Inson taraqqiyoti tushunchasi inson taraqqiyoti indeksi va uning tarkibiy qismlari
Download 0.6 Mb.
|
Inson taraqqiyoti indeksi
Reja KIRISH INSON TARAQQIYOTI TUSHUNCHASI INSON TARAQQIYOTI INDEKSI VA UNING TARKIBIY QISMLARI BMT NING MINGYILLIK RIVOJLANISH MAQSADLARI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Inson taraqqiyoti indeksining kelib chiqishi Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturining (BMTTD) Inson taraqqiyoti boʻyicha hisobot byurosi tomonidan ishlab chiqarilgan yillik Inson taraqqiyoti hisobotlarida keltirilgan. Bular 1990-yilda pokistonlik iqtisodchi Mahbub ul Haq tomonidan ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan boʻlib, aniq maqsad „rivojlanish iqtisodining diqqatini milliy daromad hisobidan odamlarga yoʻnaltirilgan siyosatga oʻtkazish“ edi. Haq jamiyatni, akademiklarni hamda siyosatchilarni taraqqiyotni nafaqat iqtisodiy taraqqiyot, balki inson farovonligining yaxshilanishi bilan ham baholay olishi va baholashi kerakligiga ishontirish uchun inson rivojlanishining oddiy yigʻindisi zarur deb hisoblardi. INSON TARAQQIYOTI TUSHUNCHASI Hozirgi kunda inson taraqqiyoti tushunchasi OAVda, shuningdek siyosiy va iqtisodiy sohalarda tez – tez qo’llanilmoqda. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi ilk marotaba 1990 – yilda BMTTDning inson taraqqiyotiga bag’ishlangan Ma’ruzasida keng tahlil qilindi. Unga ko’ra, taraqqiyotning asosiy maqsadi insonlarni keng qamrovli tanlash imkoniyati bilan ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Odamlarning sifatli ta’lim olishga erishishi, teng ravishda munosib ish o’rniga va salomatligini asrash uchun yetarli daromadga ega bo’lishi hamda malakali tibbiy xizmatdan foydalana olishi inson taraqqiyotining qay darajadaligini belgilab beradigan mezonlar hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakat boyligi tabiiy resurslar bilan emas, balki shu millat odamlari bilan belgilanmoqda. Ya’ni qaysi mamlakat o’z fuqarolariga keng qamrovli tanlov umkoniyatini yaratib bergan bo’lsa, o’sha davlatda insonlarning har jihatdan rivojlanishi hisobiga farovonlik va to’kin-sochinlik hukm suradi. Lekin insonlarga vosita sifatida emas, balki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga erishishning tub maqsadi sifatida qarash o’rinlidir. Shuning uchun ham inson taraqqiyoti konsepsiyasi „mamlakatning haqiqiy boyligi – bu uning odamlaridir”, degan asosiy g’oyani targ’ib qiladi. 1990 – yil boshlaridan beri inson taraqqiyoti ko’rsatkichi (indeksi) belgilab olindi. Unga asosan mamlakat rivojlanishining o’rtacha darajasi inson taraqqiyotining asosan quyidagi uch asosiy o’lchoviga ko’ra aniqanadigan bo’ldi: Kutiladigan yashash davomiyligi ko’rsatkichi o’zida mamlakat sog’liqni saqlash tizimi va ijtimoiy ta’minotning holatini ma’lum darajada aks ettiradi. Ta’lim darajasi ko’rsatkichi aholi katta yoshli qismi(15 yosh va undan katta)ning savodlilik darajasini va aholini boshlang’ich, o’rta va oliy ta’limga jalb qilish holatini o’zida ifoda etib, mamlakat ta’lim tizimining qay tarzda ekanligini ko’rsatib beradi. Aholi jon boshiga nisbatan YaIM (yalpi milliy mahsulot) ko’rsatkichi mamlakat fuqarolarining daromadi qay darajada ekanligini ko’rsatadi. Ushbu tarkibiy qismning har biri insonning muhim va asosiy imkoniyatlarini o’zida qamrab oladi. Inson taraqqiyotining bu uchala komponenti uchun muntazam ravishda hisoblanadigan va deyarli dunyodagi barcha mamlakatlar taqqoslanadigan ko’rsatkich tizimi taqdim qilingan. BMT statistik ma’lumotlariga ko’ra, 2004 yil O’zbekistonda inson taraqqiyoti ko’rsatkichlari quyidagi natijalarni bergan: Ta’lim ko’rsatkichi 40,45%ni tashkil etib, mamlakat ta’lim sohasi butundunyo o’rtacha ko’rsatkichidan yuqori yoki 177 davlat orasida 80 o’rindan joy olgan. Kutiladigan o’rtacha umr davomiyligi 34,92%dan iborat bo’lib, dunyo mamlakatlari bo’yicha 112 – o’rinda turgan. Biroq aholi jon boshiga nisbatan YaIM ko’rsatkichi 177 mamlakat orasidan faqatgina 141- o’rinni egallagan. Lekin so’nggi ma’lumotlarga asosan, mamlakatda YaIM o’sish darajasi 2007 – yilda 9,5%ni tashkil etgan. Bunday o’sishga fuqarolarning, ayniqsa, qishloq joylaridagi aholining yashash darajasi tobora yaxshilanayotganligi sabab bo’lmoqda. Shunday qilib, hozirda O’zbekiston inson taraqqiyoti o’rtacha bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin olgan. Keyingi yillarda hukumatimiz va BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida inson taraqqiyoti konsepsiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O’zbekistonda o’tgan yillar davomida inson taraqqiyotiga qaratilgan jami 9ta milliy ma’ruza e’lon qilindi: Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy taraqqiyot (1995 – yil) Iqtisodiy o’sish va inson taraqqiyoti (1996 – yil) Ijtimoiy yakdillik va inson taraqqiyoti (1997 – yil) Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning demokratik, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar o’tkazishdagi roli (1998 – yil) O’zbekiston mustaqillikka erishgan yildan beri o’tgan davrga inson taraqqiyoti jihatidan nazar tashlash (1999 – yil) Kichik va o’rta biznesni kengaytirish va rivojlantirish orqali inson taraqqiyotini kuchaytirish (2000 – yil) Markazsizlashtirish va inson taraqqiyoti (2005 – yil) Salomatlik barcha uchun: O’zbekistonning yangi mingyillikdagi asosiy maqsadi (2006-yil) O’zbekistonda ta’lim: talab va taklif mutanosibligi (2007-2008 yillar) O’tgan davrga nazar tashlaydigan bo’lsak, ma’ruzalarning har birida belgilangan muhim maqsad va vazifalar hayotda o’z aksini topayotganligini ko’ramiz. Bir tomondan, hukumatimiz tomonidan inson taraqqiyotini kuchaytirishga qaratilgan turli qaror va qonunlar qabul qilinib, hayotga tadbiq etilmoqda. Boshqa tomondan BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi homiyligi va tashabbusligida mamlakatimizda inson taraqqiyoti konsepsiyasini keng targ’ib qilishga yo’naltirilgan qator hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda. Shulardan biri 2008 yilning may oyidan ish boshlagan “Inson taraqqiyoti konsepsiyasini o’qitish orqali ta’lim muassasalari salohiyatini kuchaytirish” loyihasidir. Hozirgi kunda o’qituvchilar, davlat xizmatida ishlovchi xodimlar va yosh avlod vakillari orasidan inson taraqqiyoti konsepsiyasini yaxshi biladigan, milliy rivojlanish strategiyasini tahlil qilishda ushbu konsepsiya tamoyillarini qo’llay oladigan mutaxassislarni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham loyihaning asosiy maqsadi mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida inson taraqqiyoti konsepsiyasini o’qitishni joriy qilish, shuningdek Inson taraqqiyoti va Ming yillik Rivojlanish Maqsadlari tamoyillariga mos bo’lgan strategiya haqida talabalar va o’qituvchilarning xabardorligini oshirishdan iborat. Joriy yilning 25 avgust kuni BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi ushbu loyiha doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bilan o’zaro hamkorlik haqida memorandum imzoladi. Mazkur tadbir ikkala tomon rahbarlari hamda inson taraqqiyoti konsepsiyasining nazariy va amaliy asoslari bo’yicha talabalarni o’qitishga bevosita jalb etilgan professor-o’qituvchilar, shuningdek OAV vakillari ishtirokida universitet binosida tashkil etildi. O’zaro hamkorlik haqidagi memorandumni imzolash chog’ida BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi doimiy vakili Erjan Murat quyidagi fikrlarni bildirdi: “Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlashim kerakki, O’zbekiston Qozog’iston, Ozarbayjon, Rossiya, Belorusiya kabi davlatlar qatori ushbu o’quv dasturini joriy etish ishtirokchisiga aylandi. Bu tashabbuslarimizni amalga oshirishda asosiy milliy hamkor sifatida aynan JIDUni tanlashimiz strategik jihatdan asoslangan. JIDU O’zbekistonda ta’lim rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Universitetingiz bitiruvchilarining juda yuqori malakali mutaxassis bo’lib, davlat vazifalarida ishlayotganligini kuzatish mumkin”. Shuni ta’kidlash o’rinliki, JIDU magistratura bosqichining o’quv rejasiga “Inson taraqqiyoti” nomli o’quv kursining sinov tariqasida kiritilganligi ushbu memorandumning imzolanishiga turtki bo’ldi. O’tkazilgan kurs nafaqat talabalar, balki o’qituvchilarda ham ijobiy taassurot qoldirdi. 35 nafardan ortiq talabalar o’quv yili mobaynida mazkur kursni tinglashdi va kursni yanada takomillashtrish yuzasidan o’z taklif va tavsiyalarini bildirishdi. JIDU rektori Hamidulla Karamatov joriy etilgan o’quv dasturining ahamiyati va o’zaro hamkorlik haqida shunday mulohazalarni bildirdi: “Eng yaxshi sarmoya – bu yoshlar uchun sarmoya kiritishdir. Shu nuqtai nazardan ushbu loyihaga nisbatan bizning talabalarimizga, bizning farzandlarimizga ko’rsatilayotgan yordam sifatida qaraymiz. Men umid qilamanki, talabalarimiz 2- sentabrdan o’quv xonalariga kirgach, bunday yangiliklardan ularning chaqnoq ko’zlari yanada katta-katta ochiladi. O’ylaymanki, shuning o’zi BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasiga, menga va barcha hamkasblarimiz uchun aytilgan “katta rahmat” bo’ladi. Aynan shuning uchun yashasak va mehnat qilsak arziydi”. Shuningdek 26-29 avgust kunlari mobaynida BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi Majlislar zalida “Inson taraqqiyoti konsepsiyasini o’qitish orqali ta’lim muaassalari imkoniyatlarini kuchaytirish” loyihasi doirasida maxsus trening o’tkazildi. Unda poytaxtimizda joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kabi nufuzli oliy o’quv yurtlarida asosan iqtisodiy yo’nalishda ta’lim beradigan o’qituvchilar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi hamda O’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari ishtirok etishdi. Moskva davlat universiteti malakali o’qituvchilaridan Vladimir Echenike va Tatyana Razumova, BMTTDning inson taraqqiyoti masalalari bo’yicha koordinatori Yelena Danilova, BMTTD milliy koordinatori Aleksey Volkov va boshqa mutaxassislar trening ishtirokchilariga inson taraqqiyoti konsepsiyasining ahamiyati, uning muhim jihatlari va omilari bilan tanishtirishdi. Bundan tashqari o’qituvchilarga o’quv rejasiga “Inson taraqqiyoti” kursining kiritilishi bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Trening so’nggida ma’ruzalar yuzasidan test topshirildi va ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling