Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh
Download 100.32 Kb.
|
158 14.08.2009
Xavf tahlilining ba’zi usullaridan foydalanishga doir misollar 3-jadvalda keltirilgan. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflilik darajasini tahlil qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarga 3-ILOVA XAVF TAHLILI VA UNI BAHOLASh USULLARIDAN FOYDALANIShGA DOIR MISOLLAR 1-misol. Xavf-xatarni miqdoriy tahlil qilish usulining qo‘llanilishi. 3-jadvalda sovutish-kompressor qurilmalari sexining xavf-xatarlar va ishlash imkoniyati tahlili natijalaridan namuna berilgan. Tahlil jarayonida har bir qurilma, ishlab chiqarish liniyasi yoki blok uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishlar, ularning sabablari aniqlanadi va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar belgilanadi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qaysi chetga chiqish holatlarini tavsiflashda “yo‘q”, “ko‘p”, “kam”, “shuningdek”, “boshqacha”, “qaraganda boshqacha”, “teskari” va h. singari kalit so‘zlar qo‘llaniladi. Shuningdek, jadvalda ko‘rib chiqilayotgan chetga chiqishning yuzaga kelish ehtimoli V, oqibatlarning og‘irlik darajasi T va kritiklik ko‘rsatkichi K=V+T ga berilgan balli ekspert baholari ko‘rsatilgan. V va T ko‘rsatkichlar 4 balli shkalada belgilangan (4 ball maksimal xavfga to‘g‘ri keladi). Kritiklik qiymati yuqori bo‘lgan chetga chiqishlar keyinchalik, shu jumladan avariya vaziyatlari ssenariylarini ishlab chiqishda va xavfni miqdoriy baholashda, yanada batafsilroq ko‘rib chiqilgan. 3-jadval Sovutish-kompressor qurilmalari sexi kompressor uzelining xavf-xatarlari va ishlash imkoniyatini o‘rganish usuli qo‘llanilganda chetga chiqishlar ro‘yxati (natijalardan namuna)
2-misol. “Buzilishlar va hodisalar daraxtlari” tahlili. Neftni qayta ishlash qurilmasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli avariyalarning ssenariylarini miqdoriy tahlil qilish uchun hodisalar daraxti namunalari 2-rasmda berilgan. Hodisa nomining yonidagi raqamlar ushbu hodisa yuzaga kelishining shartli ehtimolini ko‘rsatadi. Bunda qo‘zg‘atuvchi hodisa (rezervuardan neftning to‘kilishi)ning yuzaga kelish ehtimoli 1 teng deb qabul qilingan. Alohida hodisa yoki ssenariyning yuzaga kelish chastotasi qiymati qo‘zg‘atuvchi hodisaning yuzaga kelish chastotasini avariyaning aniq ssenariy bo‘yicha rivojlanishning shartli ehtimoliga ko‘paytirish yo‘li bilan qayta hisoblanadi. 2-rasm. Neftni birlamchi qayta ishlash qurilmasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarning “hodisalar daraxti” Idishlarga yoqilg‘i quyishda avariya vaziyatlarining sodir bo‘lishi sabablarini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan buzilishlar daraxti* namunasi 3-rasmda keltirilgan. Buzilishlar daraxtining tuzilmasi sababli zanjirlar (avariyalar ssenariylari)ni hosil qiluvchi tegishli quyi hodisalar (xatolar, buzilishlar, noqulay tashqi ta’sirlar) to‘plami bilan bog‘langan bitta asosiy hodisa (avariya, noxush hodisa)ni o‘z ichiga oladi. Hodisalarni o‘zaro bog‘lash uchun daraxtlarning “tugunlari”da “VA” va “YoKI” belgilari ishlatiladi. “VA” mantiqiy belgisi yuqorida turuvchi hodisa quyi hodisalarning bir vaqtda yuzaga kelishi bilan sodir bo‘lishini bildiradi (yuqorida turuvchi hodisa ehtimolini baholash uchun ularning ehtimollarini ko‘paytirilishiga to‘g‘ri keladi). “YoKI” belgisi yuqorida turuvchi hodisaning quyi hodisalardan birining yuzaga kelishi natijasida sodir bo‘lishini bildiradi. 3-rasm. Yoqilg‘i quyish operatsiyalarining “Buzilishlar daraxti”. * Ushbu daraxtning buzilishlar daraxti, nosozliklar daraxti, hodisalar daraxti va h. singari boshqa nomlari ham uchraydi. Shunday qilib, 3-rasmda ko‘rsatilgan daraxtda oraliq hodisalar (to‘g‘ri burchaklar) mavjud, uning pastki qismida esa raqamli doiralar bilan faraz qilinayotgan dastlabki hodisa-sabablar ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning nomlari va raqamlari 4-jadvalda keltirilgan. 4-jadval. Buzilish daraxtining dastlabki hodisalari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling