Insonlar juda qadimdan qand, yog` va oqsilga boy o`simlik mahsulotlaridan iste'mol qilganlar


Kimyo fanining O`rta Osiyoda rivojlanishi


Download 37.36 Kb.
bet2/5
Sana26.06.2023
Hajmi37.36 Kb.
#1655997
1   2   3   4   5
Bog'liq
KIMYO FANIGA XISSA QO`SHGAN JAXON OLIMLARI

Kimyo fanining O`rta Osiyoda rivojlanishi. IX—XI asrlarda yashab ijod qilgan o`rta Osiyolik allomalardan Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolar o`z davrlarida kimyoning ham amaliy, ham nazariy jihatdan rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shganlar.
Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar) tasavvurida jamiki moddiy dunyoning asosida birlamchi materiya yotadi. U biz idrok etadigan moddiy dunyo to`rt «ildizdan», ya'ni to`rtta boshlang`ich elementdan — o`t, havo, suv va yerdan tashkil topganligi haqidagi qadimgi dunyo faylasuflarining fikrini tasdiqlaydi. Forobiy mashhur shifokor sifatida amaliy kimyoni rivojlantirishga katta hissa qo`shdi.
A
Abu Ali ibn Sino
l-Farg`oniy
(797-861 yillar) buyuk matematik, astronom bo`lishi bilan birga, u astronomik asboblarning mohir ustasi bo`lgan. U Bog`dod va Damashqda rasadxonalar hamda Nil daryosi suvi sathini doim kuzatib turish imkoniyatini beradigan inshoat («Mikiyes — jadid» — nilomer)ni yaratishda maxsus qotishmalardan foydalangan. Nilomerni hozirgi kungacha saqlanib qolganligi suvning ming yildan ortiq yemirish kuchiga chidamli, noyob tog` jinsi va «sement» tanlanganligidan dalolat beradi.
Uning kimyoga oid «Kitob amal ar-rahomat» (marmarning xizmati haqidagi kitob) deb ataladigan yirik asari saqlanib qolgan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) amaliy kimyoning rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan, lekin alkimyogarlarning temirni oltinga aylantirish yo`nalishidagi ishlarini asossiz, amalga oshirib bo`lmaydigan jarayon deb qaragan. Abu Ali ibn Sino bu haqda «Bir xil metallni ikkinchi bir metallga aylantirish imkoniyati menga tushunarli emas. Aksincha men buning imkoniyati yo`q, deb hisoblayman, chunki bir metall jismni ikkinchi metall jismga aylantirishning iloji yo`q. Oddiy jism o`zidan boshqa jismni ajratmasligi kerak», deb yozgan edi. Shunday qilib, Abu Ali ibn Sino asarlarida anorganik kimyoning dastlabki kurtaklari paydo bo`lgan.
A
Abu Rayhon Beruniy
bu Rayhon Beruniy
(973-1048 yillar) o`zining «Mineralogiya» deb nomlangan mashhur asarida o`sha davrda ma'lum bo`lgan metallar, ulardan tayyorlanadigan qotishmalar, metallarning rudalarini kovlab obsh va ularga ishlov berish, rangli metallar va qimmatbaho toshlarning xossalarini o`rganish, ayniqsa minerallarning solishtirma massalarini aniqlash yuzasidan olib borgan ishlari kimyo fanini rivojlantirishga katta hissa qo`shdi. «Hindiston» deb nomlangan asarida u «rivojlantirish — bir narsaning ikkinchi boshqa narsaga aylanishidir, butun borliq doimo o`zgarishda va rivoj lanishda — tabiatning kuchi aynah shundadir degan muhim ilmiy xulosaga keladi. Abu Rayhon Beruniy o`zining shu asarida «Har bir narsani o`rganish shu narsani tashkil qilgan tarkibiy qismlarni (elementlarni) o`rganishdan boshlanadi» deb yozgan edi.
Aytilganlar shundan dalolat beradiki, o`rta asrda Sharq mamlakatlarida, xususan O`zbekiston Respublikasi hududida kimyoviy fikr va ilmiy dunyoqarash yuqori darajada bo`lgan, amaliy kimyo ancha rivojlangan. Buning isboti sifatida IX—XII asrlarda o`rta Osiyo xududida mis (Zarafshon, Isfara tog`lari, Soh, Oloy, Navkent, Olmaliq, Oqtosh, Oqsuv atrofida), qo`rg`oshin va kumush (Oltintopgan, Qo`rg`oshinkonda), simob (Chovoy, Haydarkon, Laylakda), oltin (Oltinqozg`on, Obirahmatda), qalay (Turkiston tog`larida), temir (Chirchiq, Sayram, Shah-risabzda) rudalari topilib, ulardan metall olish yolga qo`yilganligini eslatib o`tish yetarlidir.
Keyingi yillarda o`zbekistonda kimyo fani va kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan katta ishlar amalga oshirildi. O`zbekistonda kimyo fanini rivojlantirishda akademiklardan S.Yu.Yunusov, O.S.Sodiqov, M.N.Nabiyev, H.U.Usmonov, K.S.Ahmedov va boshqalarning xizmatlari kattadir.



Download 37.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling