Inson hayotining xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala boʻlib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bogʻliq


Download 253 Kb.
bet12/15
Sana01.03.2023
Hajmi253 Kb.
#1242004
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Eshmamatov S

Portlatib payvandlash
Portlatib payvandlash usuli portlashdagi havo to‘lqini zarbasiga asoslangan. 1 atmosfera bosimi amplitudali to‘lqindagi havo tezligi (170 m/s) 100 atmosfera bosimli to‘lqin havoni 8 marta ortiq siqadi va u 3 km/s tezlikda tarqaladi. Siqilgan to‘lqin portlash yaqinida hosil bo‘lib, undan zarba to‘lqini kelib chiqadi. Zarba to‘lqini gazlardan tashqari qattiq jismni ham siqishi mumkin. Oddiy sharoitda vodorod yoki metan gazining kislorod bilan aralashmasi 10—20 m/s tezlikda yonadi. Lekin kuchli uchqun chiqishi yoki portlash natijasida esa boshqa hodisa — detonatsiya hosil bo‘ladi, ya’ni yonish tezligi 2000 m/s ga yaqin bo‘ladi. Qattiq portlovchi moddalarning detonatsiyasi esa undan ham yuqori bo‘lib, gazga nisbatan ko‘proq buzishga olib keladi. Eng ko‘p zichlangan trinitrotoluol (trotil) ning 1,5 g/sm3 ining detonatsiyasi 7—8 km/s ga teng bo‘ladi. Undan hosil bo‘lgan bosim 200 ming —300 ming kg·s/sm2, moddaning harakat tezligi detonatsiya tezligining 3/4 qismiga teng bo‘ladi. Shuning uchun portlash hodisasidan payvandlashda foydalanish mumkin
Ultratovushli payvandlash
Ultratovushli payvandlash, asosan, mikroelektrotexnika, asbobsozlik, plastmassadan mahsulot ishlab chiqarish, klinikada biologik to‘qimalarni biriktirishda keng qo‘llaniladi. Ultratovushli payvandlash yordamida yupqa va o‘ta yupqa plyonkalar o‘tkazgichlarga; yupqa folgalar har qanday qalinlikdagi detalga payvandlanadi; folga paketlari, sintetik to‘qimalar, plastmassa metallga payvandlanadi. Bu usul bilan yuzalarida har xil iflosliklar, qoplamalar bo‘lgan detallarni ham payvandlash mumkin
Plazmali payvandlash
Yer sharoitida har qanday moddani uchta holatga (qattiq, suyuq, gaz) o‘tkazish mumkin. Modda o‘ta yuqori haroratgacha qizdirilsa, u plazma holatiga o‘tadi. Modda 3000—5000 K haroratgacha qizdirilsa, uning atomining xossalari o‘zgarib, yangi jarayon hosil qiladi. Ma’lumki, modda atomlari yadrosi atrofida aylanuvchi tashqi elektronlar yadroga ancha bo‘sh tortilib turadi. Atomlar to‘qnashishi natijasida tashqi elektronlar boshqa atomlarga o‘tib ketadi, natijada atomlar musbat zaryadlangan zaryadlarga aylanadi, ya’ni ionlashish hodisasi sodir bo‘ladi. Plazma 10000 K va undan yuqori haroratdagi moddaning bir holati hisoblanadi va u past haroratli plazma deyiladi. Yuqori haroratli plazma uchun harorat 1010 K va undan yuqori bo‘ladi. Laboratoriya sharoitida past haroratli plazmani gazlarda har xil elektr razryadlaridan: chaqmoq razryadidan, elektr yoyidan, yorug‘lik lampalari razryadidan olish mumkin. Payvandlash va qirqish uchun plazma-yoy olish qurilmasining sxemasi 12- a, b rasmlarda keltirilgan. Plazma oqimini olish uchun unda maxsus gorelka yoki plazmatron qo‘llaniladi. Plazma oqimini to‘g‘ri ta’sir ettirib payvandlashda payvandlanayotgan mahsulot payvand zanjiriga ulanadi. Plazma oqimini urinma yo‘nalishda ta’sir ettirib payvandlashda mahsulot zanjirga ulanmaydi.

Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling