatga tayyorlash, eng avvalo, unda harakat faoliyatiga bo‘lgan ehtiyojni rag‘batlantirish hamda taraqqiy ettirish, ularni yana ham samaraliroq yuzaga chiqarish uchun bilimlarni egallashga asoslanadi. Ishimizda biz shuni hisobga oldikki, yosh sportchini tarbiyalash ko‘p jihatdan murabbiyning tashqi madaniyatiga, uning mashg‘ulotlarni o‘tkazish shaklidan boshlab, ularni aniq tashkil etishi, ishchan, talabchanligi, foydali va qiziqarli mashg‘ulotlar uchun zarur sharoitlarni yarata olish qobiliyatigacha shularning barchasiga bog‘liq. Bunda eng muhim omillardan biri murabbiyning tashqi qiyofasi va vaziyatning estetikasi. Biz murabbiy va yosh sportchi orasidagi o‘zaro munosabatlarning shakllanish xususiyatiga ham alohida e’tibor berdik. Munosabatlar uslubi o‘quvchiga nisbatan to‘la hurmat asosiga quriladi, pedagogning so‘zlash ohangi xayrixoh, xotirjam, u o‘ziga yangi-yangi ibora va baqirish-jerkishlarni ep ko‘rmaydi. Muloyimlik va xushmuomalalik, shuningdek, o‘z ishiga sadoqat hamda yuksak intizomning shaxsiy namunasi bularning hammasi maqsad qilib qo‘yilgan tarbiya vazifalarini hal etishning zarur poydevorini yaratdi. Download 101.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling