Oʻzbekistonda patologoanatomik xizmat koʻrsatadigan muntazam sistema ishlab turibdi. Viloyatlar markazida viloyat patologoanatomiya kengashlari barpo etilgan. Oʻzbekiston Patologik anatomiya marka-zi Patologik anatomiya xizmatiga tashkiliy-uslubiy va oʻquvilmiy jihatdan rahbarlik qiladi. Bu markazda bolalar kasalliklari, onalarda homiladorlik bilan bogʻliq patologiya muammolari ishlab chiqila-di va ilmiy ishlar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda olib boriladi. Hayvonlar Patologik anatomiyasi odam Patologik anatomiyasi muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq qolda rivoj topdi va umumiy, qiyosiy hamda ekspe-rimental patologiya uchun keng material manbai boʻldi. Bundan tashqari, hayvonlar kasalliklarining mohiyati va rivojlanishini oʻrganish, ular diagnostikasi, sud veterinariyasi hamda goʻsht va goʻsht mahsulotlarining veterinariyasanitariya ekspertizasi uchun hayvonlar P.axi mustaqil ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda veterinariya i.t. instituta va oliy oʻquv yurtlarida Patologik anatomiya kafedralari, diagnostika lab.larida Patologik anatomiya boʻlimlari bor. Eʼtiboringgiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |