Insonning ehtiyojlari nechog‘lik rang barang bo‘lsa, uning maqsad va intilishlari shunchalik boy bo‘ladi


Ehtiyojlarni qondirishdan qanday maqsad ko‘zlanganiga qarab


Download 1.98 Mb.
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#193342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
EHTIYOJ SLAYD

Ehtiyojlarni qondirishdan qanday maqsad ko‘zlanganiga qarab: shaxsiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish (yaratuvchanlik) ehtiyojlariga bo‘lish mumkin.
  • Ehtiyojlarning insonga ta’sir etishiga ko‘ra: sog‘lom yoki nosog‘lom bo‘lishi mumkin.
    • Ehtiyojlarning turlari
    • individual, guruhiy, korporativ, tabaqaviy, milliy, umuminsoniy
    • Ehtiyojlar mazmuniga ko‘ra
    • Ehtiyojlar qondirilishi jihatidan
    • shaxsiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish
    • Ehtiyojlarning insonga ta’sir etishiga ko‘ra
    • Ehtiyojlarni qondirishdan qanday maqsad ko‘zlanganiga qarab:
    • Inson faoliyat yuritish sferasi jihatidan
    • Ehtiyojlarning subyektiga ko‘ra
    • sog‘lom yoki nosog‘lom
    • yakka (individual) va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlar
    • A. Erkayev “ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarni mazmuni, vazifalari, ahamiyati, muayyan ijtimoiy ong shakliga mansubligiga qarab ikki guruhga bo‘ladi:
    • 1. Umumma’naviy, ya’ni ma’naviyat yaxlit tizim, bus-butunlik sifatida taqozo etadigan va vujudga keltiradigan ehtiyojlar;
    • 2. Ma’naviyatning nisbatan mustaqil tarkibiy qismlari sifatida ijtimoiy ong shakllari taqozo etadigan va vujudga keltiradigan ehtiyojlar.
    • Birinchi guruhga: a) insonning o‘z tabiatini (mohiyatini) takomillashtirish ehtiyoji; b) ijtimoiy yaratuvchilik imkoniyatlarini (salohiyatini) oshirish ehtiyoji; c) shaxs sifatida qobiliyatlarini yuzaga chiqarish ehtiyoji; d) erkinlik darajasini orttirib borish ehtiyojlari kiritilgan.
    • Ikkinchi guruhga ijtimoiy ongning alohida shakllariga oid ehtiyojlar tizimi kiradi: a) e’tiqodiy, ya’ni ilmiy-falsafiy va diniy ehtiyojlar – narsa va hodisalar, jamiyat va inson, abadiyat va foniylik mohiyatini anglashga intilish, hayot ma’nisini, yashashdan maqsadni bilish; b) axloqiy ehtiyojlar – ezgulik, insonparvarlik, vatanparvarlikka intilish, vijdon amriga quloq tutib yashash, baxtli turmush kechirish (gedonizm); c) estetik ehtiyojlar – go‘zallikka intilish, hayotni, tabiat va jamiyatni go‘zallashtirish (“go‘zallik qonunlari bo‘yicha” qayta yaratish), go‘zallikdan zavq-shavq tuyish, huzur-halovat olish (evdemonizm), nozikta’b inson bo‘lish, ijod qilish; d) huquqiy ehtiyojlar: adolatni qaror toptirish, insonni, jamiyatni turli adolatsizlik, zo‘ravonlik va ekstremistik tajovuzlardan himoya qilish, inson huquqlarini, qonun ustuvorligini har tomonlama ta’minlash; e) siyosiy ehtiyojlar – huquqiy demokratik davlat, ochiq fuqarolik jamiyati qurish, demokratiya va ijtimoiy adolatga asoslangan boshqaruv tizimini yaratish va uzluksiz takomillashtirib borish, davlat va fuqaro, jamiyat va shaxs manfaatlarini uyg‘unlashtiradigan ijtimoiy-siyosiy va huquqiy mexanizmni ishlab chiqish va doimiy ravishda takomillashtirib borish; f) boshqa ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar: oilani mustahkamlash, urf-odatlar, marosim, an'analarni takomillashtirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sportni rivojlantirish, axborot olish, hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va hokazo
    1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling