Insonlar juda qadimdan qand, yog` va oqsilga boy o`simlik mahsulotlaridan iste'mol qilganlar
Download 37.36 Kb.
|
KIMYO FANIGA XISSA QO`SHGAN JAXON OLIMLARI
Atom-molekulyar ta’limot
Atrofimizni o`rab turgan moddiy dunyoni, jumladan o`simlik va xayvonlar dunyosini juda mayda, ko`zga ko`rinmaydigan zarrachalar — atomlardan (qadimgi grek tilida «atomos» — bo`linmaydi degan ma'noni anglatadi) tashkil topgan degan nazariya bundan 2500 yillar avval yashab o`tgan grek olimlari Levkipp va uning shogirdi Demokrit tomonidan yaratilgan. Ularning ta'limotiga muvofiq atomlar son jihatidan cheksiz, doim harakatda. Ular katta-kichikligi bilan farqlanadi. Atomlarda maxsus ilmoqchalar bo`lib, ular ana shu ilmoqchalar orqali o`zaro birikib atrofdagi turli moddalarni hosil qiladi. Ular oxir-oqibatda bo`linmaydi. Lekin ularning bu fikrlari faqat aql-zakovatning kuchi bilan yaratilgan bo`lib, hech qanday tajribada isbotlanmagan edi. Shuning uchun Levkipp va Demokritning atomistik nazariyasi ko`pchilik tomonidan qabul qilinmadi. X VII asrning boshlariga kelib fransuz dindor olimi Pyer Gassendi (1592—1655) atomlarini mavjud bo`lishini tan olish bilan birga molekula tushunchasini birinchi marta fanga kiritdi. Uning tushuntirishicha atomlar o`zaro birikib yanada yirikroq zarrachalar — molekulalarni hosil qiladi. Fransuzcha «molecula» grekcha «molles» («massa») dan olingan boiib «kichik massa» degan ma'noni anglatadi. Molekulalar esa atrofdagi turli xil moddalarni hosil qiladi. Lekin Gassendi ham o`z qarashlarini tajribada isbotlab berolmadi. X R.Boyl VII asrning o`rtalariga kelib ingliz olimi R.Boyl (1627-1691) moddalar tarkibi haqidagi nazariyalarni bevosita kuzatiladigan tajribalar natijasiga asoslanishini ishlab chiqdi. U o`zining tajribalarida murakkab moddalarni kimyoviy reaksiyalar natijasida bo`linmay qoladigan tarkibiy qismini «kimyoviy element» deb atadi. Uning tushuntirishicha bir xil element atomlari bir xil bo`ladi. Masalan, temir kimyoviy element. U xossalari bir xil bo`lgan temir atomlaridan tashkil topgan deb hisoblanadi. Shunday qilib, bu davrga kelib atom tushunchasi bilan element tushunchasi bir xil deb qaraladi. K eyinchalik atom-molekulalar talimotini rivojlanishida rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765) va fransuz olimi A.Lavuazye (1743-1794) larning o`tkazgan tajribalari alohida ahamiyatga ega boidi. XIX asrning boshlariga kelib ingliz olimi J. Dalton (1766-1844) birinchi bolib atomlar massasini aniqlashga kirishdi. U 1803 yilda vodorod, azot, uglerod, fosfor va oltingugurt atomlarining nisbiy og`irliklari jadvalini tuzdi. D Download 37.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling