Innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Kurs ishining obyekti va prwdmeti
Download 144.66 Kb.
|
AXMAD KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning tarkibiy tuzulishi
Kurs ishining obyekti va prwdmeti: Dunyo aholisi uning ko’payishi va kamiyishi tadqiqot obyekti hisoblansa, mavzuni o’rganish davomida o’rganilgan statistic kitoblar va ma’lumotlar, internet ma’lumotlari tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Mavzuning nazariy asosi: mavzuni o’rganish jarayonida, mavzuga doir ishonchli ilmiy va nazariy kitoblar hamda internet saytlari ma’lumotlaridan foydalanilib, ushbu asarlarni yozgan olimlarning tadqiqotlari, g’oyalari va fikrlari nazariy – uslubiy asos bo’lib xizmat qildi. Ishning tarkibiy tuzulishi: Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. ASOSIY QISM 1.1. Aholi soni dinamikasining mutloq ko’rsatkichlari Aholi soni ma’lum bir hudud (yer shari, qit’alar, davlat, viloyat, tuman, hudud, aholi maskani) aholisi miqdorini ifodalaydi. Masalan, 2017-yilda yer shari aholisi soni 7,5 milliard, Afrika qit’asi aholisi 1250 million, 0 ‘zbekiston davlati aholisi esa 32,5 million kishini tashkil etganll. Aholi sonini hisoblaganda o’troq aholi uchun ma’- muriy chegara, ko’chmanchi aholi uchun esa areallar asos qilib olinadi. Demografiyada aholi soni, eng umumiy asosiy ko’rsatkich bo’lib, aniq bir davrdagi aholi miqdorini anglatadi. Statistik manbalarda aholi soni ma’lum bir sanaga (1-yanvar, 1-iyul yoki 31 dekabr) keltiriladi. Masalan, 0 ‘zbekiston aholisi 1991-yil 1-yanvarda 20708,2 mingni, 2000-yil 1-yanvarda - 24487,7 mingni, 2017-yil 1 yanvarda esa 32120,5 tashkil etdi. Bu ko’rsatkichlami butun yil uchun qabul qilib bo’lmaydi, chunki yil davomida, ya’ni 1 yanvardan 31-dekabrga qadar aholi soni tug’ilish va o’lim hisobiga muntazam o’zgarib turadi. O’rganilayotgan hudud yoki davlat aholisi sonining ma’lum davr (2 yil, 5, 10, 15 va undan ko’p yillar) dagi o’zgarishi aholi soni dinamikasida o’z aksini topadi. Aholi soni dinamikasi, uning jami, umumiy (mutloq) soni, o’sish koeffitsiyenti, aholi sonining o’sish sur’ati kabi ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Har bir hudud aholi sonini o’rganganda, yuqorida qayd etilgandek, uni doimiy (shu hududda doimiy ro’yxatga olingan) va real (tekshirilayotgan davrda shu hududda ma’lum muddat yashayotgan) aholiga ajratiladi. Demografik tadqiqotlar olib borishda nazariy aholi soni, hamda mavjud, real aholi sonidan foydalaniladi. Nazariy aholi soni o’zgarmas - stabil aholi sonidir. Stabil aholi soni lotincha stabils so’zidan olingan bo’lib, doimiy, o’zgarmas degan ma’noni bildiradi. Aholining asosiy kategoriyasi mavjud aholidir. Demografik koeffitsiyentlarni hisoblaganda mavjud aholi sonidan foydalaniladi. Shuningdek, mavjud aholi soni aholi ro’yxatlari - orasidagi davr uchun aholi mutloq sonini o’rganishda ham qoMlaniladi. Aholining mutloq soni uning tabiiy va mexanik harakatlari asosida muntazam o’zgarib turadi. Aholi soni davrlar bo’yicha ko’payib borsa, aholi mutloq soni dinamikasidagi o’zgarishlar ijobiy, kamayib borsa salbiy xususiyatga ega bo’ladi. Masalan, 0 ‘zbekiston davlatida aholi soni dinamikasi 1926 - 2009-yillar davomida muntazam ko’payib kelgan. Demak, aholi soni dinamikasi ijobiy xususiyatga ega bo’lgan. Lekin ikkinchi jahon urushi (1941 - 1945 - yillarda) aholi soni bir muncha kamaygan va aholi soni dinamikasida salbiy holat kuzatilgan. Aholining umumiy mutloq (mutloq) soni - ma’lum hudud yoki aholi guruhidagi kishilaming ma’lum vaqtdagi miqdoriy ifodasidir. Aholishunoslik fanlari tadqiqotlarida aholining mutloq soni, asosiy ko’rsatkich bo’lib, aniq bir sanadagi aholi soni haqida ma’lumot beradi. Aholi mutloq sonidagi o’zgarishlar o’sish koeffitsiyenti orqali aniqlanadi. Demak, 1991 - 2009-yillarda 0 ‘zbekiston aholisining mutloq o’sishi 6,9 million kishiga teng bo’lgan yoki qayd etilgan davrda respublika aholisi 6,9 million kishiga ko’paygan. Ma’lumki, davlat yoki hudud aholisi tug’ilganlar va immigrantlaming kelishi hisobiga ko’payadi, o’lim va emigrantlaming ketishi hisobiga esa kamayadi. Demak, aholi mutloq sonining ko’rsatkichi 4 tarkibiy qismdan iborat: 1) tug’ilganlar soni; 2) o’lganlar soni; 3) immigrantlar soni; 4) emigrantlar soni. Aholi sonidagi o’zgarishlami o’rganishda “balans” tushunchasidan ham foydalaniladi. Tug’ilganlar va o’lgan!ar balansi - aholining tabiiy o’sishidir (ma’lum davrdagi tug’ilganlar va o’lganlar soni farqi). Immigrantlar va emigrantlar balansi - aholining mexanik o’sishidir. Agar tashqi migratsiya bo’lmasa - yopiq aholi, tashqi migratsiyaning mavjudligida esa, aksincha, ochiq aholi deyiladi. Aholining tabiiy o’sishi va migratsiya qoldig’i ma’lum davrdagi aholi soni o’zgarishi komponentlaridir. Aholi mutloq soni haqidagi eng aniq ma’lumotlar aholi rolyxati o’tkazish orqali olinadi. Aholi ro’yxati esa ma’lum davrlarda (5, 10, 15 va h.k. yillar) o’tkaziladi. Aholi ro’yxati oralig’idagi aholi sonini aniqlashda esa demografik balans usulidan foydalaniladi. Mazkur usul demografik balans tenglamasida o’z ifodasini topgan: Pi= Po + (B-D) + (Mi-Mo), bunda Po - aholi soni (o’rganilayotgan davr boshi); В - o’rganilayotgan davrdagi tug’ilganlar soni; D - o’rganilayotgan davrdagi o’lganlar soni; Mi - kelganlar (immigrantlar) soni Mo - ketganlar (emigrantlar) soni; 0’zbekiston aholisining 2001 - yil 1- yanvardagi mutloq sonini yuqorida keltirilgan tenglama yordamida aniqlaymiz. 2000 — yil 1 — yanvarda (R0) Respublikada mavjud aholi soni 24582.8 kishini tashkil etgan. 2000 — yil 1 — yanvardan 31 - dekabrgacha bo’lgan davrda 527580 ta chaqaloq (N) tug’ilgan, 135598 nafar kishi hayotdan ko’z yumgan (M). Ana shu davrda respublikaga kelganlar (Ml) soni 145880 kishini, Respublikadan ketganlar (D) soni esa 212472 kishini tashkil etgan. Demak,P2ooi=245 82,8+(547580-135598)+(l45880- 2 12472)=24908,2; P2ooi=24908,212. Aholi dinamikasidagi o’zgarishlami mutloq ko’rsatkichlarda aniqlashning o’ziga xos kamchiliklari mavjud. 0 ‘rganilayotgan davr qancha uzoq bo4Isa aholi sonidagi o’zgarishlaming aniqlik darajasi kamayadi. Shuningdek, o’rtadagi davrlaming xususiyatlari to’la ochilmay qoladi. Bu borada aholi sonidagi o’zgarishlami nisbiy Jco’rsatkichlar orqali aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bunda 0’rganilayotgan davr bir nechta kichik-kichik davrlarga bo’lib, ulardagi aholi o’sishi nisbiy aniqlanadi. Shuningdek, aholi soni dinamikasini ilmiy tadbiq etishda aholining davriy va o’rtacha yillik o’sish koeffitsiyentlari ham xizmat qiladi. Download 144.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling