Inson resurslarini boshqarish, xodimlar ish faoliyatini baholash usullari
Eng muhim elementlari quyidagilarga borib taqaladi
Download 1.85 Mb.
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Inson resurslarini boshqarishning xuquqiy asoslari
Eng muhim elementlari quyidagilarga borib taqaladi.
Kontseptsiyalar tahlili, ularni tashkilotlar faoliyati amaliyotida aks ettirish personalni boshqarishga yondashuvlarni turlicha tizimlashtirshiga imkon beradi. 2. Inson resurslarini boshqarishning xuquqiy asoslariMehnat qonunchiligining inson resurslarini boshqarishga ta’siri Inson resurslarini samarali boshqarish barcha menejerlar uchun murakkab vazifa hisoblanadi. Bir tomondan, huquqiy muhit uzlyuksizo‘zgarib boradi va inson resurslari bo‘yicha menejerlar doimo yuridik oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan masalalardan xabardor bo‘lishlari kerak. Menejerlar ishga joylashishdagi teng imkoniyatlarni kafolatlashga qaratilgan qonunlarning asosiy maqsadi – mehnat munosabatlari borasidagi kamsitishlar bilan kurashishdir. Ishga joylashishda teng huquqiylikni ta’minlash to‘g‘risida qonunlar ayollar va erkaklarga haq to‘lashni muvozanatlashtirishga; bo‘sh ish joylariga ularning irqi, millati, diniy e’tiqodi va jinsidan qat’iy nazar ega bo‘lishni kafolatlash; barcha yoshdagi kishilarga adolatli munosabatni ta’minlash va nogironlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Hozirgi zamon jamiyatida - karerani rivojlantirish tendensiyalari dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ishlovchilar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatda ro‘y berayotgan so‘nggi o‘zgarishlardan hamda masofaviy ishlash, autsorsing, to‘liq bo‘lmagan va virtual bandlik kabi mehnatni tashkil qilishning yangi usullaridan xabardorlik inson resurslarini boshqarishda kompaniyaga ham, uning xodimlariga ham naf keltirishi mumkin. Inson resurslarini boshqarishda xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlari qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi. Qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin. Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning shartlari, agar qonunda boshqa holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bir taraflama o‘zgartirilishi mumkin emas. Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinmagan masalalar mehnat to‘g‘risidagi shartnoma taraflarining kelishuvi asosida, o‘zaro kelishilmagan taqdirda esa, — mehnat nizolarini ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda hal qilinadi. Ish beruvchining asosiy huquqlari esa korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish, qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish, o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish huquqiga egadir. Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir. Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir. Ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi o‘z vakillik organi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferentsiyasi) ega. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling