Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh


Download 100.32 Kb.
bet2/7
Sana05.05.2023
Hajmi100.32 Kb.
#1430035
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
158 14.08.2009

Avariya xavfi tahlili — alohida shaxslar yoki kishilar guruhi, mulk yoki atrof-muhit uchun xavfli ishlab chiqarish obyektida xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va avariya xavfini baholash jarayoni.
Avariya xavflarini identifikatsiyalash — xavfli ishlab chiqarish obyektida xavf-xatar mavjudligini aniqlash va tan olish hamda ularning xususiyatlarini aniqlash jarayoni.
Noxush hodisalar — xavfli ishlab chiqarish obyektlarda ishlatilayotgan texnik qurilmalarning to‘xtashi yoki buzilishi (shikastlanishi), texnologik jarayon (rejimi) tartibidan og‘ishi, qonunchilik hujjatlarida, shuningdek sanoat xavfsizligi sohasidagi me’yoriy-texnik hujjatlardagi talablarning buzilishi (O‘zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi).
Avariya xavfi — xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya tufayli insonlarga, mulkka va (yoki) atrof-muhitga zarar etishi ehtimoli, xavfi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya xavflari inshootlar va (yoki) texnika qurilmalarining buzilishi, portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi va oqibatda insonga, mulkka va (yoki) atrof-muhitga zarar etishi bilan bog‘liqdir.
Xavfli moddalaralangalanuvchi, oksidlanuvchi, yonuvchi, portlovchi, zaharli, o‘ta zaharli moddalar va tabiat atrof-muhit uchun xavfni belgilovchi moddalar (O‘zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi).
Avariya xavfini baholash — avariya xavflarining sodir bo‘lish ehtimoli (yoki sodir bo‘lish chastotasi)ni va ularning oqibatlarining inson sog‘lig‘i, mulk va/yoki atrof-muhit uchun og‘irlik darajasini aniqlashda bajariladigan jarayon. Baholash avariya xavflarining sodir bo‘lish ehtimoli (yoki sodir bo‘lish chastotasi)ni, oqibatlarini va ularning birikuvlarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Qabul qilsa bo‘ladigan avariya xavfi — ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai-nazardan asoslangan va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadagi xavf. Obyektdan foydalanish xavfi, agar obyektdan foydalanish natijasida olinadigan foyda uchun jamiyat bunday tavakkalchilikni qabul qilishga tayyor bo‘lsa, maqbul hisoblanadi.

Download 100.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling