Inson va fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquq va erkinliklari
Download 1.37 Mb.
|
Fuqarolarning siyosiy . Iqtisodiy. Hamda ijtimoiy huquq
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining siyosiy huquqlaridan yana biri bu jamoat birlashmalariga (siyosiy partiyalarga)uyushish(a’zo bo’lish) hamda ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqidir.Bu huquq Konstitutsiyaning 34-moddasiga belgilab qo’yilgan.”Ozbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’rsida”gi qonunning 1- moddasida jamoat birlashmalari haqida quyidagi tushuncha berilgan.”O’z huquqlari,erkinliklarini hamda siyosat, iqtisod, ijtimoiy rivojlanish , fan sohasidagi qonuniy manfaatlarni birgalikda ro’yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir”.Demak,, jamoat birlashmalariga birlashish huquqi natijasida ,fuqarolar o’zlarining boshqa huquq, erkinliklarini yanada to’laroq jamoaga birlashib, birgalikda amalgam oshishiga erishar ekan.
Qonunning shu moddasida qaysi uyushmalar jamoat birlashmalari bo’lishligi belgilangan.Unga ko’ra jamoat birlashmalari bo’lib,siyosiy partiyalar,ommaviy harakatlar,kasaba uyushmalari,xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari,veteranlar va nogironlar tashkilotlari, ilmiy texnikaviy,madaniy-ma’rifiy jismoniy tarbiya-sport va boshqa ko’pchilik jamiyatlar, iqtisodiy uyushmalar,fondlar, assosiattsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari hisoblanadi.Ularning faoliyati, tegishli tartibda ro’yxatga olingach qonuniy hisoblanadi.Ko’rinib turibdii, jamoat birlashmalari siyosiy partiyalar,ommaviy tashkilotlar yoki alohida bir soha, tarmoq, yosh,jins vakllarini birlashtiruvchi uyushma shaklida bo’lar ekan.Ular qanday shaklda bo’lmasin,ularga a’zo bo’lib kirishixtiyorlikka asoslanadi.Fuqarolar jamoat birlashmalariga uyushish huquqi, ularga o’zlarining maqsadlarini, istaklarini o’zaro maslahallashib,birgalikda faol samarali amalga oshirish imkoniyatini beradi.Siyosiy partiyalarga a’zo bo’lish natijasida hokimiyat organlari ishida ishtirok etishda keng imkoniyat vujudga keladi, chunki ular vakillik hokimiyati organlarining hamma bo’g’inlariga deputatlikka nomzod ko’rsatish huquqiga ega.Tabiiy ravishda o’z-o’zidan ma’lumki,siyosiy partiyalar nomzod ko’rsatayotgan vaqtida o’z a’zolari orasidan nomzod ko’rsatishga harakat qiladi.Agar siyosiy partiya a’zolarini partiyasizlarga nisbatan davlat ishlarida ishtiroki kengroq desak xato bo’lmaydi.
Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling