Inson ekologiyasi


O’zbekistonda ekologik qonunchilik va uning samaradorligini oshirish


Download 21.76 Kb.
bet4/4
Sana07.04.2023
Hajmi21.76 Kb.
#1339513
1   2   3   4
Bog'liq
INSON EKOLOGIYASI


3. O’zbekistonda ekologik qonunchilik va uning
samaradorligini oshirish
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tabiatni muhofaza qilish
siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, qonun xujjatlarini qabul
qiladi va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining faoliyatini
muvofiqlashtirib turadi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haq
olishning eng ko’p-kam hajmini, shuningdek, to’lovlarini undirib olishdagi
imtiyozlarni belgilaydi. Shuningdek, hududlarni favqulodda ekologiya
holati, ekologiya ofati va ekologiya falokati mintaqalari deb e’lon qiladi va
bunday mintaqalarning huquqiy rejimini va jafo ko’rganlarning maqomini
belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidentiga davlat va ijro etuvchi
hokimiyat boshlig’i sifatida quyidagi vakolatlar berilgan:
-ekologik xavfsiz muhitni taminlash uchun zaruriy chora-tadbirlar
ko’radi;
-ekologiya borasidagi qonunlarni imzolaydi va ularga oid farmon,
farmoyish va qarorlar qabul qiladi;
-ekologik qonun me’yorlarini buzuvchi davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarining noekologik hujjatlarini bekor qiladi;
-Oliy Majlis senati tasdig’iga Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining
raisi lavozimiga nomzod taqdim etadi;
-ekologik inqiroz yoki talofot ko’rgan hududlar yoki butun hudud
bo’yicha favqulodda holat joriy etadi;
-respublika ichki va xalqaro ekologik siyosatiga doir vakolatlarni
amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlatning tabiatni
muhofaza qilish siyosatini amalga oshiradi, ekologiya sohasidagi davlat
dasturlarini qabul qiladi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, tabiiy
resurslarni hisobga olish va baholashni tashkil etadi, ekologiya maorifi va
tarbiyasi tizimini yaratadi hamda uning amal qilishini ta’minlaydi.
Atrof tabiiy muhitni davlat boshqaruvi Vazirlar Mahkamasi, Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo’mitasi va mahalliy hokimiyat organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Bir qator vazirliklar va muassasalar, korxonalarida tabiatni muhofaza
qilishni boshqarish bo’limlari ish olib boradi.
O’zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha bosh ijro
etuvchi organ Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo’mitasi bo’lib,
u bevosita Oliy Majlis Senatiga bo’ysunadi. Qo’mitaning vakolatlariga
quyidagilar kiradi:
-vazirliklar, idoralar, korxonalar va fuqarolar, tabiatni muhofaza qilish
haqidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari ustidan davlat nazoratini amalga
oshirish;
-tabiatni muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqish;
-davlat ekologiya ekspertizasini o’tkazish;
-atrof muhit sifatining me’yorlarini tasdiqlash;
-ifloslantirvuchi moddalarni havoga chiqarib tashlash va suvga

oqizish, shuningdek, chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar berish va


ularni bekor qilish;
-ekologiya masalalarida xalqaro hamkorlikni tashkil etish.
Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi Qoraqalpog’iston Respublikasida,
Toshkent shahri va viloyatlarda, ma’muriy tumanlar tabiatni muhofaza
qilish qo’mitalaridan iborat tuzilmaga ega.
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini shu bilan
birgalikda Ichki ishlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv
xo’jaligi vazirligi, Geologiya va mineral resurslar qo’mitasi amalga
oshiradi.
Tabiatni muhofaza qilish sohasida idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat
nazorati amalga oshiriladi.
Bizning mamlakatimizda uzoq vaqt davomida tabiatdan foydalanish
bepul bo’lgan. Korxonalar yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan
foydalanishgan, atrof muhitni ifloslantirganlar va buning uchun hech
qanday to’lov to’lamaganlar. Faqatgina atrof muhitning juda kuchli
ifloslanishi kuzatilgan ayrim hollarda korxonalar jarima to’lash bilan
cheklanganlar.
Tabiatdan xo’jasizlarcha foydalanish ekologik inqiroz vaziyatlari
vujudga kelishining asosiy sababi hisoblanadi. Tabiiy resurslarni qidirish,
qazib olish va atrof-muhitni muhofaza qilish xarajatlari davlatning
zimmasida bo’lgan. Lekin hozirgacha bu xarajatlar tabiiy muhitga
yetkazilgan zarardan ancha kam va farq chuqurlashib bormoqda.
Tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitni ifloslaganligi,
chiqindilarni joylashtirgani va boshqa ta’sir turlari uchun to’lovlarni joriy
qilish iqtisodiy-ekologik muammolarni hal qilishning samarali yo’li
hisoblanadi.
Tabiatga foyda keltiradigan, uning holatini yaxshilaydigan faoliyati
uchun korxonalar, muassasalar tashkilotlar va alohida Shaxslarga turli
imtiyozlar beriladi.

Download 21.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling