Insonlar juda qadimdan qand, yog` va oqsilga boy o`simlik mahsulotlaridan iste'mol qilganlar


Download 37.36 Kb.
bet5/5
Sana26.06.2023
Hajmi37.36 Kb.
#1655997
1   2   3   4   5
Bog'liq
KIMYO FANIGA XISSA QO`SHGAN JAXON OLIMLARI

Atomlar va ularning tarkibi

Atomlar qanchalik mayda bo`lmasin, hozirgi paytda ularning o`lchamlari, massasi va boshqa xossalari birmuncha yaxshi o`rganilgan.


Atomlarni shartli ravishda shar shaklida deb faraz qilsak, ularning radiusi 10-10 sm atrofida bo`ladi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida atomning tarkibi maxsus usullar bilan o`rganilib, unda musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida harakatlanadigan manfiy zaryadlangan elektronlar bo`lishi aniqlangan. Shunga muvofiq atom quyidagicha ta'rifiandi.
Atom — musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida harakatlanadigan elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarracha. Keyinchalik atomning yadrosi tekshirilib, uning ham murakkab tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Atomning butun massasi yadroga joylashgan bo`lib, nisbatan juda kam hajmni egallaydi. Yadroning radiusi 1015 sm atrofida. Bu yadro radiusini atom radiusidan 100000 marta kichik, demakdir.
Yadro esa asosan ikki xil zarrachalardan tashkil topgan, ular proton va neytronlar deb ataladi. Protort P harfi bilan belgilanadi. U musbat zaryadlangan bo`lib, qiymati +1 ga teng. Neytron N harfi bilan belgilanadi. U zaryadsiz neytral zarracha. Ularning massasi bir-biridan juda kam farqlanadi.
Proton va neytronlarning yig`indisi atomning massa soni deb atalib, A harfi bilan belgilanadi:


A=P+N, N=A–P

Atomdagi protonlar soni kimyoviy elementning elementlar jadvalida tutgan tartib raqamiga teng bo`ladi.


Atom elektroneytral zarracha bo`lgani uchun undagi elektronlar soni protonlar soniga teng.
Elektron e harfi bilan belgilanadi, uning zaryadi — 1, massasi proton massasidan 1836 marta kichik. Shuning uchun ham atomning massasi deyilganda proton va neytronlar massasining yig`indisi olinadi.
A tomning tarkibini sxematik tarzda quyidagicha ko`rsatish mumkin:
Download 37.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling