Inovatsiyalar vazirligi


Download 2.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/37
Sana22.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1794309
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
PTMA Tajriba 23.10.2023

jarayoni o’rganish. 
 
Arrali silindr (1-rasm) arrali jinning asosiy ishchi organi hisoblanib, jinlash 
jarayonini, ya’ni tolani chigitdan ajratish jarayonini bajaradi. U 80 va 130 arrali 
disklar (1), arra qistirmalari (2), arra vali (3), qisqich shayba (4) va 
podshipniklardan (5) iborat. 
Arrali silindrga quyidagi texnologik talablar qo’yiladi:
- Arra tishlarini tolani ilish qobiliyati yuqori bo’lishi kerak;
-Arrali diskalar valga mahkamlangan bo’lib, ish vaqtida o’zining holatini 
o’zgartirmay kolosnikli panjara orasida o’tishi kerak. Buning uchun valning 
uzunligi bo’yicha yo’nilgan ariqchaga arra diski teshigidagi tilga kirib turadi va 
arrali diskning valda aylanib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Arrali val uzunligining 
o’rtasiga qo’zg’almas shayba o’rnatilgan bo’lib, bunda ikki tomonga qarab arra 
diskalari diametri 162 mm yoki 180 mm bo’lgan qistirmalar bilan navbatlanib terib 
chiqiladi. Tola arra tishlaridan aylanuvchi cho’tkali baraban bilan yoki soplodan 
arrali silindrga yo’naltirilgan havo oqimi bilan ajratiladi. Arrali jin havo 
soplosining o’rnatilish joyiga qarab tolani yuqoridan yoki pastdan ajratadigan 
jinlarga bo’linadi. Tolaning uchish tezligi amalda 3 m/sek, arra tishining chiziqli 
tezligi esa V
t
=12 m/cek bo’lgani uchun tolani ajratuvchi havo oqimining tezligi 20 
m/sek bo’lishi kerak. Lekin, haqiqatda soplodan chiqadigan havo oqimining tezligi 
6570 m/sek ga teng qilib olinadi. 


Arrali silindrning tuzilishi 
1 - arrali silindr o’qi; 2 - arra disklari; 3 - arra qistirmalari; 4 - gayka; 
5 - podshibnik, 6 - qistirma shayba. 
Tola ajratish moslamasining ish samaradorligining havo soplosining 
kengligiga, aktiv havo oqimining soplodan chiqish tezligiga, arra tishlarining havo 
oqimida bo’lish vaqtiga, havo yo’naltiruvchi qismining uzunligi va egriligiga
ejeksiya koeffisientiga tola bilan havo oqimini qabul qiluvchi teshikning shakli va 
o’rniga bog’liq. Soplo teshigining kengligi aktiv havo oqimining vaqt birligida 
hajmiy sarfga bog’liq bo’lib, tola ajratkichga ta’sir qiladi. Havo sarfini 
kamaytirish, aktiv hamda ejeksion havo oqimlarining aralashuvini yaxshilash 
uchun aktiv havo oqimi mumkin qadar ingichka bo’lishi kerak. Lekin soplo teshigi 
55,5 mm kam yoki katta bo’lmasligi kerak. 
Jin va linterlardan foydalanish tajribasi shuni ko’rsatdiki, faqat arra silindri 
to’g’ri terilgan va texnologik tirqish oraliqlarlar to’gri sozlangandagina mashinalar 
to’xtovsiz ishlab, yuqori sifatli paxta mahsulotlarini beradi. Arra ta’mirlash sehida 
arrali silidrlarni yig’ish uchaskasi ko’zda tutilgan bo’lib, unga quyidagi ehtiyot 
qismlarni o’rnatish tavsiya qilinadi: 
-jinlar qatori uchun (1 ta), linter qatori uchun (2-4 ta) va tola tozalagichlar uchun 
komplekt (arrali silindrlarning birinchi, ikkinchi va uchinchi vallari) arra silindrini; 
-jin qatorlari uchun (1 komplekt), hamma linterlar uchun (2 kom’lekt) va tola 
tozalagichlar ucun (uchta kolosnikli panjalardan 1 komplekt) kolosnikli panjaralar. 


Shuningdek, yig’ilgan silindrni ta’mirlash uchun reykalar o’rnatiladi. Jin va 
linterlarning arrali silindrini yig’ishdan oldin barcha arra qistirmalarini va vallarni 
chang hamda g’arddan tozalab, ularning o’lchamlarini tekshirish lozim. Valga 
yigiladian arralar bir xil diametrli bo’lishi kerak. Valga faqat o’lchami belgilangan 
diametri + 0,5 mm dan oshmaydigan arralarni yigishga ruxsat etiladi. 
DP-130 tipidagi uchta jinlar qatori bilan jihozlangan paxta tozalash 
korxonalarida ichki teshigi diametri 100 mm bo’lgan arra disklaridan foydalanish 
tartibi quyidagicha: 
- birinchi jin 320 mm diametrli yangi arralardan foydalanishga sozlanadi; 
- ikkinchi jin 310 mm gacha diametrli bir marta tish chiqarilgan arralardan 
foydalanishga sozlanadi. 
- uchunchi jin 300 mm diametrli arralardan ikkinchi marta tish 
chiqarilgandan keyin foydalanishga sozlanadi. 
Har bir jin unga biriktirilgan diametrdagi arralarga sozlanadi. Bu 
talablarga rioya etish shart bo’lib, paxta zavodlarida DP-130 jinlari uchun 
ishlatiladigan yangi arralar sarfini uch barobar qisqartirish imqonini beradi. Linter 
qatorida bitta linter birinchi yoki ikkinchi momiq ajratishda uch marta tish 
ochilgan arralarga sozlanadi. Shu maqsadda quyidagilarni tayyorlash lozim: 
- arralarni o’rnatish uchun diametri (100-0,07 ) mm bo’lgan linter arrali 
silindrni bitta vali; 
- linter uchun o’rnatish teshigi o’lchami (100-0,07) mm bo’lgan arralar 
orasidagi qistirma kom’lekti. Bu qistirmalar 3XDDM tipidagi jinlarning 
arralari orasidagi qistirmalaridan tayyorlanadi. 
Shu arra va qistirmalardan yig’ilgan arrali silindr har doim ayni shu linterda 
foydalaniladi. Arralar orasidagi qistirmalar alyuminiy qotishmalalaridan 
tayyorlanadi, ularning o’lchamlari 1-jadvalda keltirilgan. 
Arralar orasidagi qistirmalar, ularning o’lchamlari
Mashina 
Tirqishlar diametric, mm 
Qistirma qalinligi , mm 
Jin 
86 arrali 
61,8 
17,05±0,01-0,01 
130 arrali 
100,0 
17,05±0,01-0,04 
Linter 
160 arrali 
61,8 
8,75±0.05 
Eslatma, hamma mashinalardagi qistirmalar diametri -160mm 
Arralar orasidagi qistirmalarni valga yig’ishdan oldin tekshirish kerak. 
Arralar orasidagi qistirmalarni qalinligi chegaraviy kalibr bilan aniqlanadi. 
Arrali vallarni vaqti-vaqtida 15-20 marta almashtirilganidan keyin tokarlik 


dastgohida tekshrib turish va radial urish 2 mm dan ortiq bolganida brak 
qilish kerak. 
Arrali silindrlarni reykalari tirqishlari kengligi 1,5 (±0,1) mm li standart 
reyka boyicha tanlash kerak. Reykada tirqishlar qadami 86 va 130 arrali 
jinlar uchun 18,00 (±0,05) mm ni, 160 arrali linterlar uchun esa 9,70 
(±0,005) ni tashkil qilishi kerak.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling