Inson hushini yo'qotganda unga ko'rsatiladigan birinchi tibbiy yordam Reja
Download 36.5 Kb.
|
Inson hushini yo\'qotganda unga ko\'rsatiladigan birinchi tibbiy yordam
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`tkir qon ketishi klinikasi.
- Qon oqishini vaqtincha tuxtatish usullari.
- Qon oqishini uzil- kesil tuxtatish.
- QON GRUPPASINI ANIQLASH
SUN`IY NAFAS BERISH USULLARI
Nafas yo`llari utkazuvchanligini tiklash, nafas - tovush boylamlarininig spazmi, nafas yo`llariga kusuk massasininig tikilishi, intubatsion naychaninig buralib ketishi ,tilning xalqumga ketib qolishi va shu kabilar oqibatida nafas faoliyati tuxtashi mumkin. Nafas yo`llari tulik yoki qisman bekilishi mumkin. Bexush holatda yotgan odamda nafas yo`llari erkin o`tkazuvchanligini tiklash uchun tez va izchillik bilan qo`yidagi tadbirlarin o`tkaaizsh zarur: 1) Bemorni qattiq yuzaga chalqancha yoyqizish. 2) boshini orqaga engashtirish. 3) Pastki jag`ini oldinga va yuqori surish va og`zini och. 4) Og`iz va tomoqni shilimshiq va boshqalardan tozalash. 5) bemorni og`ziga xavo yuborib, kukrak qafasi ekskursiyasi va nafas chiqarishni kuzatib turish mumkin. Og`izdan- og`izga yoki og`izdan-burunga nafas berish usuli nafas oldirishninig eng ta`sirchan va oddiy usulidir. bemor boshini orqaga ko`proq engashtirib, chalqancha yotqiziladi. Buning uchun bemorning kuraklari ostiga bolishga uxshatib yumoloqlangan adyol qo`yiladi. Bemorninig burni barmoqlar bilan qisiladi, Og`ziga doka yoki ro`molcha yopiladi va chuqur nafas olib xavo bemorninig og`ziga puflanadi. Nafas chiqarish susut bo`ladi, bir minutda taxminan 12-16 marta puflanadi. Bemorning jag`lari maxkam qisilgan xollarda og`izdan burunga sun`iy nafas oldirish ususli foydali hisoblanadi. bu maqsadda bir qul bilan bemorninig boshi manglayidan orqaga oqaga engashtiriladi. 2-kul bilan iyagidan ushlanadi va pastki jag`ini yuqoriga kutarilib, og`zi berkitiladi. So`ngra chuqur nafas olib lablar bilan burnini kamrab olib jadallik bilan nafas puflanadi. Qon ketish qon tomirlari devortininig shikastlanishi, biror kasallik natijasida emirilishi yoki uning o`tkaszuvchanligi oshib ketishi sababli kelib chiqadi. Shikastlangan tomirning xususiyati va turiga qarab qon oqishininig qo`yidagi turlari farq qilinadi. 1. Arterial qon ketishi- qon ketishninig eng havfli turi bo`lib bu arterial qon tomirlari shikastlanganida yuqori bosim ostida pulssimon qizil alvon rangli qon otilib chiqishi bilan xarakterlanadi.. Bunda bemorda qisqa muddat ichida ko`p miqdorda yo`qotilganligi uchun kamqonlik kelib chiqadi. 2 Venoz qon ketishi- bu vena qon tomiri jarohatlanganda yuzaga chiqadi.Bunda qon bir tekisda , birmuncha sekin oqadi va uning rangi to`q qizil bo`ladi. Bunda markaziy qon tomitrinnig jarohatga yaqin joyini bosganda qon oqishi tuxtaydi. 3. Kappilyar qon ketishi - bu kappilyaralr jarohatlanishidan yuzaga kelib , jarohatning yuzaki qonashi bilan farqlanadi. Qon kurinishi jihatidan arterial va venoz qon orasidagi o`rtacha o`rinni egallaydi. Odatda kappolyardan qon ketishi uz-uzidan tuxtashga moyil buladi. 4. parenximatoz qon ketishi- bunday qon ketishi ichki a`zolar – jigar, taloq, upka, buyrakalrning hamma tomirlari shikastlanganda kuzatiladi. Bunday qon ketishi g`oyat havfli hisoblanib, bunda qomn ketishi tomirlar devorining parenxiamtoz a`zo stromasi tomonidan tutib turilishi, a`zoda antikogulyant moddalar tufayli tromb hosil bo`lmasligidan uz- uzidan tuxtamaydi. Qon ketishi birlamchi va ikkilamchi(operatsiyadan keyin) shuningdek tashqi, ichki (biror yopiq bo`shliqqa) bo`lishi mumkin. qon oqishining keyingi turi jigar, taloq , upka va buyrak kabi a`zolar shikastlanganda kupincha kuzatiladi. O`tkir qon ketishi klinikasi. Bunda teri va shilliq pardalarninig birdaniga oqarib ketishi bilan xarakterlanadi. Bemorning yuzi sulib, kuzi kirtayadi, arterial va venoz qon bosimi pasayadi, puls tezlashib , tuliqligi sust va ipsimon bo`ladi, nafas tezlashadi , bosh aylanadi, a`zoyi badani bushashadi, tashnalik , kuz oldining qoromg`ilashuvi, kungil aynishi, ba`zan qusish kuzatiladi. Qon yo`qotishda ulim og`ir kislorod etishmovchiligi natijasida nafas markazininig falajlanishi va yurak faoliyatining tuxtashi natijasida ruy beradi. Chaqaloqlar va keksalarda oz miqdorda qon ketishi juda asoratlarga , xatto ulimda olib kelishi mumkin. Qon ketishini tuxtatish turlari. Yordam berish sharoitlari va tibbiyot xodimininig malakasiga kura qon oqishini tuxtatish vaqtinchalik yoki uzil- kesil bulishi mumkin. Qon oqishini vaqtincha tuxtatish usullari. - Bosib turuvchi bo`glam- qo`l oyoqni immobilizatsiya qilib bva balandga kutarib , bosib turuvchi bog`lab quyiladi. Bunda jaroxatga doza bir necha qavat steril quyiladi va uninig ustidan maxkam bintlanadi yoki jgut quyiladi. - Qulni bug`imidan bukish - taqim, elka, son arteriyalari jarohatlanganida yuz beradigan qon oqishi ba`zan oyoq- qulni maksimal bukish yoki bo`glam tortib quyish yo`li bilan tuxtatiladi. - Jarohatda tomirni bosib turish - qo`lga steril qo`lqop kiyiladi va jarohat spirt yoki yod bilan artiladi. Kursatkich barmoq jarohatga kiritiladi va sizib chiqayotgan qon tomirini bosib qon ketishi tuxtatiladi. - Jarohatni tarang tamponlash- buininig uchun tampon olinib, uni kornsang bilan birin- ketin va tarang qilib tuldirish orqali qon tuxtatiladi. Odatda bu usul burun jarohatlarida kuzatiladi. - Qonab turgan tomirga qisqich qo`yish – oyoq, qo`l, chanoq , qorin bo`shlig`ida chuqur joylashgan tomirlardan oqayotgan qonni tuxtatish uchun qo`llaniladi. Bunda jarohat orqali qisqich yoki kornsang kiritilib, qonayotgan qon tomirini qisib qon tuxtatiladi. - Tomir bo`ylab bosib turish – bu usulda ayrim yirik arteriyalardan oqayotgan qonni tuxtatish tomirni usha yirik arteriyalardan oqayotgan qonni tuxtatish tomirni usha tomir yaqinida joylashgan suyakka bosish yo`li bilan amalga oshiriladi: umrov osti arteriyasini umrov suyagi ostida joylashgan nuqtadagi 1 qovurg`aga bosiladi. Uyqu arteriyasi barmoq bilan 6- buyin umurtqasininig kundalang usimtasiga , Son arteriyasi Pupart boylamidan pastroqqa kov suyagininig gorizontal suyagining tarmog`iga tarmog`iga bosiladi. jgut bog`lash - bu arterial qon ketishi ni tuxtatishda asosiy usul xisoblanadi. Arterial qon ketishida jgut jarohatga nisbatan markaziy tomonga qo`yiladi. Jgut solishdan oldin jgut solinadigan terini qisib qo`ymaslik uchun oyoq yoki qo`lga sochiq yoki bint uraladi. Jgutni cho`zib o yoq atrofidan aylantiriladi ,jgut uchlari maxkamlanadi va jgut solingan vaqt yozilgan qog`oz qistiriladi. Jgut tug`ri solinganida oyoqninig jgutdan chetrog`idagi qismi oqaradi, jgutdan pastda puls yuqoladi qon oqishi tuxtaydi . Arteriyaga quyilgan jgut ko`pi bilan 1.5-2 soat qoldirilishi mumkin. Maxsus jgut bo`lmaganda tasma, ro `molcha , tizimcha kabilar ishlatiladi. Yasama jgutninig bosish kuchuini oshirish uchun unga ytayoqcha suqiladi va burash yol`i bilan qon oqishi uzil- kesil tuxtatiladi.. Venoz qon oqishida venoz jgut deb ataladigan jgut ishlatiladi. Uni shikastlangan joydan pastroqqa chamasi 6 soat muddatga solinadi va u qattiq tortilmaydi. Bunda oyoq yoki qo`l ko`karadi, arteriyada puls sa qlanib qoladi , qon oqishi tuxtaydi. Qon oqishini uzil- kesil tuxtatish. Mexanik usullar : Jarohatdagi tomirni bo`glash bunda qonagan tomir istalgan chok materiali (ipak, lavsan, ketgut)\bilan bog`-di. - Tomir bo`ylab bo`glash jarohat qattiq infeksiyada, jarohatdagi tomirni topish qiyin bulganda qullaniladi. -0 tomirlarga chok solish - maxsus chok materiali bilan travmatik ignalar yordamida tomirlarga mexanik chok solinadi. Fizikaviy usullar: - Sovuqni maxalliy quyish- bunda muz solingan rezina yoki polietilen xaltachalar ishlatiladi. - Elektr koagulyatsiya- maxsus koagulyator yordamida operatsiya vaqtida mayda tomirlardan qon ketishida qullaniladi. -Issiq fizilogik eritmani qullash- 60-80 %gacha qizdirilgan eritmaga xullangan salfetka qonayotgan soxaga bir necha minutga quyiladi. Kimyoviy usullar :- Tomirlarni toraytiradigan preparatlar 0.1 % li adrenalin preparati maxalliy yoki parenteral ish-di. -Qonning ivish xususiyatini oshiradigan preparatlar- vodorod peroksid, kalsiy xlorid, aminokapron kislotasi va vikasol ish-di. Biologik usullar: - Gemostatik vositalarni ot zardobi,gemostatik bulut , fabrin pardasi kabilardan foydalaniladi. -Gemostatik vositalarni venaga qo`llash – qon , plazma, gemofobin, antigemofil globulin va antimofil plazma, fibrinogen va boshqalardan kichik dozalarda bo`lib- bo`lib quyiladi. QON GRUPPASINI ANIQLASH Odamda qonnning 4 guruhi uchraydi: - Birinchi guruh-0(1) eretrotsitlarda aglyutinogenlar yo`q (0 zardobda esa 2 ta aglyutenin alfa va betta bor. - Ikkinchi guruh - A (II) eretrotsitlarda agglyutinogen (A) zardobda esa agglyutin beta bor. -Uchinchi guruh – B (III) eretrotsitlarda agglyutinogen B, zardobda esa agglyutinin alfa bor. - To`rtinchi guruh – AB (IV) eretrotsitlarda ikkala aglyutinogen A va B bor bioq zardobda agglyutininlar bo`lmaydi. Qon guruhini standart zardoblar bilan aniqlash. Bu usul bo`yicha qon guruhini aniqlash uchun aniqlanadigan qon guruhlari avvaldan ma`lum zardob bilan aralashtiriladi va aglyutinatsiya bor - yuqligiga qarab qon guruhi to`g`risida xulosa chiqariladi. Aniqlash uchun 3 guruh oldindan tayorlangan qon o (I),A(II),B(III) standart zardobininig xar bir guruh uchun 2 ta xar xil guruh seriyalari qullaniladi. Buyum oynasi yoki chinni tarelkaga xar bir seriyadan bir juftdan ikki (seriyadan) tomchidan standart zardob tomiziladi. Zardoblar alohida pipetkalar orqali olinadi. tekshiriladigan bemorninig barmog`i spirt bialn artilib, unga maxsus skarifator bilan igna sanchiladi va 6 tomchidan qon olinib, standart zardoblar bilan alohida shisha tayoqchalar yordamida aralashtiriladi.5 minutdan so`ng soxta aglyutinatsiya reaksiyasini aniqlash uchun zardobga bir tomchdan fiz. eritma qo`shialdi. Agar natijada: a) uchala aralashtirlgan tomchilarda aglyutinatsiya ro`y bermasa, bu tekshirilayotgan qon O(I), b) O(I) va B(III) zardobalr bilan aglyutinatsiya ro`y bersa qon guruhi A(II) bo`ladi. b (I) hamdaA (II) zardobi bilan aglyutinatsiya ro`y bersa, B (III) qon guruhi bo`ladi. G) Uchala aralashtirilgan z ardobgda aglyutinatsiya reaksiyasi bo`lsa, AB(IV ) guruhi bo`ladi. Xato qilmaslik uchun guruhi 2 seriyadagi standart zardob bilan aniqlanadi. Agar uchala zardob bilan aglyutinatsiya ro`y bersa AB (IV) qon guruhini AB (IV) qon guruhi zardobi bilan qo`shimcha aniqlash o`tkazish zarur\ bo`ladi Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling