Inson genomi. Genomika va genom tibbiyotning istikbollari. Patologik anatomiyada etika muammolari


Download 0.73 Mb.
bet7/8
Sana27.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1131779
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bioetika

Patologik anatomiya umumiy va xususiy qismlarga boʻlinadi. Umumiy Patologik anatomiya umumiy patologik jarayonlar (kon aylanishining bu-zilishi, yalliglanish va boshqalar)ni, xususiy Patologik anatomiya esa aʼzo va sistemalar (mas, nerv sistemasi, yurak, tomirlar va boshqalar)dagi patologik jarayonlarni oʻrganadi. Maʼlum kasalliklarda kelib chiqadigan oʻzgarishlarni oʻrganadigan maxsus Patologik anatomiya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Murdani yorib (qarang Murdani yo’rish), aʼzolardagi oʻzgarishlarni oʻrganish va toʻqimalarni mikroskopda tekshirish Patologik anatomiyaning asosiy usulidir. Patologik anatomiya kasallik natijasida aʼzo va toʻkimalarda roʻy bergan oʻzgarishlarni oʻrganishda biopsiya usulidan keng foydalanadi, yaʼni anik, diagnoz qoʻyish maqsadida toʻqima yoki aʼzo boʻlaklari kesib olib tekshiriladi; operatsiya vaq-tida olib tashlanadigan aʼzolar ham patologik-anatomik tekshiruvdan oʻtka-ziladi. Toʻqimalardagi almashinuv jarayonini mukammal tahlil qilishga im-kon beradigan gistokimyoviy tekshirish usuli keng tarqalgan. Patologik oʻzgarishlarning avj olishini hayvonlarda tajriba yoʻli bilan paydo qilish juda muxim. Bu usul kasallikning avj olishidagi hamma davr va fazalarni aniq kuzatib borishda birmuncha qoʻl keladi.

Patologik anatomiya uzoqtarixga ega. Misrda jinoyat qilganligi uchun qatl etilgan kishining murdasi Ptolemey II buyrugʻi bilan vrachlarga ilmiy tadqiqot uchun berilar edi. Gerofil va Gippokratpar shu davrda birinchi anatomik tekshirishlar oʻtkazishgan. Abu Ali ibn Sino ham murdani yorib, aʼzolardagi oʻzgarishlarni aniqlashga urinib koʻrganligi maʼlum. Patologik anatomiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishida italyan anatomi J. Morgani (18-asrning 2yarmi) va fransuz anatomi M.F.Bishaning (19-asrning boshlari) klassik tadqiqotlari katta roloʻynadi. 19-asrning oʻrtalarida Patologik anatomiyadan atlas va qoʻllanmalar chop etildi. Bu davrda Yevropaning koʻpgina universitetlarida Patologik anatomiya kafedralari ochildi.

Oʻzbekistonda bir qancha tibbiyot intlari (ToshTI, SamTI, Andijon tibbiyot instituti va boshqalar)da ham Patologik anatomiya kafedralari, i.t. institutlari (Oʻzbekiston Sil kasalligi i.t. instituti, Onkologiya markazi)da Patologik anatomiya boʻlimlari tashkil etildi.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling