Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish


Soya o’simligining barglar soniga mineral o’g’itlar va rizotorfin pereparatini


Download 2.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/45
Sana10.10.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1696837
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Bog'liq
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023

Soya o’simligining barglar soniga mineral o’g’itlar va rizotorfin pereparatini 
ta’siri. 
1-rasm 
Tadqiqotlarimizga ko’ra, soya o’simligining gullash fazasida bir tub 
o’simliklardagi barglar soni gektariga azotli o’g’itlar 40 kg,fosforli o’g’itlar 90 kg, 
kaliyli o’g’itlar 60 kg, qo’llanilgan 3-variantda azotli o’g’it qo’llanilmagan 2-
variantga nisbatan 2,2 dona ko’p bo’ldi. azotli o’g’itlar 40 kg,fosforli o’g’itlar 90 
kg, kaliyli o’g’itlar 60 kg hamda Rizovit pereparati 200 gr qo’llanilgan 5-variantda 


66 
esa 2-variantga nisbatan 4 donaga, mineral o’g’itlar to’liqligicha qo’llanilib Rizovit 
pereperati qo’llanilmagan 3-variantga nisbatan 0.6 donaga ko’p bo’ldi. 
O’rganilgan barcha variantlarda pishish fazasiga kelib barglar soni kamaydi. 
Bu holatni vegitatsiya ohiriga kelib barglarni to’kilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalariga ko’ra, mineral o’g’itlar va Rizovit pereparati soya 
o’simligining barglar soniga ijobiy ta’sir etar ekan. Soya o’simligida yuqori 
miqdordagi barglar soniga gektariga azotli o’g’itlar 40 kg, fosforli o’g’itlar 60 kg, 
kaliyli o’g’itlar 90 kilogram hamda Rizovit pereparati 200 gr qo’llanilganda 
erishildi. 
4.2-§. Azotli o’g’itlar me’yori va biologik preparatni soyaning hosil 
strukturasiga ta’siri 
Soyaning hosil struktura ko‘rsatgichlariga, xususan bir tup o‘simlikdagi 
dukkaklar soni, 1 dona dukkakdagi donlar soni, bir tup o‘simlikdagi donlar massasi 
va 1000 dona don massasi kiritildi. 
Bir tup o‘simlikdagi dukkaklar soni Rizovit biologik preparati qo‘llangan 
variantda o’g’it qo’llanilmagan nazorat va mineral o’g’itlarni o’zi aohida 
qo’llanilgan variantga nisbatan sezilarli darajada ko‘p bo‘lishi kuzatildi. Masalan, 
o’g’it qo’llanilmagan nazorat variantida bir tup o’simlikdagi dukkaklar soni (2022-
2023 y.y) mos ravishda 21,6- 20,8 dona, Fosforli va kaliyli o’g’itlarni (P90K60-
fon) o’zi alohida qo’llanilgan ikkinchi variantda 25,8-26,5 dona, mineral o’g’itlarni 
o’zi alohida qo’llanilgan (N40P90K60) variantda 26,5-28,2 donani tashkil etdi. 
Shu ikkala fonda Rizovit preparatini 200 g/ga qo’llanilgan (4-5) variantlarda esa 
mos ravishda 27,9 va 27,4 hamda 28,4 va 28,2 donani tashkil etdi.
Bir dukkakdagi don soni o’g’it qo’llanilmagan nazorat variantida yillar 
bo’yicha variantlar o’rtasida eng minimal darajada bo’ldi. Fosforli va kaliyli 
o’g’itlarni (P90K60-fon) o’zi alohida qo’llanilgan ikkinchi variantda (2022-2023 
y.y) 2,4-2,9 dona, mineral o’g’itlarni o’zi alohida qo’llanilgan (N40P90K60) 
variantda mos ravishda 2,8-3,1 donani tashkil etdi. P90K60 – fonida 200 g/ga 
Rizovit qo’llanilgan variantda 2,9-3,8 dona bo’lgan bo’lsa ushbu ko’rsatkich 


67 
Mineral o’g’itlarni (N40P90K60) to’liq fonida 200 g/ga Rizovit qo’llanilgan 
variantda 3,1-3,7 donani tashkil etdi.
Bir tup o’simlikdagi donlarning umumiy soni o’g’it qo’llanilmagan nazorat 
variantida 28,6 va 25,8 donani, P90K60 – fon variantida 62,0 va 65,0 donani, 
mineral o’g’itlarni to’liq (N40P90K60) fonida 73,4 va 75,2 donani tashkil etgan 
bo’lsa shu ikkla mineral o’g’itlar fonida Rizovit preparatini 200 g/ga 
qo’llanilganda esa mos ravishda 81,7 – 83,4 va 89,1 -89,6 donani tashkil etganligi 
aniqlandi.
Bir tup o’simlikdagi don massasi o’g’it qo’llanilmagan nazorat variantida 
6,8 va 5,9 grammni, P90K60 – fon variantida 10,5 va 11,8 grammni, mineral 
o’g’itlarni to’liq (N40P90K60) fonida 12,5 va 13,1 grammni tashkil etgan bo’lsa 
shu ikkla mineral o’g’itlar fonida Rizovit preparatini 200 g/ga qo’llanilganda esa 
mos ravishda 14,1-14,7 va 16,4 – 17,5 grammni tashkil etdi.

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling