Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh
Hodisalar yoki model holatlarining nomi
Download 100.32 Kb.
|
158 14.08.2009
Buzilish daraxti tahlili signalning asosiy hodisaga (3-rasmda ular uchta) o‘tish tarmoqlarini belgilash, shuningdek ular bilan bog‘liq bo‘lgan: minimal o‘tkazuvchi qo‘shilmalar; minimal ajratib qo‘yuvchi qo‘shilmalarni ko‘rsatish imkonini beradi. Minimal o‘tkazuvchi qo‘shilmalar — bu yuzaga kelishi (bir vaqtda) asosiy hodisa (avariya)ning sodir bo‘lishi uchun yetarli bo‘lgan dastlabki hodisa-sabablar (raqamlar bilan belgilangan) to‘plami. 3-rasmda tasvirlangan “daraxt” uchun bunday hodisalar va/yoki qo‘shilmalar quyidagilardir: {12}, {13}, {1·7}, {1·8}, {1·9}, {1·10}, {1·11}, {2·7}, {2·8}, {2·9}, {2·10}, {2·11}, {3·7}, {3·8}, {3·9}, {3·10}, {3·11}, {4·7}, {4·8}, {4·9}, {4·10}, {4·11}, {5·6·7}, {5·6·8}, {5·6·9}, {5·6·10}, {5·6·11}. Asosan “zaif joylar”ni aniqlashda foydalaniladi. Minimal ajratib qo‘yuvchi qo‘shilmalar — bu tarkibidagi birorta ham hodisa yuzaga kelmaganda asosiy hodisaning sodir bo‘lmasligini kafolatlovchi dastlabki hodisalar to‘plami: {1·2·3·4·5·12·13}, {1·2·3·4·6·12·13}, {7·8·9·10·11·12·13}. Asosan avariyani oldini olishning eng samarali choralarini aniqlashda foydalaniladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflilik darajasini tahlil qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarga 4-ILOVA Xavfli obyektning aholi va atrof-muhitga zarar yetkazish xavfini miqdoriy tavsiflash sifatida o‘tkaziladigan xavfni tahlil qilish va baholashga asoslangan mehnat xavfsizligini boshqarish usullari. Har qanday ishlab chiqarishning asosiy maqsadi — foyda olishdir. Ishlab chiqarish faoliyati davomida ushbu ko‘rsatkichni pasaytiruvchi omillar aniqlanadi. Avariya va baxtsiz hodisalarga olib keluvchi turli xavf-xatarlar shular jumlasiga kiradi (4-rasm). 4-rasm. Xavf-xatarlarning korxonaga zarar yetkazishi. Avariya uskunaning to‘xtab qolishi yoki ishlab chiqishiga sabab bo‘lishi, baxtsiz hodisa esa xodimning mehnat qobiliyatini yo‘qotishi yoki o‘limiga olib kelishi mumkin. Natijada avariya ham, baxtsiz hodisa ham korxonaga zarar keltiradi va foydaning kamayishiga olib keladi. Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash, xavfni baholash va tahlil qilish, uni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish orqali xavf darajasiga ta’sir ko‘rsatib avariyalar va baxtsiz hodisalar yetkazadigan zararni qoplash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish mumkin. Shuningdek xodimlarni, texnik xizmat ko‘rsatishni, texnologiya va mehnat intizomini boshqarish jarayoni orqali, uskunaning ishonchliligini ta’minlash yo‘li bilan xavfga ta’sir ko‘rsatish mumkin (5-rasm). 5-rasm. Boshqaruv jarayonlarining xavfga ta’siri. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, yuqori avariyaviylikning sabablaridan biri — bu korxonani boshqarish tizimi, shu jumladan uning tarkibiy qismi bo‘lgan mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi faoliyatining yetarli darajada samarali emasligidir. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot travmatizm va avariyalarning oldini olishni ta’minlaydigan mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini ishlab chiqishi va joriy etishi kerak. Bunday tizim doirasida xodimlarning mehnat xavfsizligi sohasidagi huquq va javobgarliklari aniq belgilab berilishi, samarali ishlab chiqarish nazorati tashkil etilishi, xavf omillarini bartaraf etish yoki kamaytirish bo‘yicha tashkilot rahbariyati darajasida optimal va o‘z vaqtida qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar olish va ularni tahlil qilish ta’minlanishi kerak. Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini barpo etishning muhim shartlaridan biri — bu ushbu tizimning hozirgi zamon respublika talablari va xalqaro sifat, xavfsizlik va salomatlikni boshqarish tizimlari standartlariga muvofiq bo‘lishidir. Ushbu tizimning ishlab chiqilishi korxonaga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Barcha tuzilmaviy bo‘linmalardagi haqiqiy holat hamda sanoat xavfsizligi va mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlarini pasaytiruvchi omillar mavjudligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish. Avariyalar va halokatlarni oldini olish. U yoki bu boshqaruv qarorini chiqarishda rahbarning mustaqilligiga daxl qilmagan holda, korxonani vaqt tig‘iz bo‘lgan sharoitlarda, ekstremal yoki stress vaziyatlarda qabul qilingan noo‘rin qarorlardan himoya qilish. Xodimlar travmatizmi darajasini birmuncha kamaytirish, avariya tufayli buzilgan uskunalarni tiklash uchun sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish, va badal to‘lovlarini kamaytirish ya’ni korxona foydasini oshirish. Download 100.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling