Inspeksiya boshlig‘i I. Xolmatov toshkent sh


Buzilishning yuzaga kelish chastotasi 1 yil


Download 100.32 Kb.
bet5/7
Sana05.05.2023
Hajmi100.32 Kb.
#1430035
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
158 14.08.2009

Buzilishning yuzaga kelish chastotasi 1 yil

Buzilish oqibatlarining og‘irlik darajasi

halokatga olib keluvchi buzilish

kritik buzilish

nokritik buzilish

uncha katta bo‘lmagan oqibatlarga olib keluvchi buzilish

Tez-tez sodir bo‘ladigan buzilish

> 1

A

A

A

C

Ehtimol buzilish

1 — 10-2

A

A

V

C

Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan buzilish

10-2 — 10-4

A

V

V

C

Kam sodir bo‘ladigan buzilish

10-4 — 10-6

A

V

S

D

Sodir bo‘lishi ehtimoldan yiroq buzilish

<10-6

V

S

S

D

3. “Xavf-xatar va ishlash imkoniyati tahlili” (XIQT) usulida texnologik parametrlarning (harorat, bosim va h.) reglament rejimlardan chetga chiqishlari ta’siri xavf yuzaga kelishi mumkinligi nuqtai-nazaridan o‘rganiladi. XIQT murakkabligi va natijalar sifatiga ko‘ra BTO, BTOKT darajasiga to‘g‘ri keladi.
Tahlil jarayonida xavfli ishlab chiqarish obyekti yoki texnologik blokning har bir tarkibiy qismi uchun mumkin bo‘lgan chetga chiqishlar, ularning sabablari va ularga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar belgilanadi. Chetga chiqishlarni tavsiflashda “yo‘q”, “ko‘p”, “kam”, “shuningdek”, “boshqacha”, “qaraganda boshqacha”, “teskari” va h. singari kalit so‘zlar qo‘llanilishi lozim. Kalit so‘zlarning qo‘llanilishi bajaruvchilarga mumkin bo‘lgan barcha chetga chiqishlarni aniqlashda yordam beradi. Bu so‘zlarning texnologik parametrlar bilan konkret birikmasini ishlab chiqarish spetsifikasi belgilab beradi.
Kalit so‘zlarning taxminiy mazmuni quyidagicha:
“YO‘Q” — moddani to‘g‘ridan to‘g‘riyetkazib berish bo‘lishi kerak bo‘lgan holda, uning yo‘qligi;
“KO‘P (KAM)” — rejimli o‘zgaruvchan miqdorlar (harorat, bosim, sarf)ning belgilangan parametrlarga nisbatan oshishi (kamayishi);
“ShUNINGDEK” — qo‘shimcha komponentlar (havo, suv, aralashmalar)ning paydo bo‘lishi;
“BOShQAChA” — odatdagi ishdan farq qiluvchi holat (ishga tushirish, to‘xtatish, unumdorlikni oshirish va h.);
“QARAGANDA BOShQAChA” — jarayonning to‘liq o‘zgarishi, ko‘zda tutilmagan hodisa, uskunalarning, germetiklikning buzilishi;
“TESKARI” — belgilangan mo‘ljalga mantiqiy teskarilik, moddalarning teskari oqimi yuzaga kelishi.
Tahlil natijalari maxsus texnologik listlar (jadvallar)da taqdim etiladi. Chetga chiqishlarning xavf darajasi ko‘rib chiqilayotgan vaziyat oqibatlarining ehtimoli va og‘irligini BTOKT usulidagi kabi kritiklik mezonlari bo‘yicha baholash yo‘li bilan miqdor jihatdan aniqlanishi mumkin (1-jadval).
XIQT usuli BTOKT singari xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va ularni ajratishdan tashqari xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomalardagi noaniqliklar va xatoliklarni aniqlash imkonini beradi va kelgusida ularni takomillashtirishga yordam beradi. Usullarning kamchiligi - avariyaga olib kelgan hodisalar kombinatsiyalarini tahlil qilish uchun ulardan foydalanish qiyinchiliklar yuzaga kelishidadir.
4. Amaliyotdan ma’lumki, yirik avariyalar, odatda, avariya yuzaga kelishi va rivojlanishining turli bosqichlarida har xil chastotalarda sodir bo‘ladigan kutilmagan hodisalar (uskunalarning ishlamay qolishi, inson xatosi, hisobga olinmagan tashqi ta’sirlar, buzilish, moddalarning otilib chiqishi, oqib ketishi, sochilishi, alangalanish, portlash, intoksikatsiya va h.) kombinatsiyasi bilan tavsiflanadi. Ushbu hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibatli bog‘liqlikni aniqlash uchun “buzilishlar daraxti” va “hodisalar daraxti” tahlilining mantiqiy-grafik usullaridan foydalaniladi.
“Buzilishlar daraxti” tahlili (BShT)da asosiy hodisa (avariya vaziyati)ga olib keluvchi uskunalarning buzilishlari (nosozliklari), noxush hodisalar, xodimlarning xatolari va hisobga olinmagan tashqi (texnogen, tabiiy) ta’sirlar kombinatsiyalari aniqlanadi. Usul avariya vaziyati yuzaga kelishining mumkin bo‘lgan sabablarini tahlil qilish va uning chastotasini (dastlabki hodisalar chastotalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida) hisoblash uchun qo‘llaniladi. Buzilish (avariya)lar daraxti tahlilida hodisalarning avariyalarni yuzaga kelishi yoki yuzaga kelmasligini belgilab beruvchi minimal qo‘shilmalarini (minimal o‘tkazuvchi va ajratib qo‘yuvchi qo‘shilmalar, mos ravishda — 3-ilova 2 misol) aniqlash tavsiya etiladi.
“Hodisalar daraxti” tahlili (HShT) — bu asosiy hodisa (avariya vaziyati)dan kelib chiquvchi hodisalar ketma-ketligini tuzish algoritmidir. Avariya vaziyatining rivojlanishini tahlil qilishda qo‘llaniladi. Har qaysi avariya vaziyati rivojlanish ssenariysining chastotasi asosiy hodisa chastotasini pirovard hodisaning shartli ehtimoliga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi (masalan, yonuvchan modda solingan uskuna germetikligining buzilishi bilan kechadigan avariyalar sharoitga qarab modda alangalanib ham, alangalanmasdan ham rivojlanishi mumkin).
5. Xavfning miqdoriy tahlil usullari, odatda, 1-ilovada ko‘rsatilgan bir nechta xavf ko‘rsatkichlarini hisoblash orqali amalga oshiriladi va yuqorida ko‘rsatilgan usullarning bir yoki bir nechtasini o‘z ichiga olishi (yoki ularning natijalaridan foydalanilishi) mumkin. Miqdoriy tahlil o‘tkazishda yuqori malakali bajaruvchilar, uskunaning avariyaviyligi, ishonchliligi bo‘yicha katta hajmda ma’lumotlar, ekspertiza ishlarini bajarilishi, atrof-muhitning o‘ziga xos jihatlari, ob-havo sharoitlari, odamlarning xavfli hududlarda bo‘lish vaqti va boshqa omillarni hisobga olish talab etiladi.
Xavfning miqdoriy tahlili turli xavf-xatarlarni yagona ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholash va taqqoslash imkonini beradi. Ushbu usul quyidagi hollarda yuqori samara beradi:
xavfli ishlab chiqarish obyektini loyihalash va joylashtirish bosqichida;
xavfsizlik choralarini asoslash va optimallashtirishda;
bir turdagi texnik qurilmalar (masalan, magistral quvur o‘tkazgichlar)ga ega xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yirik avariyalar xavfini baholashda;
insonlar, mulk va atrof-muhit uchun avariyalarning xavfini kompleks baholashda.
6. Turli faoliyat turlari va xavfli ishlab chiqarish obyektining faoliyat bosqichlari uchun xavf tahlili usullarini tanlashga doir tavsiyalar quyida (2-jadval) keltirilgan.
2-jadvalda quyidagi belgilar qo‘llanilgan:
“0” — eng mos kelmaydigan tahlil usuli;
“+” — tavsiya etiladigan usul;
“++” — eng mos keladigan usul.
Usullar alohida-alohida yoki bir-biriga qo‘shimcha ravishda qo‘llanilishi, chunonchi sifatiy tahlil usullari miqdoriy xavf mezonlarini (asosan, ekspert baholari bo‘yicha, masalan, “sodir bo‘lish ehtimoli - oqibatlarning og‘irlik darajasi” matritsasidan foydalangan holda) ham o‘z ichiga olishi mumkin. Xavfning to‘liq miqdoriy tahlilida xavflarning sifatiy tahlil natijalaridan imkon qadar foydalanilishi kerak.
2-jadval
Xavf tahlili usullarini tanlashga doir tavsiyalar


Download 100.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling