"Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" yurt taraqqiyotining
Nega 2023 yilga bunday nom berildi?
Download 23.3 Kb.
|
2023-yil insonga e\'tibor va sifatli ta\'lim yili-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim, ta’lim, ta’lim va yana bir marta ta’lim.
Nega 2023 yilga bunday nom berildi?Prezident 2023 yilgi rejalarni to‘g‘ri olish uchun «juda katta-katta odamlarni pastlarga, birinchi marta mahallalargacha tushirilgani»ni ta’kidladi. «Qani, odamlarimiz nima istayapti? Nima niyatlari bor? Nimadan rozi, nimadan norozi? Kelajakka nima takliflari bor?», — degan savollarni qo‘ydi davlat rahbari. Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, 20 mingga yaqin takliflar muhokama qilingan. «Odamlarimiz ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi aniq-aniq masalalarni ko‘tarib, ular bo‘yicha tizimli yechimlarni ham taklif qilgan», — dedi prezident. Davlat rahbari ularni «hozirgi vaqtda odamlarni qiynayotgan va ertangi kunimizga, o‘zgarishimizga, taraqqiyotimizga to‘g‘ri zamin yaratish bo‘yicha takliflar» deb atadi. «Men bu fikrlarni o‘rganib, bir narsaga amin bo‘ldim. Aholimiz bizdan maktab, bog‘cha va shifoxonalar ko‘paytirish, ta’lim va tibbiyot sifati oshirish; mahallada yo‘l, suv, elektr, transport muammolari hal qilish; ish o‘rinlarini ko‘paytirish, tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar yaratishni; adolat ta’minlash, ovoragarchilik, byurokratiya, eng asosiysi, korrupsiyani yo‘q qilishni kutmoqda. Ko‘tarilgan masalalar aniq va o‘rinlidir. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz bu muammolarni yechishimiz shart», — dedi Mirziyoyev. Prezident ko‘tarilayotgan masalalarni hech kim chetdan kelib hal qilib bermasligini yana bir bor ta’kidladi: «Hech kim chetdan kelib — men har safar shu masalani aytaman — hech kim chetdan mahallaga kelib, rayonga kelib, viloyatga kelib, O‘zbekistonga kelib, bularni hal qilib bermaydi, hech qachon. Faqat va faqat o‘zimiz qilishimiz kerak. O‘zimiz rejalarimizni hozirgi zamonga [moslab], munosib qaror, farmon, qonunlarimizni chiqarishiz kerak. Odamlarimizning tashabbusi, shijoati va salohiyatini ishga solish uchun barcha sharoitlarni yaratish asosiy vazifalarmiz bo‘lib qolishi kerak». "Gazeta.uz"da reklama Shavkat Mirziyoyev xalqqa qancha imkoniyat yaratilsa, buning foydasi 10 karra, 100 karra bo‘lib qaytishini, bunga so‘nggi yillarda hamma guvohi bo‘lib turganini aytib o‘tdi. «Qancha sharoit yaratsak, shuncha odamlarimiz rozi bo‘lib, o‘z hayotini, o‘z turmushini, o‘z yo‘nalishini, o‘z rejalarini mutlaqo katta-katta pog‘onada, baland rejalarni amalga oshiryapti», — deya qayd etib o‘tdi prezident. Shundan so‘ng, davlat rahbari yuqorida aytgan so‘zlariga xulosa qilib, 2023 yilga O‘zbekistonda «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berishni taklif qildi.Yig‘ilganlar ushbu taklifni gulduros qarsaklar bilan olqishlab, qo‘llab-quvvatladi. Prezident buning uchun yig‘ilganlarga minnatdorchilik bildirdi. «Inson qadri degan g‘oyani hech qachon unutmasligimiz kerak. Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili deb e’lon qilishimiz, agar [buni] chuqur tahlil qilsak, juda ko‘p o‘ylandik, nimalar qo‘yish mumkin, deb. Albatta, kechagi qilgan ishimiz bilan bugungisining davomiyligi, bardavomligi bo‘lishi kerak. Bardavomlik nuqtai nazardan, yana va yana Inson qadri degan g‘oya yillarga qo‘shilib davom etishi kerak. Shuning uchun „Insonga e’tibor va sifatli ta’lim“ [deb nom qo‘ydik]», — deya tushuntirdi prezident. «[Insonga] qachon e’tibor bo‘ladi? Ta’lim, ta’lim, ta’lim va yana bir marta ta’lim. Men olti yil oldin shu masalalarga chuqur e’tibor qilib, birinchi kundan beri ta’limimiz haqida ko‘p gapiraman. Agar ta’lim bo‘lsa, bilim bo‘lsa, sifat o‘zgaradi. Ta’lim bo‘lmasa, sifat o‘zgarmasa, e’tibor ham o‘zgarmaydi», — dedi Mirziyoyev. «Nima uchun yilga bunday nom beryapmiz? Biz O‘zbekistonda olib borayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgilaganmiz. Aslida ham bizning eng bebaho boyligimiz bu — bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi? Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratish uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz», — dedi davlat rahbari. Prezidentning ta’kidlashicha, ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir: «Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek, „Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi“. Shuning uchun ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz zarur». Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarning «obro‘i joyiga qo‘yilsa», maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oliygohlarda sifat o‘zgarishlarin amalga oshirilsa, «butun harakatlarimiz ikki-uch karra o‘zgarishi»ni aytib o‘tdi. «Yutuqlar bizniki bo‘ladi, faqat bilim kerak. Bilim kerak, nimaga desangiz, har birimiz orqamizga qarab, qanday buyuk ajdodlarning farzandi ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi prezident. Bugungi jadal rivojlanib borayotgan tahlikali davrda davlatimiz o'zining to'g'ri iqtisodiy-siyosiy pozitsiyasi bilan ildamlab bormoqda. Yildan-yilga amalga oshirilayotgan to'g'ri islohatlar natijasida ijtimoiy hayotimiz har sohada rivojlanib bormoqda. 2023-yilga rejalarni to'g'ri olish uchun 2022-yil 20-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida batafsil bayon etilgan. Ushbu murojaatnomada xalqimizning fikrini har bir yo'nalish bo'yicha takliflari chuqur tahlil va muhokama qilinib xalqimizning ta'lim, sog'liqni saqlash, iqtisodiyot yo'nalishlar bo'yicha muammolar bo'yicha tizimli yechimlar rejaga kiritildi. Ma'lumkin, xalqimiz davlatdan maktab, bog'cha va shifoxonalarni ko'paytirish, ta'lim va tibbiyot sifatini oshirishni, mahallada yo'l, suv, elektr, transport muammolarini hal qilishni, ish o'rinlarini ko'paytirish, tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar yaratishni, adolatni ta'minlash, ovoragarchilik, byurokratiya va korrupsiyani yo'q qilishni kutmoqda. Ko'tarilgan masalalar aniq va o'rinlidir. Shu bois, kirib kelayotgan yangi, 2023-yilga yurtimizda "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili", deb nom berish muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif qilindi va bir ovozdan ma'qullandi. Shunday savol tug'ilishi mumkinki, nima uchun yilga bunday nom berildi? O'zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta'minlashni ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu siyosat bir yil bilan cheklanib qolmasligi, doimo bardavom bo'lishi barchamizga ayon. Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog'lig'i joyida bo'lishi, yaxshi ta'lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo'lsa, hammasini yaratib berishga davlatimiz tomonidan harakat qilinmoqda. Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to'g'ri yo'lidir. Shu o'rinda bobomiz Yusuf Xos Hojib aytganlaridek: "Zakovat bor joyda ulug'lik bo'ladi, Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi" eslab o'tish joiz. Shuning uchun ushbu sohada boshlangan islohotlarni davom ettirish, ta'lim dargohlariga borib, o'qituvchi va murabbiylar bilan ko'proq muloqot qilib, o'quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo'yicha ular qo'ygan masalalarni hal etish lozim. Rahbariyat tomonidan 2023-yil Davlat dasturiga xalqimiz ko'targan barcha masalalarni aniq yechimlari kiritiladi. Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol bo'lishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini so'raladi. Murojaatnomada muhtaram prezidentimizning Imom Moturidiy bobomizning: "Elu yurt bilan hamdard bo'lib yashagin, toki xalq hamisha sen bilan birga bo'lgay", degan hayotiy hikmati eslab, ushbu so'zlar har bir vazir, har qaysi rahbarning ongi, qalbi va harakatida muhrlanishi lozim deya takidlaganlari bejiz emas, zero har bir davlat hodimi, xalqimizning har bir fidokor insoni shu shior ostida yashasa yurtimiz tez suratlarda taraqqiyoti etadi. 2023-yil amalga oshiriladigan rejalarda ta'limga doir islohatlar mavjud, yangi O'zbekiston uchun eng katta investitsiya bo'lgan ta'limni qo'llab-quvvatlashga qaratish lozim. "Najot - ta'limda, najot - tarbiyada, najot - bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi". Ma'rifatparvar jadid bobolarimizning bu so'zlari deputat va senatorlarimiz, siyosiy partiyalar, mahalliy kengashlar, butun davlat apparati, keng jamoatchilikning amaliy harakatiga aylanishi kerak. Shu bois, maktablarda ta'lim sifati hamda jamiyatda o'qituvchi kasbining nufuzini oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalardan biri bo'ladi. O'qituvchilarning maqomini, ularning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur, deb bilamiz. 2023-yildan boshlang'ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo'yicha o'qitish yo'lga qo'yiladi. Hozirgi vaqtda ular xalqaro ekspertizadan o'tib, o'zimizda sinovdan o'tkazilmoqda. Lekin yuqori sinflarda-chi? Ochiq aytish kerak, ularda berilayotgan ta'lim va tarbiya sifati, o'qituvchilarning bilimi va mahoratini talab darajasida, deb bo'lmaydi. Bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o'zlashtirib, kompyuterda ishlashni o'rganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga, san'at va madaniyatga qiziqtirish lozim. O'quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko'nikmalarini shakllantirish zarur. Mana shunday muhit maktablarimizga kirib kelishi kerak! Bu borada Prezident maktablarida 130 ta mamlakatda ma'qullangan "A-level" ta'lim dasturi yo'lga qo'yilgani o'z samarasini bermoqda. Bu jarayonda har bir o'quvchi o'zining qobiliyatiga qarab, aniq yo'nalishlar bo'yicha chuqur o'qitiladi, dunyoning nufuzli oliygohlariga kirish imkoniyatlari kengayadi. Shu bois, 2023-yildan maktab ta'limini xalqaro ta'lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi. Bu ishlarni tizimli yo'lga qo'yish, yangi darsliklarni ishlab chiqish, ilg'or ta'lim standartlari va metodikalarini joriy etish uchun alohida ilmiy institut va laboratoriyalar tashkil qilinadi. Milliy o'zligimiz timsoli, ma'naviyatimiz asosi bo'lgan ona tilimizga e'tibor yanada kuchaytiriladi. Hozirgi ochiqlik siyosati, chet el investitsiyalari va yangi korxonalarning ortib borayotgani yoshlarimizni zamonaviy bilimlar va xorijiy tillarni o'rganishga undamoqda. Shu bois, maktablarga yuqori malakali xorijiy o'qituvchilarni olib kelishga majbur bo'linmoqda. Bu ulkan ishlarni amalga oshirishda muhtaram prezidentimizning quyidagi gaplari bizni ruhlantiradi: "Albatta, dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda bu vazifalarni amalga oshirish oson bo'lmaydi. Lekin biz o'tgan davrda katta bilim va tajriba to'pladik. Eng muhimi, o'z kuch va imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonchimiz tobora ortib bormoqda. Shu bois, qanchalik qiyin bo'lmasin, tanlaganyo'limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Ko'zlagan marralarimizga albattayetamiz. Buyo'lda niyati ulug', qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz. Bir tanu bir jon bo'lib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi O'zbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz. 2023 yil 1 iyuldan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlarida aholi va tadbirkorlarga servis sifatini oshirish chora-tadbirlari belgilandi. Xususan, quyidagilar nazarda tutilgan: davlat хizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlari sonini 300 taga, YaIDXP orqali koʻrsatiladigan хizmatlar sonini esa 570 taga yetkazish; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaхslar, ogʻir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat хizmatlarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali koʻrsatilgan хizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish; elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlarini proaktiv tarzda koʻrsatishni (fuqaro murojaatini kutmasdan, хizmat koʻrsatuvchi tashkilotning oʻz tashabbusi bilan) taklifini yuborish yoʻlga qoʻyish. 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratish bilan bogʻliq barcha хizmatlar Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platformasiga oʻtkaziladi hamda subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligini elektron platforma orqali onlayn tekshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Download 23.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling