Inovatsiyalar vazirligi


Arrali silindr valining tuzilishi


Download 2.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/37
Sana22.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1794309
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
PTMA Tajriba 23.10.2023

Arrali silindr valining tuzilishi 
 
Val quyidagicha tayyorlanadi: birinchi val tayyorlamasi po’lat g’o’ladan 
kesib olinadi. Valni tayyorlash texnologik jarayoni 9 ta operatsiyadan iboratdir. 
1-jarayon - tokarlik stanogida valning 2 tomonidan uning ko’ndalang kesimi o’rtasi 
(avtomatik tarzda, stanokda) aniqlanadi va shu nuqtalarda 1-2 mm chuqurlikda 
o’yiqlar ochiladi. Bu jarayonlarda detalni asoslash xomaki yuza orqali o’zi 
markazlashtruvchi patronga o’rnatiladi. 
2-jarayon: valning ko’ndalang o’lchamlarini ishci chizma (loyiha) asosida kesib, 
tayyorlash operatsiyasidir. 
3-jarayon: markazsiz jilvirlash operatsiyasi bo’lib, bunda val hamma shakli 
bo’yicha jilvirlanadi. Bunda asoslovchi yuza bo’lib detalni butun yuzasi ishtirok 
etadi. 
4-jarayon: valning ishchi qismi 2 yonida arralar paketini qotiruvchi gaykalar 
uchun rezba ochiladi. 
5- jarayon: valning ishchi qismida arralar tili uchun uzuasiga va valning 2 chetida 
sh’onkalar uchun o’yiqlar ochiladi. 
6- jarayon: ocilgan o’yiqlar va rezba izlari jilvirlanadi. 
7- jarayon: valning 2 cheti va diametri o’zgargan joylarda faska kesiladi. 
8 -chi operatsiyada valga oxirgi jilvirlash jarayoni amalga oshiriladi. 
 
 
 
 
 


7-Laboratoriya ishi 
Mavzu: Jin va linter arralari o’rtasidagi tiqinlar va kolosniklarni 
tayyorlashning texnologik marshrutini tuzish. 
Ishdan maqsad: Jin kolosniklarini v
azifasi va ularning mexanik ishlov 
berish texnologik marshrutini tuzishni o’rganish.
Reja 
1. Jin va linter kolosniklarini ishlatilishi va tuzilishi. 
2. Jin va linter kolosniklarini tayyorlash texnologiyalari. 
Kolosnikli panjara. 
Kolosnikli panjara arrali jin ish kamerasining muhim qismlaridan biridir. U 
arra disklarini kolosniklar orasidan ish kamerasiga erkin o’tkazib, arra tishlariga 
ilingan tolalarni chigitdan ajralgandan keyin erkin olib chiqib ketish uchun xizmat 
qiladi. Kolosniklar SCH – 15 – 32 markali cho’yanlardan quyib yasaladi. Ularning 
ishchi sirtlari maxsus dastgohlarda ishlab ma’lum shaklga keltiriladi. 
Kolosnikning sirti termik ishlov berib, qattiqligi oshiriladi. 
Arrali jinlarning normal ishlashi uchun kolosnikli panjaraning ishchi sirti 
tekis, o’nqir-cho’nqiri yo’q va kolosniklar orasi ish zonasida 3 - 0,2 mm, yuqori 
hamda pastki qismi esa 4,5÷0,2 mm, yuqori hamda pastki qismi esa 4,5-5 mm 
bo’lishi kerak. 


1-rasm. Qobirg’ali panjara 
1 – peshtoq brus; 2 – kolosnikli panjara; 3 – yuqori brus; 4 – pastki brus; 
5 – arrali silindr; 6 - qistirma; 7 - korpus. 
Paxta bo’lakchalarining chiziqli tezligi paxta valigining sirtida bu tartibda 
o’zgarib turishi paxta valigini tashkil qiluvchi paxta bo’lakchalarining ichki siljishi 
bo’lganini va ishchi kamerasidagi paxta bo’lakchalari dinamikasining ancha 
murakkab ekanligini ko’rsatadi. 
Qobirg’ali panjara arrali jin ishchi kamerasining muhim qismlaridan biridir. 
U arra diskalarini qobirg’alar orasidan ishchi kameraga erkin o’tkazib, arra 
tishlariga ilingan tolalarni chigitidan ajralgandan keyin erkin olib chiqib ketishi 
uchun xizmat qiladi. Qobirg’ali panjara ayrim qobirg’a (2) lardan (1-rasm) tuzilgan 
bo’lib, ular peshtoq brus (1) bilan birga ishchi kameraning profilini tashkil qiladi. 
Qobirg’alar yuqori brus (8) va pastki brus (3) ga maxsus vintlar bilan biriktiriladi. 
Qobirg’a SCH-15-32 rusumli cho’yandan qo’shib yasaladi. 
Jin va linter kolosniklarini ishlatilishi. 
Kolosnikli panjara arrali val bilan birgalikda jin va linter mashinalarini 
asosiy ishchi qismlari hisoblanadi. Arra tishlari tolani chigitdan ajratishda va 
keyingi tolani kolosnikli panjarani tashqarisiga olib chiqishda chigit unda ushlab 
qolinadi. Bu funktsiyadan tashqari kolosnikli panjara zich paxta yoki chigitli 
valiklarni hosil qilishda ishchi kamerani bir qismini shakllantiradi hamda 
tozalangan chigitni o’zi bo’ylab sirpanib, mashinadan chiqishiga yordam beradi. 
Buning uchun kerakli egrilik radiusi bo’yicha kolosnikli panjaraga ma’lum 
bo’ylama shakl beriladi. 


Jin mashinalarini kolosnikli ‘anjarasi alohida kolosniklardan tashkil to’ib, 
ikkita vint yordamida yo’iladi, linter mashinalarini kolosniklari sektsiyali hamda 
brusdagi tishli reykaga o’rnatilib, umumiy ‘lanka yordamida siqiladi. 
2-rasm. Jin ishchi kamerasi sxemasi. 
3-rasm. Linterning ishchi kamerasi sxemasi 
Kolosniklarni tayyorlash texnologiyasi. 
Kolosnik uzun, qiyshiq chiziqli sterjen ko’rinishida bo’lib, kichkina 
ko’ndalang kesimga ega. Sch markali kul cho’yanni eritib, qumli shaklga qo’yib 
olish yo’li bilan tayyorlanadi. 
Kolosnikni ishchi qismida, ya’ni tolani chigitdan ajaratadigan joyida 2 mm 
chuqurlikda cho’yanni oqartirish uchun quyma texnologiyasida suv bilan 
sovitiladigan maxsus sovutgich o’rnatiladi. Buni natijasida kolosnikni ishchi 
qismini yedirilish qobiliyati hamda qattiqligi (RC 40) oshadi. Bu joy kolosnikni 
uch qismidan 25-30 mm pastroqda bo’lib, umumiy uzunligi 55 mm ga tengdir. 
Yuza g’adir-budurligi 6 klass orasida bo’lib, R
a
kriteriyasi bo’yicha yuza 
notekisliklarini qiymati 1,25-2,5 mkm ga tengdir. 


O’ta muhim talablardan biri - bu kolosnikli panjarani yig’ishda kolosniklar 
orasidagi masofani bir xil ushlash hamda bu oraliq markaziga arralarni bir xil 
joylashishini ta’minlashdir. 
Har qanday boshqa joylashish arrani kolosnikni yon yuzasiga tegishiga olib 
keladi va kolosnikni ikki yon tomonidan birini yedirilib ketishiga hamda tolani 
mexanik zararlanishiga sabab bo’ladi. 
Bu talabni qondirish uchun kolosnikni tepa qismini (lapka) eniga berilgan 
yuzani 0,11 mm gacha kamaytirish oqibatida erishish mumkin. Linter 
kolosniklarini yig’ishda mahkamlash yuqori brusdagi tishli reykaga o’rnatish 
orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun yuqoridagi talabni qondirish tishli reykani 
qadamini tayyorlash aniqligiga bog’liqdir. 
Shuni qayd qilish kerakki, kolosniklarga bo’lgan talab kattadir. paxta 
tozalash sanoatini bir me’yorda ishlashini ta’minlash uchun har yili 700-800 ming 
jin va 1,5 mln linter kolosniklari ehtiyot qismlar ko’rinishida talab qilinadi.
To’rt shpindelli agregat dastgoxda kolosnikni ikki yon tomonlarini va yuqori, 
pastki lapkani asosini jilvirlash. Bunda kolosnikni uzunligi va yuqori pastki 
lapkalarni balandliklarini ayirmasini o’lchami ushlanadi. 
Maxsus ko’chirma-jilvirlash dastgoxida kolosnikni yuqori (ishchi) egri 
chiziqli yuzi jilvirlanadi. 
Bu ishlash jarayonlari xomaki ishlov berish xarakteridadir, chunki 
kolosnikni yuza ko’ndalang yo’nalishda to’g’ri chiziqli ko’rinishga ega bo’ladi, 
ishchi yuzani tozaligi 4-5 klass oralig’ida bo’ladi. 
Kolosnikni oldingi ishchi yuzasini jilvirlash usuli bilan oxirgi pardozlash 
jarayonini berish. 
Gorizontal frezlash dastgoxida lapkada 300 burchak ostida eni 10 mm pazni 
frezerovka qilish. 
parmalovchi yarim avtomatda maxkamlanadigan teshikni parmalash va zentovka 
qilish. 
Kolosnikni yon tomonlarida yuqori va pastki qatlamlarini og’ishini jilvirlash. 
Og’irlikni hosil qilishdan maqsad kolosnikni yuqori qismida oraliqni biroz 
kengaytirish bilan jinlashda tolani ishchi qismda tiqilib qolishini oldini olishdir. 
Pastki qismda esa kolosniklarni oraliqlarini kengayishi arrani kolosnikka tegishini 
oldini oladi. 
Hozirgi kunda kolosnikli panjaralarni konstruktsiyalarini va texnologiyasini 
kamchilligi: 
Kolosniklarli 
tayyorlanmalarni 
tayyorlash 
texnologiyasi 
kolosnikli 
panjaralarni konstruktsiyalariga qo’yilgan talabni qoniqtirmaydi. 
Quyish jarayonida sezilarli qiyshayish hosil bo’lib, qaysiki mexanik ishlov berish 
yo’li bilan ham to’g’rilab bo’lmaydi. 
Ishchi qismni oqartirish chuqurligi bir xil hosil bo’ladi. 
Shuning uchun kolosniklar quyishdan keyin yaroqsiz bo’lib, qaytadan quyishga 
yuboriladi. Bundan qutilish uchun quyidagi imkoniyatlar qidirilgan: kolosniklarni 
kokil usuli bilan quyish, bunda katta ichki kuchlanishlar hosil bo’lishi oqibatida 
kolosniklar mexanik ishlov berishda yoki yig’ishda singan. Alyuminiy 
qotishmasidan yuqori bosim quyma kolosnik tayyorlangan. Lekin ular tolani 


ko’rinish sifatiga yomon ta’sir etib, paxtani kolosnikni ishchi qismi bilan o’zaro 
ta’sirida alyuminni uzluksiz oksidlanishi oqibatida tolani bo’g’iq rangga 
bo’yalishiga sabab bo’lgan. 
1. 
Mexanik ishlov berishda egri chiziqli radiusni aniq hosil qilish juda qiyin 
bo’lib, ruxsat etilgan (0,5 mm norma o’rniga (0,7 mmdan to 1,5mm oraliqda hosil 
bo’ladi. Ishchi qismni enini ruxsat etilgan ijozat oralig’i 40-45 %, kolosniklarda 
hosil bo’ladi. Kolosniklar orasidagi tirqish faqatgina 35-40 % hollarda ijozat 
oralig’ida bo’ladi. Bunga sabab kolosniklar konstruktsiyalarini mukammal 
emasligi, tayyorlash va yig’ish ishlarini aniqligi pastligidir. 
2. 
Ekspulatatsiya qilish jarayonida ishchi qismda yon tomonlarni tirqishlarnini 
yedirilishi kattalashadi. 3-4 oylik ekspulatatsiya qilishdan keyin kolosnikli 
panjaralarda 70-80 % tirqishlar ruxsat etilgan ijozatlardan chiqib ketadi. 
Yuqorida qayd qilingan kamchilliklar kolosnikli panjarani konstruktsiyasini 
texnologiyasini o’ta past darajadaligini ko’rsatadi. 
Hozirgi kunda bir qator yangi konstruktsiyalar tavsiya etilgan. 
Ishchi qismi almashtiriladigan kolosniklar, bunda metallokeramikali plastinka 
o’rnatish mumkin, sektsiyali, po’latli kolosniklar. Shuni qayd qilish lozimki, 
hozirgacha tavsiya etilgan konstruktsiyalardan biron-biri korxonada joriy 
qilinmagan. Bular ichida keyinchalik qo’llanilishi mumkin shtampovka yoki 
shakllantirish yo’li bilan olinadigan po’latli kolosniklardir. 
Nazorat savollari. 
1. Jin kolosnigini ishlash ‘rintsi’i, uni ta’mirlash texnologiyasi? 
2. Linter kolosnigini ishlash ‘rintsi’i, uni ta’mirlash texnologiyasi? 

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling