Innovatsiyalarning mohiyati va xususiyatlari


Download 1.19 Mb.
bet5/74
Sana25.10.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1721034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
INTELLEKTUAL MULK OB’EKTLARINI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Innovatsiyalarning xususiyatlari. Innovatsiyalarning mohiyati va xususiyatlarini tushunishda “yangilik” va “innovatsiya” tushunchalarini aniq ajratish juda muhimdir.
Yangilik - bu har qanday faoliyat sohasidagi (yangi bilim, usul, ixtiro) fundamental, amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarning rasmiylashtirilgan natijasidir. Yangiliklarni amalga oshirish, ya’ni aniq bilimlarni qondirish va bozorni qabul qilish uchun yangi bilimlarning amalda tatbiq etilishiga erishish uni innovatsiyaga aylantiradi.


Yangilik

Innovatsiya
Innovatsiyalarni


amaliy qo‘llash (tijoratlashtirish)

  1. shakl. Innovatsiyalarni innovatsiyalarga o‘tish algoritmi

Innovatsiyalarning yangilikdan farqi shundaki, yangi mahsulot bozorga kiradi, bozor tomonidan qabul qilinadi va kelajakda tijorat qiymatiga ega bo‘ladi. Demak, innovatsiya yangilikni amalda qo‘llashni anglatadi ya’ni, yangi mahsulot yoki texnologiya yaratilsa, mehnatni tashkil etish yoki boshqarishning yangi konsepsiyasi ishlab chiqiladi va hokazo. Bu yangiliklarning barchasi o‘z qo‘llanishini topa olmasa, innovatsiya hisoblanmaydi.
Yaratilgan yangiliklar innovatsiyalarning qaysi turiga tegishli bo‘lmasin, ularni birlashtiradigan umumiy xususiyatlar mavjud. Ushbu xususiyatlarni shakllantirsak, ular bir vaqtning o‘zida ko‘rib chiqilayotgan mahsulotlarning (xizmatlar, jarayonlar) innovatsiyalar sifatida tan olinishi uchun xizmat qiladi.
Birinchidan, joriy qilingan barcha mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar yangi (yoki sezilarli darajada yaxshilangan) bo‘lishi kerak.

Ikkinchidan, yaratilgan mahsulot ishlab chiqarishni tatbiq etish kabi xususiyatga ega bo‘lishi kerak, bu esa ushbu yangilikni aniq mahsulotga o‘tkazish uchun muayyan sharoit va imkoniyatlar mavjudligi bilan belgilanadi.


Uchinchidan, yaratilgan mahsulotning ajralmas va eng muhim xususiyati iste’molchilarning ma’lum ehtiyojlari va talablarini qondirish qobiliyatidir. Boshqacha qilib aytganda, yaratilgan mahsulot bozor talabiga mos kelishi, savdoda mavjud bo‘lishi va pirovardida ishlab chiqaruvchiga foyda keltirishi kerak.
Yuqoridagi barcha xususiyatlar yangilik uchun bir xil ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaymiz:

    1. ilmiy-texnik yangilik;

    2. ishlab chiqarishda qo‘llanilishi;

s) tijoratning maqsadga muvofiqligi.
Mazkur xususiyatlarning birortasining yo‘q bo‘lishi innovatsiya jarayoniga salbiy ta’sir qiladi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling