Insoniy munosabatlar
Boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum
Download 17.92 Kb.
|
b psixologiya 2
Boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum vazifalari boshqaruv metodlarini shakllantirish bo‘lib, ushbu tadbir tashkilotning samaralifaoliyatini ta‘minlash maqsadidagi ta‘sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdirTashkilot personaliga ta‘sir etish uslublarini uch guruhga bo‘lamiz: ma‘muriy, moddiy va ma‘naviy shakllarda ta‘sir etish. Bularning har birida ma‘lum psixologik mazmun namoyon bo‘ladi va boshqaruv psixologiyasi, fan sifatida, bu choralarning xodimga ta‘sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi. Bunday ta‘sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivasiyalash, ya‘ni bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg‘otish masalasiga katta e‘tibor qaratiladi. Boshqaruv ob‘yektiga ta‘sir etish uslublariga ko‘ra, uning bevosita va bavosita ta‘sir shakllari ajratiladi. Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri,boshqaruv-sub‘yekti va ob‘yekti masalasidir. Bevosita boshqaruv jarayonini ko‘z oldimizga keltirsak, boshqaruv sub‘yekti sifatida rahbarni, ob‘yekt tarzida esa xodimni va mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin. Biroq, rahbar o‘z faoliyatini tashkil etishi va o‘z-o‘zini boshqarishi uni nafaqat boshqaruv sub‘yekti, balki ob‘yekt sifatida ham tushunish zaruratini qo‘yadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga aylanadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi.
Download 17.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling