Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh
Download 100.32 Kb.
|
158 14.08.2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avariya xavfi
- Xavfli ishlab chiqarish obyektining tarkibiy qismlari
- Xavf-xatar darajasi
Sanoat xavfsizligi — shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalar hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holati (O‘zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi).
Avariya xavfi — xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyaning yuzaga kelishi ehtimolini va uning oqibatlarining og‘irlik darajasini ifodalovchi xavf o‘lchovi. Quyidagilar avariya xavfining asosiy miqdor ko‘rsatkichlari hisoblanadi (1-ilova): texnik xavf — xavfli ishlab chiqarish obyekti faoliyatining muayyan davrida texnik qurilmalarning ishlamay qolishi va buning natijasida muayyan daraja (sinf)dagi oqibatlarning yuzaga kelishi ehtimoli; individual xavf — o‘rganilayotgan avariya xavfi omillarining ta’siri natijasida alohida kishining shikastlanish chastotasi; potensial hududiy xavf (yoki potensial xavf) — ko‘rib chiqilayotgan hudud nuqtasida shikastlovchi avariya omillarining yuzaga chiqish chastotasi; jamoaviy xavf — muayyan vaqt mobaynida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar natijasida kutilayotgan shikastlanganlar soni; ijtimoiy xavf, yoki F/N egri chizig‘i — muayyan darajada kamida N ta kishi jabrlangan G‘ hodisalarni sodir bo‘lish chastotasining shu N soniga bog‘liqligi. Xavflar yuzaga chiqishi oqibatlarining og‘irlik darajasi (halokatliligi)ni ifodalaydi; taxmin qilinayotgan zarar — muayyan vaqt mobaynida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyadan ko‘riladigan zararning matematik miqdori. Xavfli ishlab chiqarish obyektining tarkibiy qismlari — uchastkalar, qurilmalar, sexlar, omborxonalar yoki texnik moslamalarni birlashtiruvchi yoki texnologiya bo‘yicha ularni jamlovchi yoki ma’muriy nuqtai nazardan boshqa tarkibiy qismlariga va xavfli ishlab chiqarish obyektlari tarkibiga kiruvchilardir. Xavf-xatar darajasi — sodir bo‘lish darajasi (yoki ehtimollilik), bu orqali sodir bo‘layotgan xavfli voqealar, hamda bu xavfli voqealarning oqibatlari (natijalari). Download 100.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling