Inson resurslarini boshqarish mavzu: mehnat unumdorligiga erishishda boshqaruvning ahamiyati
Download 79.46 Kb.
|
Usmonov Muhammadsoli
Inson mehnati yagona tabiatga ega va u mulkchilik shakllari, mehnat faoliyati turlaridan qat’i nazar, umumiy xarakterda bo‘ladi. SHuning uchun ham iqtisodiyot fani va xo‘jalik amaliyoti oldida doimo uch muammo turadi va ularning hal etilishi jamiyatning kengaytirilgan ishlab chiqarishini ta’minlaydi: - bo‘sh vaqt byudjetini ko‘paytirish maqsadida mehnat unumdorligini oshirish orqali jonli mehnatni tejash va insonni bevosita ishlab chiqarishdan ozod qilish; - ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hisobiga iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan sarflarni kamaytirish; - ijtimoiy ishlab chiqarish unumdorligini oshirish yo‘li bilan inson ehtiyojlarini maksimal qondirish. Aytib o‘tilgan muammolarning hal etilishi darajasini hamda ularning o‘zaro aloqasini baholash uchun bir nechta iqtisodiy ko‘rsatkichlar mavjud. Iqtisodiyotda unumdorlik o‘z mohiyatiga ko‘ra uch miqdor bilan o‘lchanadi: jonli mehnat sarfi, moddiylashgan mehnat sarfi va bu sarflar tufayli ishlab chiqarilgan iste’mol qiymatining miqdori ifodalanadi. Bu miqdorlar orqali har qanday jamiyat o‘zining iqtisodiy imkoniyatlarini namoyon qiladi. Ammo aytib o‘tilgan miqdorlarning absolyut qiymatlari bo‘yicha, ayni bir vaqtda, iqtisodiy hodisaning turli holatlarini iqtisodiy jihatdan to‘liq qiyoslash mumkin emas. SHuning uchun nisbiy miqdorlarda hisoblanadigan mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi va ishlab chiqarish mahsuldorligiga ko‘rsatkichlarini alohida-alohida qo‘llash kerak bo‘ladi. Mehnat unumdorligini aniqlash masalasida hozirgi kunga qadar aniq bir fikr shakllanmagan. Bu xususda bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki nuqtai nazar mavjud: birinchisiga ko‘ra, ko‘rsatkich jonli va moddiylashgan mehnat unumdorligini, ikkinchisiga ko‘ra esa, faqat jami mehnatni aks ettirishi kerak.
Download 79.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling