Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh


Download 100.32 Kb.
bet1/7
Sana05.05.2023
Hajmi100.32 Kb.
#1430035
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
158 14.08.2009




O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining
Buyrug‘i
XAVFLI IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARIDA XAVFLILIK DARAJASINI TAHLIL QILISh BO‘YIChA USLUBIY KO‘RSATMALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 26-avgust 6-15/13-7462/6-son]
O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y. 28-son, 321-modda, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2004-y. 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflilik darajasini tahlil qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Inspeksiya boshlig‘i I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 14-avgust,
158-son
“SANOATKONTEXNAZORAT” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yildagi 158-sonli buyrug‘iga
ILOVA
XAVFLI IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARIDA XAVFLILIK DARAJASINI TAHLIL QILISh BO‘YIChA
USLUBIY KO‘RSATMALAR
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflilik darajasini tahlil qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar” “O'ZKIMYOSANOATLOYINA” OAJda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralari haqida”gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 50-son, 496-modda) asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu Uslubiy ko‘rsatmalar xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavf tahlilining uslubiy tamoyillari, atamalar va tushunchalar, tahlil tartibi va natijalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan umumiy talablar, shuningdek xavf-xatar va avariyalar xavfini tahlil qilishning asosiy usullarini ko‘rsatib beradi.
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflilik darajasini tahlil qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar” (keyingi o‘rinlarda — Uslubiy ko‘rsatmalar) xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalash va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshiradigan tashkilotlar, ekspertiza va sug‘urta tashkilotlari mutaxassislariga, sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiquvchilar va xavf tahlili sohasidagi mutaxassislarga joriy etiladi.
I bob. Asosiy tushunchalar
1. Ushbu hujjatda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Avariya — bu inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir (O‘zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 50-son, 496-modda)).

Download 100.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling