Inson odobi bilan go’zal


Siyosiy va jahon yangiliklari


Download 17.97 Kb.
bet4/5
Sana26.01.2023
Hajmi17.97 Kb.
#1124778
1   2   3   4   5
Bog'liq
bayonnoma 2 (2)

Siyosiy va jahon yangiliklari

  • Inson odobi bilan go’zal” mavzusini yoritish

  • Hamid Olimjonning “O’zbekiston” she’ri tahlili

  • A. Qodiriyning “O’tkan kunlar” asarini mustaqil o’qish

    1-bosqich (20 daqiqa). Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda yuz berayotgan yangiliklar haqida talabalar o‘z bilganlarini aytib beradilar. Shundan so‘ng murabbiy o‘zi talabalarga yetkazilishi zarur bo‘lgan axborotni berdi.
    Keyingi haftaga qadar mamlakatda va jahonda yuz berayotgan yangiliklardan o‘zlashtirib kelish topshirig‘i berildi.
    2-bosqich (20 daqiqa). Chiroyli odob, go‘zal axloq yuksak ma’naviyat namunasi ekanligi, talaba-yoshlar ham ta’lim muassasida kiyinish, o‘zini tutish, muomala qilish odobi bilan o‘rnak bo‘lishi lozimligi tushuntirildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi, "Ta’lim to‘g‘risida"gi, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida"gi va "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunlar, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012 yil 21 maydagi 139-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari hamda ta’lim muassasasining Odob-axloq qoidalari qisqacha mazmuni haqida tushuncha beriladi. Vazirlikning 2018 yilda yaratilgan Oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy-ma’rifiy muhitni shakllantirish, jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga oid uslubiy tavsiyalar bilan tanishtirildi.
    3-bosqich (20 daqiqa). "O'zbekiston" she’rida Hamid Olimjonning Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg’ularini yoritib berganligi haqida suhbat olib borildi. Talabalar tomonidan bu she’r ifodali o’qib berildi.
    4-bosqich (20 daqiqa). 3-bosqich talabalariga “Otkan kunlar” romanini o’qib tahlil qilib kelish topshiriq sifatida berilgan edi. O‘qigan talabalardan mazmuni so‘raldi. Kitobning mazmunli va qiziqarli joylaridan muhokama qilindi va shu orqali ularni shu kitobni o‘qishga qiziqtirildi. O'tmishning qora kunlari, vatan ozodligi, muhabbat va sadoqat haqida tushuncha berildi.

    Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 621-20 guruh talabalarining 2-hafta “Inson odobi bilan go’zal” mavzusidagi


    B A Y O N N O M A S I

    17.09.2022-y Qatnashdilar M. Xidirova


    621-20 guruh talabalari

    K U N T A R T I B I




    1. Download 17.97 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling