Insonga berilgan ne’matlar ichida eng qadrlisi bu uning salomatligi. Sog‘lom insongina hayotga aniq maqsadlar va to‘g‘ri rejalar qo‘ya oladi. Yuzida rangi, chexrasida tabassumi bo‘ladi


Download 16.15 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi16.15 Kb.
#1242104
Bog'liq
АКМАЛ НАЗАРОВ 1


Insonga berilgan ne’matlar ichida eng qadrlisi bu uning salomatligi. Sog‘lom insongina hayotga aniq maqsadlar va to‘g‘ri rejalar qo‘ya oladi. Yuzida rangi, chexrasida tabassumi bo‘ladi. Ammo har doim salomatligimizga jiddiy e’tibor qaratavermasligimiz oqibatida issiq jonimiz isitmalab qolishi ham bor gap. Shunday paytlarda tibbiy yordamga ehtiyoj sezamiz.
Biroq har bir kishi tabiatning tabiiy o’simliklaridan zaruriy hollarda foydalishni, uning salomatlik uchun qanchalik foydali ekanligini bilavermaydi. Masalan, isiriq o’simligini olaylik. Biologik jihatlariga ko’ra isiriqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik sanalgan isiriq poyasi bir nechta, sershox, barglari kulrang yoki yashil, gullari sargʻish-oq, mevasi dumaloq koʻsakcha ko’rinishida mamlakatimizning turli mintaqalarida uchraydigan tabiiy o’simlikdir. Uning fanda 6 turi maʼlum. Oʻzbekistonda esa uning 1 turi Harmala keng tarqalgan. Choʻl va yarim choʻllarda, aholi yashaydigan yerlarda, ekinlar orasida va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi. Tabobatda qadimdan turli kasalliklar (tutqanoq, tomoq ogʻrigʻi, zaxm)ni davolashda, siydik haydovchi, terlatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Urugʻidan jun gazlama va shoyilar uchun boʻyoq olinadi. Tabiat qo’ynida, ochiq dala maydonlarida 70 sm balandlikkacha bo’lib o’sadigan mazkur ne’mat bir qarashda oddiy, yovvoyi o’simlik bo’lib tuyulishi ham bor gap. Uning tarkibida alkaloidlar, peganol, peganidin, garmin, garmalin, turli moylar, oshlovchi moddalarning mavjudligi tufayli uning inson salomatligida sezilarli ahamiyati kasb etadi. Xususan, garmin asab tizimini tinchlantiradi, bosh miya yallig‘lanish asorati – qaltirashni davolashda va uxlatuvchi modda (dori) sifatida ishlatiladi. Alkaloidlar esa Kina yoki xinin bezgakni davolashda, og’riqni yengillashtirishda ham samaralidir. Isiriq o‘tini kuydirib, biroz hidlansa bosh og‘rig‘i yo‘qoladi, uning urug’idan tayyorlangan qaynatmasi nafas olishi qiyinlashganda, nafas qisishida ham davo bo’ladi.
Isiriqning sut shirasi tibbiy paxtaga shimdirilib, qichimadan qiynalgan joylarga 10 kun davomida surtilsa, qichimani tuzatadi. Yurak faoliyatini yaxshilash maqsadida isiriq urug‘i, sedana, kamfora, murch, petrushka, qora zira, za’faron teng miqdorda olinib, aralashtiriladi. Hamda asal yoki shaker qo‘shilib kuniga bir mahal ichiladi. Isiriqning dorivor preparatlari uxlatuvchi ta’sirga ham ega. Isiriq tutuni bilan xonalarni tutatishda xona havosini tozalashga erishiladi. Isiriqning farmakologik xususiyatlari, uning foydali jihatlarini o’rganish o’tgan asrning 60- yillarida boshlangan edi. Ko’p vaqt o’tmay uning tarkibiy tuzilishi, foydali biologik jihatlari ma’lum qilingan. U grippni qo’zg’atuvchi virus bakteriyalarini to’xtatish, zararli mikroorganizmlarning rivojlanishini oldini olishi, havodagi mikroorganizmlarga ta’siri tufayli ayrim kasalliklar rivojlanishini to’xtata oladi. Bir so’z bilan aytganda, tabiatning tabiiy gavhari bo’lmish isiriq
Download 16.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling