Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish
Download 2.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023
4.2 - jadval
Azotli o’g’itlar me’yori va biologik preparatni soyaning hosil strukturasiga ta’siri № Mineral o’g’itlarning yillik me’yori, kg/ga Biologik preparat, Rizovit, g/ga Hosil strukturasi N P K B ir tup o’siml ikdagi dukka klar soni , dona B ir dukka kda gi donlar soni , dona B ir tup o’siml ikdagi don soni , dona B ir tup o’siml ikdagi don massa si, g 1000 dona don massa si, g 20222 y 1 21,6 1,8 28,6 6,8 168,3 2 90 60 25,8 2,4 62,0 10,5 168,7 3 40 90 60 26,5 2,8 73,4 12,5 170,2 4 90 60 200 27,9 2,9 81,7 14,1 172,0 5 40 90 60 200 28,4 3,1 89,1 16,4 176,0 2023 y 1 20,8 1,5 25,8 5,9 153,5 2 90 60 26,5 2,9 65,0 11,8 169,2 68 3 40 90 60 27,4 3,1 75,2 13,1 172,4 4 90 60 200 28,2 3,8 83,4 14,7 174,6 5 40 90 60 200 29,9 3,7 89,6 17,5 178,3 Soya hosilining eng muhum strukturaviy ko’rsatkichlaridan biri bu 1000 dona don massasi hisoblanib, qo’llanilgan mineral o’g’itlar va biologik preparat ta’siridagi eng yuqori ko’rsatkich 3 va 4 variantlarda yaqqol namoyon bo’ldi. Masalan, o’g’it qo’llanilmagan nazorat variantida ming dona don massasi 168,3 va 153,5 grammni, P90K60 – fon variantida 168,7 va 169,2 grammni, mineral o’g’itlarni to’liq (N40P90K60) fonida 170,2 va 172,4 grammni tashkil etgan bo’lsa shu ikkla mineral o’g’itlar fonida Rizovit preparatini 200 g/ga qo’llanilganda esa mos ravishda 172,0-174,6 va 176,0-178,3 grammni tashkil etdi. 4.3-§. Azotli o’g’itlar me’yori va biologik preparatni soya hosildorligi va hosilning sifat ko’rsatkichlariga ta’siri Hosildorlik qishloq xo‘jaligi ekinlarining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan mineral o’g’itlar fonida qo’llanilgan biologik preparatning ijobiy ta’siri soya hosilining salmog‘i va uning sifat ko‘rsatkichlari bilan baholandi. Tajribada qo’llanilgan mineral o’g’itlar va biologik preparat ta’siri Termiz tumani o’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida soya hosildorligiga ishonarli ta’sir ko‘rsatdi. O‘g‘itsiz (nazorat) variantda harakatchan oziq moddalar miqdori kamligi va soyaning o‘sishi hamda rivojlanishi sust bo‘lganligi sababli soya hosildorligi nisbatan past bo‘ldi. Demak, o’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida nazoratda tabiiy unumdorlik hisobiga soyadan yuqori hosil olish imkoniyati bo’lmadi. Mineral o’g’itlarni biologik preparat bilan birgalikda qo’llash soya hosildorligini oshirishga xizmat qildi. Mineral o‘g‘itlar fonida Rizovit preparati qo‘llanilganda soya hosildorligini ortishi nafaqat tuproqdagi harakatchan oziq moddalar miqdorini ortishi bilan, balki ularning o‘simliklar 69 tomonidan o‘zlashtirilishi oshganligi hamda o‘simlikning o‘sish sharoitlari yaxshilanishi bilan ham bog‘liq bo‘ldi. D.Yormatova, F.Nazarova, X.Xushvaqtova, J.Hasanovlarning ma’lumotlarida, soya dukkaklarini hosil qiluvchi meva bargcha bor. Meva bargcha yoki hosil bo‘lgan dukkak ikki qismdan iborat. Dukkaklarning shakli to‘g‘ri, bukilgan, o‘roqsimon, qavariq holatlarda bo‘lib, uzunligi 3-7 santimetrgacha, eni 0.5-1.5 santimetrgacha, ba’zi dukkaklar o‘tkir uchli bo‘ladi. Dukkaklarda urug‘lar 1-4 tagacha, asosan 2-3 ta joylashgan bo‘ladi. Dukkaklar bir tup o‘simlikda 10 tadan 350-400 tagacha dukkak hosil qiladi. Albatta, dukkaklar soni eng avvalo soya naviga hamda tabiiy sharoitlariga bog‘liq [27; B. 15-16.]. D.S.Asilova, Z.Sh.Asqarova, D.S.Xalikovalaring ta’kidlashicha mineral o‘g‘it normalari ham oqsil miqdorini ortishiga ta’sir ko‘rsatar ekan. O‘g‘it normalari yuqori bo‘lgan N60R120K90, N60R120K120 bo‘lgan 4 va 5 variantlarda O‘zbek-6 navida oqsil miqdori (33,5-36,2 %) ni, O‘zbek-2 navida (33,2-36,0 %) ni tashkil etgan. Gektariga 60 tonna mahalliy o‘g‘it (go‘ng) berilgan 6 variantda O‘zbek-6 navida (35,7 %) ni, O‘zbek-2 navida (35,4 %) ni tashkil etgan [79; B. 24-25.]. O’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra o’g’it qo’llanilmagan nazorat variantida soya hosildorligi eng past ko’rsatkichda bo’ldi. P90K60-fon variantida olingan hosil miqdori (2022-2023 y.y) mos ravishda 26,1 va 27,6 s/ga, yillar bo’yicha esa o’rtacha 26,85 s/ga ni tashkil qildi. Mineral o’g’itlarni to’liq (N40P90K60) me’yori qo’llanilgan variantda, azotli o’g’itlarni 40 kg/ga me’yorda qo’llash hisobiga hosildorlik mos ravishda 29,1 va 28,5 s/ga ni tashkil etib, o’rtacha 28,8 s/ga bo’ldi va bu P90K60-foniga nisbatan 1,95 s/ga qo’shimcha don hosili olindi. P90K60-fonida biologic preparatni 200 g/ga me’yorida qo’llash tuproqning agrokimyoviy xossalarini yaxshilab, o’simlikning normal o’sib rivojlanishini ta’minladi va mos ravishda don hosildorligi ham yuqori bo’lib 30,3 va 33,5 s/ga, o’rtacha 31,9 s/ga ni tashkil etdi va P90K60-foniga nisbatan 5,05 s/ga qo’shimcha don hosiliga erishildi. Bu albatta 70 biologik preparatni urug’ga ishlov berib ekish hisobiga ildizda yashovchi tuganak bakteriyalarining ish faoliyati jadallashishi bilan bog’liq bo’ldi. Tajriba bo’yicha eng yuqori hosildorlik mineral o’g’itlarning to’liq (N40P90K60) me’yorida urug’ni ekishda biologik preparatni 200 g/ga me’yori bilan ishlov berib ekilgan variantda kuzatildi va mos ravishda 32,1 va 35,1 s/ga bo’lib, o’rtacha 33,6 s/ga don hosili olindi. Download 2.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling