Inson ekologiyasi


Download 21.76 Kb.
bet1/4
Sana07.04.2023
Hajmi21.76 Kb.
#1339513
  1   2   3   4
Bog'liq
INSON EKOLOGIYASI


INSON EKOLOGIYASI

Reja.


  1. Aholi sonining o’sishi va atrof-muhit
    muammolari


  2. Atrof-muhit va demografik siyosat

  3. O’zbekistonda ekologik qonunchilik va
    uning samaradorligini oshirish



1. Aholi sonining o’sishi va atrof-muhit muammolari
Insoniyat asrlar davomida buyuk tabiat, inson, jamiyat, davlat va
hamjamiyat nima o’zi, ular o’rtasida qanday aloqadorlik bor va u qanday
bo’lishi kerak, degan savollarga javob qidirib kelganlar. Inson tirik
organizm sifatida boshqa tirik jonzotlardan buyuk kuch-qudrati orqali
tubdan farq qilishi odamzodni ilm ahli tomonidan alohida bir mavjudot
sifatida qarashga majbur etdi. Ayniqsa bunday dunyoqarash XX-XXI
asrlarda, ya’ni ilmiy-tehnika yutuqlari davriga kelib juda avjiga chiqdi.
“Tabiat ustidan g’alabaga” erishgan inson aslida alohida bir “individ” yoki
hech kimga bo’ysunmaydigan “hokim” emas, balki u tabiatning bir
bo’lagi, “Tabiat oshhonasining bir anjomidir”. Insonni hech qachon
tabiatdan va uni o’rab turuvchi yashash makonidan ajratishning iloji yo’q.
Inson Yer kurrasining jonli qobig’i biosfera, yer yuzida yashovchi va
tirik organizmlar turkumiga kiruvchi, lekin murakkab hayotiy faoliyat
yurituvchi individdir. U ongining yuqoriligi, nuthining rivojlanganligi,
ijodiy faolligi, takomillashgan mehnat qurollarini yarata olishi, ahloqiy,
ma’naviy hamda ruhiy o’z-o’zini anglay olishi bilan boshqa tirik
organizmlardan tubdan ajralib turadi. Uni boshqa insonlar bilan ma’lum bir
hududda tarihan qaror topgan guruhi yoki uyushmasi jamiyatdir. Huddi ana
shu insonlar jamoasi-jamiyat tabiat bilan uzviy munosabatdadir.
Tabiat va inson Yer kurrasida juda uzviy bog’langan va o’zaro kuchli
ta’sir doirasida turadi. Chunki insonni tabiatga bo’lgan har qanday ta’siri
(hoh ijobiy, hoq salbiy) ohir oqibatda insonning o’ziga aks-sado bo’lib
qaytib keladi.
Hozirgi zamonda atrof tabiiy muhit holati ko’proq tabiatga emas,
balki kishilik jamiyatiga bog’liqdir. Biz tabiatdan ajralgan holda yashay
olmas ekanmiz, uning bir bo’lagi bo’lib qolishimiz lozim.
XX asrga kelib tabiat va jamiyat munosabatlari keskinlasha
boshlagan. Asosiy mineral xom-ashyo resurslarining yetishmovchiligi,
isrofgarchilik bilan o’zlashtirilishi noxush ijtimoiy-siyosiy va ekologik
oqibatlarga sabab bo’lgan.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib hayot sharoitlarining yaxshilanishi,
fan-texnika inqilobi aholi sonining keskin ortishi-«Demografik portlash»ga
olib keldi.
Yer yuzi aholisi sonining keskin o’sishi odamlar o’rtacha umr
davomiyligining ortishi, oziq mahsulotlari bilan ta’minlanishining
yaxshilanishi,ayrim kasalliklarning tugatilishi, bolalar o’liminig kamayishi
va boshqalar bilan bog’liqdir.

Download 21.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling