1992-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli” deb, shaxslarning mulkka bo’lgan huquqi konstitutsiyaviy mi’yor darajasiga ko’tarildi.Bu huquq Konstitutsiyadan tashqari Respublikamizning “Mulkchilik to’g’risida”gi, “Korxonalar to’g’risida”gi va boshqa qonunlarda mustahkamlanadi. - 1992-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli” deb, shaxslarning mulkka bo’lgan huquqi konstitutsiyaviy mi’yor darajasiga ko’tarildi.Bu huquq Konstitutsiyadan tashqari Respublikamizning “Mulkchilik to’g’risida”gi, “Korxonalar to’g’risida”gi va boshqa qonunlarda mustahkamlanadi.
- Hozirgi kunda insonlarning,fuqarolarning mulk huquqi Fuqarolik Kodeksi va muklchilik to’g’risidagi qonunga muvofiq xususiy mulk deb belgilandi.Ularning mulki ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishdan, o’z xo’jaligini yuritishdan olingan daromadlar, kredit tashkilotlari, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarga sarflangan mablag’lardan keladigan daromadlar, meros olish va qonunlarda taqiqlanmagan boshqa har qanday asosda vujudga keladi. Xususiy mulk huquqining obektlari tarkibi, miqdori va qiymati jihatidan cheklanmaydi. Xususiy mulk mulkdorning ham ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi hamda boshqa fuqarolarning mehnatga yollashga asoslanishi mumkin.
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi 2-qismiga asosan “Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda tartibdaginamulkidan mahrum etilishi mumkin”. Bu modda insonlarning mulk huquqini asosiy qonun darajasida kafolatlaydi.
- Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egali qiladi,undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi,fuqarolar,yuridik shaxslar davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasliklari shart (Konstitutsiyaning 54-moddasi).
- Shaxlarning “bankka qo’yilgan omonatlari sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”.Ushbu konstitutsiyaviy miyordan kelib chiqib respublikamizning “Bank va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunda moliyaviy olish-sotish,hisobdagi pul va omonat jamg’armalari bo’yicha ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatgan.
- Fuqarolik kodeksiga asosan shaxslar mulkini yoki mulkiy huquq va burchlarni vasiyat bo’yicha ham,qonun bo’yicha ham meros qilib qoldirishi yoki ularni meros qilib olishi mumkin.Mulk huquqi muddatsizdir(FKning 164-moddasi).Mulk daxlsiz va qonun bilan qo’riqlanadi.
- Har bir shaxsga erkin tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi berilgan bo’lib,u davlat tomonidanmuhofaza qilinadi.Bu faoliyatni cheklashga hech kimning haqqi yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |