Inson resurslarini boshqarish, xodimlar ish faoliyatini baholash usullari
Devid Ogilvi (1911-1999), Ogilvy & Marter reklama kompaniyasining asoschisi
Download 1.85 Mb.
|
10-mavzu
Devid Ogilvi (1911-1999), Ogilvy & Marter reklama kompaniyasining asoschisi.Agar har birimiz ishga o‘zimizdan past bo‘lganlarni qabul qiladigan bo‘lsak, biz karlik (pakana)lar kompaniyasiga aylanamiz. Ammo har birimiz ishga o‘zimizdan yuqori bo‘lganlarni yollasak, biz gigantlar kompaniyasi bo‘lamiz. Hozirgi vaqtda menejerlar oldida global miqyosda raqobatbardoshlikni oshirish, sifatni yuksaltirish, innovatsiyalarni joriy etish, xaridorlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, kompaniyalarning qo‘shilishi va sotib olinishini boshqarish, biznes uchun yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash kabi strategik vazifalar turibdi. samarali ishchi kuchini jalb qilish uning salohiyatini rivojlantirish uzoq muddat davomida uni qo‘llab-quvvatlashdir Inson resurslarini boshqarishning uchta asosiy maqsadi bu «Inson resurslarini boshqarish» atamasi ilk bora XX asrning 60-yillarida boshqaruv bo‘yicha adabiyotlarda paydo bo‘lgan. Keng ma’noda bu eng avvalo, ijtimoiy boshqaruv bo‘lib, fuqarolarning jismoniy, ma’naviy va intellektual qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish, jamiyat hayotining turli jabhalarida ularning imkoniyatlarini oqilona qo‘llash jarayonlariga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sirni ta’minlaydi va tegishli sharoilar yaratadi. XX asrda menejment rivojlanishi ishlab chiqarish sohasida inson roliga jamoatchilik qarashlari shiddatli o‘zgarishi bilan birga kuzatildi. Bu vaqt davomida ishlab chiqarish sohasida insoning roli kuzatiladigan to‘rt kontseptsiya almashinuvi ro‘y berdi.1. Mehnat resurslaridan foydalanish: XIX asr oxirlaridan XX asr 60-yillarigacha ishlab chiqarishda band bo‘lgan inson o‘rniga faqat uning funksiyasi – ish haqi va ish vaqti xarajatlari bilan o‘lchanadigan mehnat ko‘rib chiqilgan. 2. Personalni boshqarish: XX asrning 30-yillaridan rivojlana boshlagan ushbu kontseptsiyaning ilmiy asosini byurokratik tashkilotlar nazariyasi tashkil qilgan, bunda inson rasmiy roli - lavozimi orqali ko‘rib chiqilgan, boshqaruv esa – ma’muriy mexanizmlar (tamoyillar, usullar, vakolatlar, funksiyalar) orqali amalga oshirilgan. 3. Inson resurslarini boshqarish – inson struktura elementi sifatida emas, lavozim sifatida – uchta asosiy tarkibiy qism – mehnat funksiyasi, ijtimoiy munosabatlar va xodimning holati birligida ko‘rib chiqila boshlagan. Mamlakat amaliyotida bu ko‘rsatkich qisman foydalanilib, qayta qurish yillarida «inson omilini faollashtirish» nomini olgan. 4. Insonni boshqarish: ushbu kontseptsiyaga muvofiq, inson – uziga xos boshqaruv obyekti, lekin u resurs sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling