Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish
rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga ta’siri
Download 2.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023
rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga ta’siri
4.1-§. Azotli o’g’itlar me’yori va biologik preparatni soya o‘simligi o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri Surxondaryo viloyatining o’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlari sharoitida olib borgan dala tajribamizda minral o’g’itlar fonioda biologic preparat qo’llanilgandan tuproq oziq rejimi va soyaning oziqlanishini maqbullashishi hisobiga o‘simlikning o‘sishi hamda rivojlanishining jadallashganligi ma’lum bo’ldi. N40P90K60 kg/ga fonoda biologik preparatni qo’llash natijasida tuproqning agrokimyoviy xossalari yaxshilanib, uning unumdorligi, jumladan, harakatchan oziq moddalar miqdorining ortishi soyaning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘g‘itsiz-nazorat variantda asosiy poya balandligi butun o‘suv davri davomida dinamikada sekin o‘zgardi. Mineral o‘g‘itlarni qo‘llash natijasida tuproqda harakatchan oziq moddalarni ortishi soyaning o‘sishini kuchaytirdi. Bu ayniqsa, azotli o‘g‘itlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘ldi. Soya shonalash fazasiga kirishi bilan o‘simlikning biologiyasiga ko‘ra, barcha variantlarda soyaning o‘sishi keskin kuchayish tomonga o‘zgardi. Soya asosiy poyasi balandligiga P90K60 kg/ga fon variantiga nisbatan N40P90K60 + 200 gramm/ga biologik preparat qo’llanilgan variantda kuchli bo‘lganligi kuzatildi (4.1 - jadval). P90K60 kg/ga o’g’it me’yorini nazorat fonida alohida va azotli o’g’itni 40 kg/ga me’yorida qo‘llanilganda ham g‘o‘za asosiy poyasining o‘sishi va rivojlanishini o‘g‘itsiz nazoratga nisbatan kuchayishiga olib keldi. Masalan, o‘g‘itsiz nazorat variantida 1-mayda soya asosiy poyasining balandligi (2022-2023 y.y) mos ravishda 15,0 va 16,4 sm, 1-iyunda 20,8 va 21,5 sm, 1 iyulda 33.8 va 35,7 sm va 1-avgustda 41,5 va 110,1 sm bo‘lgan bo‘lsa, P 90 K 60 variantida bu ko‘rsatkich, yuqoridagiga mos ravishda 15,8 va 17,5; 22,4 va 23,6; 48,6 va 49,3 hamda 52,7 va 54,6 sm hamda N 40 P 90 K 60 variantida esa mos ravishda 17,1 va 19,5 64 sm; 38,2 va 40,6 sm; 64,8 va 51,5 sm hamda 80,6 va 82,5 sm bo’lganligi qayd etildi (4.1 - jadval). Mineral o’g’itlar fonida N40P90K60 kg/ga fonida urug’larga 200 gramm/ga Rizovit-AKS preparati bilan ishlov berib ekilganda soya asosiy poyasining balandligi mineral o’g’itlarni o’zi alohida qo’llanilgan variantga nisbatan mos ravishda 3,0 va 3,6; 11,3 va 10,8; 27,0 va 23,1 hamda 23,7 va 27,6 sm ga yuqoriligi ma’lum bo’ldi. Download 2.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling