Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
instruisez-moi de ce qui se passe menga nima bo‘lganligini aytib bering; 3. dr tekshirish, tergov qilmoq, tekshirmoq; II. s’instruire vpr 1. o‘qimoq, ma’lumot, bilim olmoq, tahsil ko‘rmoq; 2. bir-birlarini xabardor qilmoq. instruit, ite adj 1. ma’lumotli, bilimli, ilmli, o‘qimishli, bilimdon; 2. olim, ta’lim olgan, o‘qigan, bilimdon; 3. yaxshi biladigan, bilimdon, xabardor, yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan, puxta bilimli. instrument nm 1. asbob, vosita, qurol, aslaha-anjom, aslaha, buyum- asbob; un instrument de précision aniq o‘lchagich asbob; des instruments de travail ishlab-chiqarish qurollari; 2. musiqa asboblari; 3. fig aslaha, vosita, qurol; servir d’instrument vosita bo‘lib xizmat qilmoq; fin les instruments monétaires to‘lov vositasi. instrumental, ale adj 1. qurol bo‘lib xizmat qiladigan; 2. cholg‘u asboblariga oid; la musique instrumentale cholg‘u asboblari musiqasi. instrumentalisme nm philos instrumentalizm. instrumenter vi dr rasmiy hujjatlarni tuzmoq. instrumentiste n muzikachi, cholg‘uchi, mashshoq, sozanda. insu (à l’insu de) loc prép bildirmasdan, ogohlantirmasdan, aytib o‘tirmasdan. insubmersible adj cho‘kmaydigan, g‘arq bo‘lmaydigan. insubordination nf bo‘ysunmaslik, tobe bo‘lmaslik, itoat etmaslik, itoatsizlik, buyruqni bajarishdan bosh tortish, bo‘yin tovlash. insubordonné, ée adj bo‘ysunmaydigan, itoat qilmaydigan, bosh tortadigan, itoatsiz. insuccès nm muvaffaqiyatsizlik, omadsizlik. insuffisamment adv yetarli emas, kam, oz. insuffisance nf 1. yetmaslik, yetishmaslik, yetarli, kifoya emaslik, kam, ozlik; méd yetishmovchilik; tanqislik, tanglik, yo‘qchilik; to‘la emaslik; une insuffisance cardiaque yurak faoliyatidagi yetishmovchilik; 2. pl nuqson, illat, ayb, kamchilik. insuffisant, ante adj 1. yetarli bo‘lmagan, yetmaydigan, kifoya qilmaydigan, ozlik qiladigan, oz, kam; 2. qobiliyatsiz, uquvsiz, no‘noq. insufflation nf puflash, dam berish, havo kirgizish. insuffler vt 1. puflamoq, puflab havo kirgizmoq, havo bilan to‘ldirmoq, dam bermoq, shishirmoq; 2. qo‘zg‘atmoq, uyg‘otmoq, yuzaga keltirmoq, ko‘ngliga solmoq, ruhlantirmoq, ma’qul qilmoq, uqtirmoq, ishontirmoq, ixlos tug‘dirmoq; undamoq, xohish, istak, mayl uyg‘otmoq. insulaire I. adj orollik; II. n orolda yashovchi. insularité nf orolning xususiyati. insuline nf méd insulin (dori). insultant, ante adj haqoratomuz, tahqiromuz, haqoratli, tahqirli, xo‘rlik keltiradigan, nafsoniyati, izzat-nafsi, shaxsiga tegadigan, qattiq tegadigan. insulte
nf haqorat, tahqir, so‘kish, haqoratlash, tahqirlash. insulter I. vt so‘kmoq, haqoratlamoq, tahqirlamoq, qattiq ranjitmoq, kamsitmoq, izzat-nafsiga tegmoq, og‘ir botmoq; II. s’insulter vpr bir-birini haqoratlamoq, so‘kishmoq, urishmoq. insupportable adj chidab, toqat qilib bo‘lmaydigan, juda, yomon og‘ir, kuchli, qattiq. insurgé, ée I. adj qo‘zg‘olon, g‘alayon, isyon qilgan; II. n qo‘zg‘olonchi, isyonchi. insurger (s’) vpr qo‘zg‘olon qilmoq, g‘alayon, isyon ko‘tarmoq, qo‘zg‘almoq, bosh ko‘ tarmoq, ko‘tarilmoq, qurolli qo‘zg‘olonda qatnashmoq. insurmontable adj yengib, bartaraf qilib, o‘ tib bo‘ lmaydigan. insurrection nf qurolli qo‘zg‘olon, isyon, g‘alayon. insurrectionnel, elle adj isyonchilarga, qo‘zg‘olonchilarga oid, isyon, g‘alayon ko‘ targan, ko‘taruvchi, isyonchi, isyonkor. intact, te adj 1. butun, but, to‘la, to‘liq, yaxlit, ancha, rosa, qo‘l tegizilmagan, qo‘l urilmagan; pok, pokiza, ma’suma, shikast, zarar yetmagan, ziyonlanmagan; 2. benuqson, bekami-ko‘st, qusursiz. intangibilité nf muqaddaslik, daxlsizlik, mustahkamlik, buzilmaslik, qattiqlik, pishiqlik. intangible adj muqaddas, daxlsiz, tegilmaydigan, ishlatilmaydigan, tegib, daxl qilib bo‘lmaydigan; une base intangible mustahkam negiz. intarissable adj tinmas, to‘xtamas, bitm as-tuganmas, sira tamom bo‘lmaydigan, cheksiz, qurimaydigan, behad ko‘p, juda mo‘l; mo‘l-ko‘l; fig il est intarissable sur ce sujet u bu mavzuda tinmasdan gapirishi mumkin. intégral, ale I. adj butun, but, to‘la, to‘liq; la publication intégrale to‘liq nashr; II. nf math integral. intégralement adv butunlay, butunisiga, to‘laligicha, to‘liqligicha; adopter intégralement to‘laligicha qabul qilmoq. intégralité nf butunlik, yaxlitlik, bo‘linmaganlik, to‘ lalik, to‘liqlik, mukammallik, to‘la-to‘kislik. intégrant, ante adj to‘ldiradigan, qo‘shimcha, qo‘shadigan; la partie intégrante daxlsiz (ajralmas) qism. intégration nf 1. math aniqlash (funksiyani); 2. kirgizish, qo‘shish, kiritish, ishga solish, yurgizish, ulash, jalb qilish, qatnashtirish; 3. qo‘shilish, uyg‘unlashish, birlashish. intègre
adj halol, pok, vijdonli, to‘g‘ri, sofdil, vijdonini sotmaydigan, sotilmaydigan, uchmaydigan; un juge intègre halol sud. intégrer I. vt 1. math funksiyani aniqlamoq; 2. kirgizmoq, kiritmoq, qo‘shmoq, jalb qilmoq, qatnashtirmoq; être intégré à bir butunlikni tashkil etmoq, tarkibiy qismi bo‘lmoq, qo‘shilgan bo‘lmoq; II. s’intégrer vpr (à) kirmoq, qo‘shilmoq, o‘sib kirmoq. intégrisme nm integrizm. intégriste I. adj relig integrizmga oid; II. n integrizm tarafdori. intégrité nf 1. butunlik, yaxlitlik, bo‘linmaganlik, to‘la, to‘ liqlik, to‘la-to‘kislik; daxlsizlik; l’intégrité territoriale hudud daxlsizligi; 2. halollik, poklik, vijdonlilik, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdonini sotmaslik, sotilmaslik. intellect nm aql, idrok, zakovat, aqliy yetuklik, fahm, zehn, es, farosat, hush, es-hush. intellectualisme nm philos intellektualizm. INTELLECTUALITÉ
INTERFÉRENCE
286 intellectualité nf aql-idroklilik, es-hushlilik, fahm-farosatlilik, zakovat. intellectuel, elle I. adj aqliy, ma’naviy, zakovatli, ruhiy, diniy; II. n o‘qimishli, ziyoli, aql-idrok egasi, aql-zakovatli odam, zukko, aqliy mehnat odami; les intellectuels ziyolilar. intellectuellement adv oqilona, idrok bilan. intelligemment adv oqilona, aql bilan, m iyani ishlatib. intelligence nf 1. aqllilik, oqillik, donolik, fahm, idrok qilish, zakovat; vivre en bonne intelligence ahil yashamoq; 2. tushunish, anglash, fahmlash, izohlash, nuqtai-nazar; avoir l’intelligence vive zehnli, aqlli, tez tushunadigan bo‘ lmoq; 3. aqliy kamolot, ong, idrok; un degré d’intelligence aqliy kamolot darajasi. intelligent, ente adj 1. aqlli, oqil, miyali, fahm-farosatli, esli, hushli, zehni o‘tkir, farosatli, ziyrak, bilag‘on, fahm li; 2. usta, mohir, omilkor, uquvli. intelligentsia nf ziyolilar. intelligibilité nf aniq, ravshanlik, tushunarlilik. intelligible adj 1. aniq, ravshan, dona-dona, tushunarli, tushunib bo‘ladigan; 2. philos o‘ ta his qiladigan, moddiy, ashyoviy emas. intelligiblement adv aniq, ravshan, tushunarli, dona-dona holda, tushunib, anglagan holda. intempérance nf o‘zini tiya olmaslik, badnafslik, nafsi buzuqlik, o‘chlik, o‘zini tuta olmaslik, me’yorini bilmaslik, tiyiqsizlik, axloqsizlik, hirsini jilovlay olmaslik, shahvatparastlik. intempérant, ante adj o‘zi, nafsini tiya olmaydigan, badnafs, nafsi buzuq, me’yorini bilmaydigan, tiyiqsiz, axloqsiz, buzuq, ishratparast. intempéries nf ob-havoning o‘zgarishi, o‘zgaruvchan ob-havo, yog‘ingarchilik, namgarchilik, buzuq havo, bo‘ralagan qor, yomg‘ir, yog‘in, havoning buzuqligi. intempestif, ive adj o‘z vaqtida bo‘lmagan, o‘rinsiz, noo‘rin, chakki, bemavrid. intenable adj 1. mil himoyaga yaroqsiz, yaramaydigan; yoqlab, himoya qilib bo‘ lmaydigan; 2. chidab, toqat qilib bo‘lmaydigan, juda, yomon og‘ir; 3. fam jim, tek turmaydigan, tinib-tinchimagan, jonsarak. intendance nf 1. l’intendance militaire xo‘jalik ta’minot ishlari harbiy muassasasi, harbiy bo‘lim ta’minot xizmati; 2. boshqarma, idora, rahbarlik boshqarish, mudirlik; l’intendance universitaire oliy o‘quv yurtida moliyani boshqarish. intendant nm 1. harbiy ta’minotchi; 2. ish boshqaruvchi. intense
adj jadal, tez, qizg‘in, shiddatli, tarang, dolzarb, g‘ayritabiiy, kuchli, kuchaygan. intensément adv jadal, tez, shiddatli, tarang, kuchli, g‘ayritabiiy holda. intensif, ive adj jadal, tez, qizg‘ in, shiddatli, tarang, dolzarb, g‘ayritabiiy kuchli, kuchaygan; une culture intensive qishloq xo‘jaligida jadallashtirish, tez-tez almashtirish. intensification nf jadallashtirish, tez-tez almashtirish, kuchaytirish, zo‘raytirish, samarali qilish, unumdorligini oshirish. intensifier vt kuchaytirmoq, jadallashtirmoq, samarali qilmoq, unumdorligini oshirmoq. intensité nf 1. jadallik, tezlik, qizg‘inlik, shiddat, g‘ayrat, kuch; 2. phys kuchlanish, taranglik, taranglashish. intenter vt dr sud ishi qo‘zg‘atmoq, davo qilmoq; intenter un procès à qqn ish qo‘zg‘atmoq, sudga bermoq; fig qarshi uyushmoq, oyoqqa turmoq. intention nf niyat, maqsad, o‘y, qasd, ahd, o‘ylab qilingan ish, mo‘ljal, reja, g‘araz; avoir l’intention de niyat, qasd qilmoq; loc prép dans l’intention de maqsadida; sans intention o‘ylamay-netmay, maqsadsiz, hech qanday maqsadni ko‘zlamay; loc prép à l’intention de uchun, biror maqsadda, niyatda, o‘y bilan, fikrda. intentionné, ée adj bien intentionné niyati xolis, yaxshi niyatli; mal intentionné niyati xolis emas, yomon, yovuz niyatli, yomonlik tilaydigan, ichi qoralik, dushmanlik qiladigan. intentionnel, elle adj oldindan o‘ylab, mo‘ljallab qo‘yilgan, beg‘araz, ataylab, jo‘rttaga, qasddan qilingan; un délit intentionnel ataylab qilingan shikoyat. intentionnellement adv ataylab, jo‘rttaga, qasddan qilib, beg‘arazlik bilan.
inter I. prép orasida, o‘rtasida; II. nm 1. fam xalqaro telefon aloqasi; 2. foot yarim hujumchi. interaction nf o‘zaro ta’sir (qilish), o‘zaro, birgalikdagi harakat. intercalaire adj 1. qo‘shilgan, olib qo‘yiladigan, yasama, kiritilgan; 2. qo‘shib qo‘yilgan, qo‘yiladigan (kabisa yili). intercaler vt qo‘shib, kirgizib qo‘ymoq, kirgizmoq, qo‘shmoq. intercéder vi (auprès de qqn, pour qqn) yoqlamoq, himoya qilmoq, tarafi, yonini olmoq, aralashmoq. intercepter vt 1. to‘smoq (yo‘lni), to‘sib qo‘ymoq, g‘ov solmoq, to‘xtatib, kesib, uzib qo‘ymoq; techn intercepter la vapeur bug‘ni uzib qo‘ymoq; 2. tutib, ushlab qolmoq; intercepter une lettre xatni tutib qolmoq; intercepter une émission radio uzatishni ushlab qolmoq. interception nf 1. to‘sish, to‘sib qo‘yish; 2. tutib, ushlab qolish (xatni). intercesseur nm yoni, tarafini oluvchi, yoqlovchi, himoya qiluvchi, homiy, tarafdor. intercession nf yoqlash, himoya qilish, yoni, tarafini olish, homiylik, tarafdorlik. interchangeable adj o‘zaro almashadigan, o‘zgaradigan, o‘zgaruvchan, navbatli. interclasse nm tanaffus. intercontinental, ale adj qit’alar aro; une fusée intercontinentale balistique qit’alararo ballistik raketa. intercostal, ale adj qovurg‘alar aro. interdépendant, ante adj uzviy bog‘ langan, uzviy qaram, o‘zaro bog‘liq. interdiction nf 1. taqiqlash, man etish, yo‘l qo‘ymaslik, ruxsat bermaslik, taqiq, man; 2. vazifasidan bo‘shatish (vaqtincha); dr huquqidan mahrum qilish.
interdire vt 1. (qqch) man qilmoq, taqiqlamoq, ruxsat bermaslik; interdire l’accès kirish yo‘lini to‘smoq; 2. (qqn) vazifasidan bo‘shatmoq (vaqtincha); dr mulkka egalikdan mahrum qilmoq; 3. xalaqit bermoq. interdit, ite I. adj 1. taqiqlangan, man etilgan, taqiqlab qo‘yilgan; stationnement interdit to‘xtash taqiqlangan (avtomobil); interdit au public odamlarga kirish man etilgan; 2. hayratda qolgan, garang, boshi qotgan; II. nm taqiq, man, taqiqlash, man etish, yo‘l qo‘ymaslik; relig man qilinganlik; un interdit de séjour surgun qilingan, surgundagi odam; jeter l’interdit sur qqch qat’ iyan man etilmoq. intéressant, ante adj qiziq, qiziqarli, qiziqtiradigan, ajib, maroqli; acheter à un prix intéressant fam arzon bahoga sotib olmoq; vieilli elle est dans une position intéressante u ikkiqat, homilador. intéressé, ée I. adj manfaatdor bo‘lgan, ishqi tushib, havasi kelib qolgan; II. n manfaatdor shaxs. intéressement nm foydada, manfaatdor bo‘lish qatnashish. intéresser I. vt 1. qiziqtirmoq, qiziqish, havas uyg‘otmoq, diqqat-e’tiborini tortmoq, fikri-xayolini olmoq, chulg‘ab olmoq; 2. xayrixohlik bildirmoq, achinmoq; 3. tegmoq, tegib ketmoq, shikast, zarar yetkazmoq, munosabatda bo‘lmoq, cela intéresse tout le monde bu hammaga tegishli; 4. (qqn à qqch) qatnashtirmoq, manfaatdor qilmoq; intéresser qqn aux bénéfices foyda olishga jalb qilmoq; 5. shikast, zarar yetkazmoq, shikastlamoq; II. s’intéresser vpr (à qqn, à qqch) qiziqmoq, havas qilmoq, ishqivoz bo‘lmoq; manfaatdor munosabatida bo‘lmoq. intérêt
nm 1. qiziqish, diqqat, e’ tibor, havas, manfaatdorlik, manfaat, foyda, naf; l’intérêt public xalq manfaati; d’intérêt local mahalliy ahamiyati; il est de votre intérêt sizning foydangizga; par intérêt manfaatidan; n’avoir aucun intérêt à hech bir qiziqqan bo‘lmaslik; 2. qatnashish, ishtirok etish, ishtirok, aralashish; hamdardlik, achinish, diqqat e’ tibor; prendre intérêt à qqn qatnashmoq, aralashmoq; avec intérêt hamdard, achinish; avec un vif intérêt zo‘r qiziqish bilan; 3. pl foyda, daromad; sans intérêt foyda, daromadsiz. interférence nf 1. o‘zaro harakat, birga harakat qilish, ta’sir qilish, o‘zaro qarama-qarshilik; 2. phys interferensiya (to‘lqinlarning fazoda ustma-ust tushib qo‘shilgan holda bir-birini kuchaytirishi yo susaytirishi). INTERFÉRER
INTERROMPRE
287 interférer vi 1. bir-biriga zarar yetkazmoq, teskari, qarshi harakat qilmoq; 2. phys interferensiya keltirib chiqarmoq. intérieur, ieure I. adj ichki, ichkarigi; II. nm 1. ichki tomon, ich, ichkari, ichki qismi; à l’intérieur ichida, ichkarida, o‘rtasida, orasida; le Ministère de l’Intérieur ichki ishlar Vazirligi; 2. uy hayoti; une robe d’intérieur uyda kiyiladigan ko‘ylak; une femme d’intérieur uyda o‘tiradigan ayol, yaxshi uy bekasi; 3. ichki dunyo; 4. uy jihozlari, uyning ichki ko‘rinishi; 5. mil front orqasi; 6. sport o‘rta yarim hujumchi. intérieurement adv 1. ichida, ichkarida, o‘rtasida, orasida. intérim
nm vazifasini, ish vaqtincha bajarish, bo‘sh joyni egallash, bo‘sh lavozimga tayinlash, o‘rniga ishlab turish; assurer l’intérim vaqtincha o‘rniga ishlab turmoq; par intérim loc adv vaqtincha, vaqtinchalik; un ministre par intérim vaqtincha vazirlik lavozimini bajaruvchi. intérimaire I. adj vaqtinchalik, vaqtli, muvaqqat, vazifa, ishini vaqtincha bajaradigan; II. nm vazifa, ishini vaqtincha bajaruvchi shaxs, odam. interjection nf 1. gram undov so‘z; 2. dr shikoyat arizasi berish. interligne I. nm 1. qator, satr orasi; bo‘sh, ochiq qolgan joy; orasini ochib terish; 2. qator, satr orasiga yozish; II. nm shpon, yupqa plastinka. interligner vt 1. qator, satr orasiga yozmoq; 2. teriladigan satrlar orasiga yupqa plastinka qo‘ymoq, shponlar ustiga termoq, terib yozmoq. interlocuteur, trice n suhbatdosh, hamsuhbat. interlocution nf suhbatlashish, hamsuhbat bo‘lish, suhbat. interlope adj 1. noqonuniy ishlaydigan, maxfiy, bekitiqcha, o‘g‘rincha, yashirin qilingan; un commerce interlope yashiriqcha, kontraband savdo qilish, chegaradan yashirincha mol o‘tkazish; 2. shubhali, shubha tug‘diradigan, ishonib bo‘lmaydigan; une maison interlope shubhali, ishonchsiz uy. interloquer vt xijolatga solmoq, uyatga, uyaltirib qo‘ymoq, g‘ul-g‘ula solmoq, qo‘zg‘atmoq, tashvishga solib qo‘ymoq, boshini qotirmoq, o‘yga solmoq. interlude nm mus musiqani bog‘laydigan qismi, parchasi, bo‘lagi, interludiya. intermède nm 1. th oraliqda o‘ynaladigan kichik sahna asari; 2. to‘xtab olish, tanaffus, dam olish. intermédiaire I. adj orasidagi, o‘rtasidagi, oraliqdagi, o‘rta, oraliq; une fusée intermédiaire o‘rta radiusda harakat qiladigan raketa; II. n 1. vositachi, o‘rtada turuvchi, kelishtiruvchi, dallol, qo‘shmachi; sud, hakam; servir d’intermédiaire vositachi bo‘lib xizmat qilmoq, vositachi bo‘lmoq; sans intermédiaire vositachisiz; 2. nm vositachilik, dallollik; hakamlik; par l’intermédiaire de vositachilik orqali (yordamida). interminable adj cheksiz, tugamaydigan, tamom bo‘ lmaydigan, cheki, oxiri yo‘q, abadiy, mangu. interminablement adv cheksiz ravishda, benihoya, behad, ortiq darajada, uzoq. interministériel, elle adj vazirliklararo. intermittence nf 1. uzilish, to‘xtash, bo‘linish, uzuq-yuluqlik, tanaffus; par intermittence to‘xtab-to‘xtab, uzuq-yuluq; 2. méd biror kasallik, isitma xuruji oralig‘i. intermittent, ente adj vaqti-vaqti bilan, tanaffus bilan sodir bo‘ladigan, qur-qur paydo bo‘ladigan, to‘xtab-to‘xtab, uzilib-uzilib sodir bo‘ ladigan, nomuntazam, doimiy emas, betartib, tartibsiz; une fièvre intermittente ora- sira takrorlanib turadigan bezgak, isitma. internat nm 1. yotoqxona (o‘quvchilarga); 2. tibbiyot talabalari uchun sinov (kasalxonada tadqiqotchi bo‘lib ishlovchilarga); 3. tibbiyot talabalarining amaliyoti, amaliyot muddati (kasalxonada). international, ale I. adj xalqaro, davlatlararo, baynalmilal, xalqlar, millatlar o‘rtasidagi, umumbashariy; le droit international xalqaro huquq; la situation internationale xalqaro vaziyat; II. n sport xalqaro uchrashuv, musobaqa qatnashchisi. internationale nf hist Internatsional, Xalqaro ishchilar shirkati; Internatsional gimni. internationalisation nf xalqaro miqyosga olib chiqish. internationaliser vt xalqaro miqyosga olib chiqmoq. internationalisme nm internatsionalizm, baynalmilalchilik, ishchi. internationaliste I. adj xalqaro, internatsional, baynalmilal; II. n internatsionalizm, baynalmilalchilik tarafdori. interne I. adj ichki, ichkaridagi, ichidagi; géom un angle interne ichki burchak; II. n yotoqxonada yashovchi (o‘quvchi); un interne des hôpitaux kasalxonadagi amaliyotchi-talaba. interné, ée adj, nm 1. jamiyatdan chetlashtirilgan, qamalgan, ushlab, qamab turilgan; 2. qamab qo‘yilgan (ruhiy kasalxonaga, jinnixonaga). internement nm 1. qamash, ushlab, qamab turish; internement cellulaire yakka qamoq, qamash; 2. (ruhiy kasalxonaga) joylashtirish, qamash. interner vt 1. qamab, joylashtirib qo‘ymoq, chetlashtirmoq; 2. ruhiy kasalxonaga qamamoq, qamab qo‘ymoq. interparlementaire adj parlamentlararo (o‘rtasida). interpellateur, trice n so‘rovnoma bilan chiqqan parlament a’zosi; savol bilan murojaat qiluvchi, talab qiluvchi, so‘rovchi. interpellation nf 1. parlamentda savol berish, talabnoma; 2. birovga savol bilan murojaat qilish; 3. dr qonun bajarilishini talab qilish. interpeller vt 1. savol bermoq, talab qilmoq (parlamentda), rasmiy ravishda so‘ramoq; 2. savol, so‘roq bilan murojaat qilmoq, chaqirib to‘xtatm oq, gaplasha boshlamoq; so‘roq qilmoq; 3. dr qonunning bajarilishini talab qilmoq. interphone nm ichki telefon. interplanétaire adj sayyoralararo; une fusée interplanétaire sayyoralararo, planetalararo raketa. interpolation nf 1. math biror miqdorning ma’lum qiymatlaridan foydalanib, o‘rtadagi noma’lum qiymatlarni aniqlash; 2. matnga asl nusxada bo‘lmagan qo‘shimchalarni kirgizish, qo‘shish. interpoler vt 1. math biror miqdorning ma’lum qiymatlaridan foydalanib, o‘rtadagi noma’lum qiymatni aniqlamoq; 2. matnga asl nusxada bo‘lmagan qo‘shimchalarni kirgizmoq, qo‘shmoq. interposer I. vt o‘rtasiga qo‘ymoq, joylashtirmoq; II. s’interposer vpr 1. o‘rtasida turmoq, o‘rtasiga turib olmoq, joylashmoq; 2. vositachi bo‘lmoq, himoya qilmoq, tarafi, yonini olmoq, yoqlamoq, aralashmoq. interposition nf 1. o‘rtada bo‘lish, turish, orasiga joylashish; 2. vositachilik, dallolchilik, hakamlik, qo‘shmachilik. interprétation nf 1. sharhlash, izohlash, tushuntirib, izohlab berish; talqin qilish, sharh, talqin; 2. ijro etish (rolni, musiqani); 3. o‘g‘zaki tarjima. interprète n 1. sharhlovchi, izohlovchi, tushuntirib, izohlab beruvchi, ifodalovchi; 2. ijro etuvchi (rol, musiqa); 3. og‘zaki tarjimon. Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling