Inson hayotining xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala boʻlib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bogʻliq
Download 253 Kb.
|
Eshmamatov S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diffuziyali payvandlash
ASOSIY PAYVANDLASH TURLARI
Sovuq holda payvandlash Metallarning ajralmas birikmasini olishning eng sodda yo‘li sovuq holda payvandlashdir. Bunda ikkita payvandlanayotgan qismlarni ularni qizdirmasdan katta yuklanish ostida o‘zaro deformatsiyalab amalga oshiriladi. Metallni sovuq holda payvandlashni suyuq azot haroratida ham amalga oshirish mumkin. Metallarga xos bo‘lgan atomlar orasidagi metall bog‘lanish, deformatsiya natijasida detallarni bir-biriga bir necha angstrem (10–8 sm) ga yaqinlashtirganda, elektronlarning qo‘shilishi sodir bo‘ladi va atomlar orasida bog‘lanish kuchi paydo bo‘ladi. Natijada birikma hosil bo‘ladi. Sovuq holda payvandlash metallni plastik deformatsiyalab, P kuch ta’sirida amalga oshiriladi. P kuch biriktirish yuzasiga normal yo‘naltiriladi, plastik deformatsiya esa yuzaga parallel bo‘ladi. Deformatsiyalanishning bunday yo‘nalishida yuqori qatlamning atomlari oson surilib, metall ichiga chuqurroq kiradi. Sovuq holda payvandlashga o‘ta plastik bo‘lgan metall va qotishmalar moyildir, jumladan: aluminiy, mis, kumush, oltin, nikel, platina, qo‘rg‘oshin, temir. Payvandlashdan oldin detal yuzalaridagi yirik g‘adirbudurliklar tekislanadi, maydalarini esa tekislash shart emas. Sovuq holda payvandlashning asosiy afzalliklari: kam energiya sarflanadi, unumdorligi yuqori, sodda va plastik metallar yaxshi payvandlanadi. Diffuziyali payvandlash Diffuziyali payvandlash bosim ostida payvandlash turiga kiradi. Unda biriktirilayotgan yuzalardagi diffuziyali birikishda uzoq vaqt yuqori haroratda va kuchsizroq plastik deformatsiyalab amalga oshiriladi. Biriktirilayotgan yuzalar siquvchi kuch ta’sirida, atomlararo kuchlarning ta’sirlashuvigacha yaqinlashtiriladi, metallni qizdirish esa plastik deformatsiyalanishiga yordam beradi. Diffuziyali payvandlash jarayonini quyidagi uchta bosqichda ko‘rish mumkin: — birinchi bosqichda yuzalar orasida fizik kontakt hosil bo‘ladi (3-a, b rasm); — ikkinchi bosqichda kimyoviy bog‘lanish hosil bo‘ladi (3- d rasm); — uchinchi bosqichda kontakt zonasida hajmiy bog‘lanish hosil bo‘ladi(3- e, f rasm). Uchinchi bosqichda metallning qayta kristallanishi sodir bo‘ladi. Ya’ni metallni qizdirish natijasida plastik deformatsiya ta’sirida mustahkamlangan donalar qaytadan kristallanadi. Yuzada har xil iflosliklarning bo‘lishi donalarning mustahkam birikishiga xalaqit beradi. Shuning uchun diffuziyali payvandlashda mayda donalarning yirik donalarga aylanishiga xalaqit beruvchi jarayonlarning oldini olish kerak. Uni vakuumda bajarilsa, yaxshi natija beradi. Diffuziyali payvandlashning afzalligi shundan iboratki, biriktirish jarayonining hamma bosqichlarida birikish zonasiga oraliq materialni kiritish mumkin. Kiritilgan qo‘shimcha material biriktirish jarayonining o‘sha bosqichini osonlashtirish va tezlatishga yordam beradi yoki materialni chegaralab, hajmiy birikishini to‘xtatishi mumkin. Bu usul diffuziyali payvandlash imkonini kengaytiradi. Diffuziyali payvandlash maxsus dastgohlarda amalga oshiriladi (4-rasm). Ventil 2 da ulanuvchi suv bilan sovitiladigan vakuum kamerasi 1 ga payvandlanayotgan detallar 6 qo‘yiladi. Nasoslar 3 yordamida vakuumdagi havo bosimi 10–2 — 10–5 mm simob ustuniga keltiriladi. Download 253 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling