Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


  Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi


Download 269.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana16.06.2023
Hajmi269.81 Kb.
#1507256
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalarini takomillashtrish

2. 
Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi. 
Bu bosqich uch davrni o‘z ichiga oladi: 
Bank ochish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 
murojaat qilish. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak: 

yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha hujjat; 

muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda 
notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar jismoniy shaxs 
bo‘lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi; 

muassis aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar 
tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi; 

bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni 
tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi 
qarorlarni o‘z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ta’sis 
yig‘ilishining bayonnomasi. 
Qayd etib o‘tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning 
banklarni litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi 
va tasdiqlanadi. 
Bulardan tashqari, Markaziy bankka muassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar: 
bank kengashi a’zolari ro‘yxati (kengash raisi, uning birinchi o‘rinbosari) 
6
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining 
garovi. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b. 


26 
ko‘rsatilgan holda ushbu shaxslarning Markaziy bank talablariga muvofiq 
kelishlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar, yangi tashkil etilayotgan bankning tashkiliy 
tuzilishi, ichki audit to‘g‘risidagi Nizomi, kredit siyosati to‘g‘risidagi Nizomi, biznes 
rejasi, ariza topshiruvchining muassislar nomidan ariza topshirish vakolatini 
tasdiqlovchi 
hujjat, 
tashkil 
etilayotgan 
joydagi 
Markaziy 
bank 
bosh 
boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosasi
muayyan hududida bank tashkil etish mo‘ljallanayotganligi haqida mahalliy 
hokimiyat va boshqaruv organlariga berilgan bildirishning nusxasi ham topshirilishi 
lozim. 
Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta’sis 
hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi. 
Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda yuqorida 
ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim etilishi 
talab etiladi: 

tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi 
haqidagi qarori; 

norezident bankning O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi 
konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi; 

bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan muassis 
bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va xususan, qaytarib berish sharti 
bilan o‘z mamlakatida pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga 
egaligini tasdiqlovchi xat; 

bank nazorati organining muassis bankning o‘zi joylashgan va 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma tasdiqnoma; 

muassis bankning oxirgi uch moliya yili uchun tuzilgan, auditorlik 
firmasi tasdiqlagan yillik hisobotlari, shu jumladan, foyda va zararlar haqidagi 
konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti; 

bank nazorati organi muassis bank tashkil etayotgan bankning ustav 
kapitalida ishtirok etishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki bunday ruxsatnoma 


27 
muassis bank mansub bo‘lgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq talab 
etilmasligining yozma tasdig‘i. 
Faoliyat yuritib turgan banklar ustav kapitalidagi hissa xorijiy shaxslar 
tomonidan sotib olinayotganda ham ushbu hujjat xorijiy shaxs tomonidan Markaziy 
bankka taqdim etilishi lozim bo‘ladi. 
Banklar Markaziy bankda Tijorat banklarini ro‘yxatga olish kitobida ro‘yxatga 
olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladilar. Ro‘yxatga olish bilan bir 
vaqtda ularga litsenziya beriladi. 
Bankni ro‘yxatga olish va litsenziya olish uchun muassislar dastlabki ruxsat 
olingankundan boshlab uzog‘i bilan olti oy muddatda quyidagi talablarni bajarishlari 
shart: 
a) 
muassislarning vakolatli shaxsi imzolagan bankni ro‘yxatga olish va 
litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani taqdim etish; 
b) 
bankni ro‘yxatga olish va litsenziya olish uchun ushbu Nizomda nazarda 
tutilgan barcha zaruriy talablarni bajarish; 
v) bank binolari muhofazasini ta’minlash hamda muhandis-texnik qo‘riqlash 
vositalari bilan jihozlash, dasturiy mahsulotlarni tayyorlash; 
g) Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan kam bo‘lmagan 
miqdorda bank ustav kapitalini shakllantirish hamda ustav kapitaliga yo‘naltirilgan 
to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlarni va muassislar ro‘yxatini taqdim etish; 
d) 
bank boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter va uning 
o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimlariga kasbiy muvofiqliligini baholash 
bo‘yicha Markaziy bankning ijobiy xulosasini taqdim etish; 
e) 
sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning fayl (elektron) ko‘rinishdagi 
nusxalarini ham taqdim etish. 
Bankni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza taqdim etilganidan so‘ng 
Litsenziyalash departamenti ochilayotgan bankni mazkur Nizomning talablariga 
muvofiqligi yuzasidan tekshiradi. 
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror 


28 
Markaziy bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab bir oy ichida qabul 
qilinadi. 
Quyidagilar bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berishni rad etish uchun 
asos bo‘ladi: 
a) 
ta’sis shartnomasi va 
ustavning 
qonun hujjatlariga mos 
kelmasligi; 
b) 
bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi; 
v) 
muassislar mablag‘lari manbalarining 
deklaratsiya 
qilinmaganligi (xususiy tijorat banklari ustav kapitalida ishtirok etayotgan 
rezident jismoniy shaxslardan tashqari); 
g) bank ro‘yxatga olinadigan vaqtgacha bank eng kam ustav kapitalining 
shakllantirilmaganligi; 
d) 
bank binolari muhofazasining ta’minlanmaganligi hamda muhandis-
texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanmagani, dasturiy mahsulotlarning tayyor 
emasligi; 
e) 
tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga 
nomuvofiqligi. 
Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya bankka unda ko‘rsatilgan 
faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradi. 
Tashkil etilayotgan bankni boshqarish imkoniyatlari, umumiy tavakkalchilik 
va kapital tuzilmasini o‘rganish asosida ayrim faoliyat turlari cheklab qo‘yilishi 
mumkin. 
Litsenziya uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. 
Chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish uchun banklarga 
«Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun 
litsenziyalar berish qoidalari»ga (ro‘yxat raqami 463, 1998-yil 3-avgust) muvofiq 
bosh yoki ichki litsenziyalar beriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida", 
"O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida" hamda "Ayrim faoliyat 


29 
turlarini 
litsenziyalash to‘g‘risida"gi Qonunlariga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tijorat banklariga, ularning arizasiga ko‘ra chet el 
valyutasida operatsiyalar o‘tkazilishiga, ularning bunga tayyorligidan kelib chiqib 
litsenziya beradi. 
Litsenziyalar bosh litsenziya va ichki litsenziyalarga bo‘linadi. Bosh 
litsenziya tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda chet elda 
xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun berilgan huquqdir. 
Ichki litsenziya tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el 
valyutasidagi operatsiyalarni to‘la yoki cheklangan doirada amalga oshirish uchun 
berilgan huquqdir. 
Chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazish uchun bosh yoki ichki litsenziya 
olgan bank (bundan buyon vakolatli bank deb ataladi) qonunchilikka muvofiq va 
litsenziya shartlari asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tasdiqlagan talabnomalar asosida 
tijorat banklari chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishga qay darajada 
tayyor ekanligi aniqlanadi. Mazkur talablar malakaviy va texnik talablarga bo‘linadi. 
Tijorat banklari litsenziya olish uchun mazkur qoidalarning ilovasida 
ko‘rsatilgan hujjatlarni topshirishlari kerak. 
Xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq holda taqdim etadilar. 
Bir yildan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan, ya’ni to‘la moliyaviy (operatsiya) 
yilini tugatgan va rasmiy yillik hisobot tayyorlayotgan tijorat banklarining 
arizalarigina ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. Litsenziyalar xorijiy kapital 
ishtirokidagi banklar belgilangan muddatdan ilgari berilishi mumkin. Xususiy tijorat 
banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar 
ularning faoliyatiga olti oy to‘lishi bilan berilishi mumkin. 

Download 269.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling