Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 57.14 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi57.14 Kb.
#1558896
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Demografik jarayon DEK64 Xudoyberdiyev Abror


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

_____________________faulteti




_____________________kafedrasi

Ro‘yhatga olindi № __________




Ro‘yhatga olindi № __________

“______” ___________2023 y.




“______” ___________2023 y.
MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH” KAFEDRASI
MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH ” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Demografik jarayonlar va uning ijtimoiy-iqtisodiy tahlili


Bajardi: Iqtisodiyot fakulteti DEK-64 guruh
Xudoyberdiyev Abror talabasi .
Tekshirdi: __________________________

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2023 y.






Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2023 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2023 y.

Baho “_____” ________



___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________

__________________


__________________



Mundarija:


Kirish………………………………………………………………………………3
I. BOB O'ZBEKISTON AHOLISINING DEMOGRAFIK JIHATLARI
1.1 Aholi soni va axolining yosh-jinsiy tarkibi…………………………………. 6 1.2 Oʻzbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlanishi……...11
I.I BOB O’ZBEKISTON AHOLISINING MILLIY VA IJTIMOIY TARKIB
2.1 O’zbekiston aholisining milliy tarkibi……………………………………..…17
2.2 O’zbekiston aholisining milliy tarkibi………………………………….….…24
III.Xulosa…………………………………………………………………………30
IV.Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………31

Kirish
Kurs ishini dolzarbligi: Demografik tarkib, real aholi soni, doimiy aholi soni, jinsiy tarkibi, yosh tarkibi.  Oʻrta Osiyo hududida yashagan ibtidoiy odamlarning qad. manzilgohlari quyi paleolit davriga toʻgʻri keladi. Jez davrida Oʻzbekiston hududida chorvador va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar yashagan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri yemirilib, qabilalar oʻrtasida mulkiy munosabatlar vujudga keldi.
Oʻzbeklarning alohida elat boʻlib shakllanishi uzoq-yillar davomida sodir boʻlgan etnik jarayonlar mahsuli dir. Ular O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hoz. Oʻzbekis ton hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanib kelgan mahalliy aholi: sugʻdiylar, xorazmiylar, baqtriylar, chorvador sak-massagetlar kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryolari boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham oʻzbek xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. Markaziy Osiyoning keng hududida yashagan bu etnoslar, asosan, turkiy va sharqiy eroniy tillarda soʻzlashganlar. Amudaryo va Sirdaryo havzalari oraligʻining oʻtroq aholisi va chorvador qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi jarayoni natijasida oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, oʻzbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllangan.
Oʻzbek xalqining etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda 45-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoy, Jan. Sibir va Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xioniy, kidariy va eftaliylardir. Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent vohasi, Fargʻona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylari va Xorazm)ga kelib oʻtroqlashgan turkiy etnik komponentlar faol taʼsir koʻrsatadi. Bu komponent lar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etno-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida yangi qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xoʻjalik anʼanalar bilan jadal uygʻunlashuvi yuz beradi. 7-asrning 30-yillaridan boshlab oʻlkamiz „Turkiston“ nomi bilan atala boshlagan.
8-asrda arab va ajam xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi bilan mahalliy aholining etnik tarkibida maʼlum darajada oʻzgarishlar sodir boʻlgan boʻlsa-da, ammo mintaqadagi etnik jarayonlar ga kuchli taʼsir etmagan. Bu davrda Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida arablar hukmronligida yashaganlar.
9-asrlarda Movarounnahrda yaxlit turkiy qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kelib, oʻz navbatida sugʻdiylar va b. mahalliy etnoslar bilan integratsiyalashuv jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlib, bu qatlam asosining aksariyat koʻpchiligi oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslardan iborat boʻlgan.

Download 57.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling